Aktiv q Passiv ,
bunda, passiv xususiy kapital va majburiyatlardan iborat.
Aktivlar q xususiy kapital Q majburiyatlar
Bu tenglik buxgalteriya hisobining fundamental asosi bo‘lib hisoblanadi.
Balansning bir qancha turlari mavjud:
joriy balans – har oy yoki chorakda tuziladi;
yillik balans – yil yakuni bo‘yicha tuziladi;
kirish balansi – yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans;
tugatish balansi – korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi;
yig‘ma balans – vazirlik, idora, konsernlar tomonidan alohida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi;
umumlashgan (konsidatsiyalashgan) balans – alohida balansga ega bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans;
balans-brutto (ital. brutto - qo‘pol) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi», «Savdo ustamasi», va «SHubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar» kontraktiv schetlarini o‘zida qamrab turuvchi balans;
balans-netto (ital. netto - sof) yuqorida sanab o‘tilgan moddalarni ayrib tashlaydi.
SHunday qilib, brutto balansda asosiy vositalar balansning aktivda, ularning eskirishi passivida aks etiriladi. Netto balansda esa, bu moddalar faqat balansning aktiv qismida aks ettirilib, asosiy vositaning qoldiq qiymati (asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan eskirish summasini ayrib tashlash natijasida) aniqlanadi va balans valyutasiga qo‘shiladi.
Hozirigi kunda O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos keladigan balans-netto shakli tuziladi.
Buxgalteriya balansining tuzilishi va mohiyati
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar, bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar. Buxgalteriya balansining tuzilishi quyidagi 1-jadvalda berilgan.
Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat.
Buxgalteriya balansining xususiyati bo‘lib, uning aktiv qismi bo‘yicha umumiy summasi passiv qismi bo‘yicha umumiy summasiga teng kelishidir. Bu esa o‘z navbatida mablag‘larning summasi mablag‘larning tashkil topish manbalari summasiga teng kelishidir.
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga 1-sonli ilova
|
Do'stlaringiz bilan baham: |