M = m = Q / N;
2) Ishlab chiqarilgan mahsulotning tabiiy birligiga sarflanadigan bir necha xil moddiy resurslarning miqdorini qiymat ifodada o’lchash (m:so’m-1tn, 1m kub, 1 m kv va boshqalar uchun):
bu erda: R – moddiy resurslarning ulgurji bahosi.
Bu formulalar oddiy mahsulotlarning material sig’imini aniqlash uchun ishlatiladi (m: elektroenergiya, cho’yan, po’lat va boshq.).
Moddiy resurslarni tejash manbaalari va yo’llari bir-biridan farqlanadi.
Tejash manbai deganda, nima hisobidan tejashga erishilgani tushuniladi. Tejash yo’llari deganda qanday usulda, qaysi tadbirlarni qo’llab tejashga erishilgani nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarishda band bo’lgan aylanma mablag`lar miqdori mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish sikllarining davomiyligi, texnika rivojlanishi darajasi, texnologiyani takomillashtirish va mehnat ni tashkil etish asosida aniqlanadi.
Muomala mablag`larining summasi asosan mahsulotni sotish shart sharoitlari va mahsulotga maishiy xizmat va ta’minot xizmatini tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Mahsulot muomalasi jarayonida ishlatiladigan aylanma mablag`lar, o’z oldiga muomala fondlarini qo’yadi.
Ularga korxona omborlarida turgan sotishga tayyor mahsulotlar, yuklab yuborilgan, ammo puli to’lanmagan mahsulotlar, korxonaning pul mablag`lari va hisob raqamidagi mablag`lar kiradi.
Korxonada yetarli darajada aylanma mablag`larning mavjud bo’lishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona erkin faoliyat ko’rsatishi uchun asos hisoblanadi.
Eng asosiysi, korxonada aylanma fondlardan va aylanma mablag`lar¬dan samarali foydalanish nima berishini va ishlab chiqarilayotgan mahsu¬lotning material sig’imini kamaytirish hamda aylanma mablag`larning aylanishini tezlashtirish uchun qanday tadbirlar qo’llanilishi kerakligini bilishimiz kerak.
Aylanma fondlardan rejaviy foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Bu ishni bajarish ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta`minotini tashkil etish, texnika va texnologiyani takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jihatdan asoslangan va o`zlarining xususiyatlari bo`yicha ilg`or davr talabiga javob beradigan bo`lishlar zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |