O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:Telekommunikatsiyalar ta’lim yo‘nalishi
414-18 guruh
______________________ Sunnatov Yaxyo
Qabul qildi: Qodirov Fazliddin
Toshkent 2022
Mavzu: Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar
Reja:
Terrorizm tushunchasi
Xalqaro terrorizm
Terroristik tashkilotlar
Bugungi kunda terrorizmga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
Terrorizm–jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv uyg`otishga qaratilgan siyosiy kurashning o`ziga xos usulidir. U yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo`llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo`la olmaganligi uchun ham ko`p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg`otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlardan biri bunday harakat tarafdorlarining “zo`rlik davlatni parokandalikka olib keladi”, degan g`oyaga asoslanib harakat qilishlariga yaqqol ko`rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo`lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko`rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda siyisiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga intilishda ko`rinadi. Bunday siyosiy masalalar o`z navbatida hududiy, etnik, diniy yoki boshqa shakl-u shamoyil kasb etishi mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2006-yillar orasida dunyoning 112 mamlakatida 14 ming 934 ta terrorchilik amaliyoti sodir etilgan.
Terrorizm – G’arb madaniyatidagi “irhob-terrorizm” tushunchasining ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o’qituvchisi doktor Yahyo Abdulmubdiy shunday deydi: “”Irhob” so’zi ingliz tilida “terror” so’ziga “ism” qo’shimchasini qo’shish bilan (terrorism) “qo’rquv”, “dahshat” ma’nolarini ifodalaydi. Agar “terrorize” fe’li shaklida iste’mol qilinsa “qo’rqitdi”, “dahshatga soldi” ma’nolarini bildiradi”
“Terrorizm” istilohi ilk bor G’arb madaniyatida jumhuriyatchi Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu inqilobga qarshilik ko’rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol tarafdorlari o’rtasidagi ittifoqqa qarshi qo’llagan kuch ishlatish siyosati uchun iste’mol qilingan. “Reign of Terror” deb nomlangan bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali odam qamaldi, 17 000 (o’n yetti ming) kishi qatl etildi va minglab begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o’lib ketdi.
Ba’zilar “terrorchilik” istilohi tarixning bundan-da qadimroq davrlarida ham iste’mol qilinganini taxmin qilishadi. Ularning fikricha, terrorchilik bashariyat tarixining har bir davrida jahonnning barcha davlatlarida bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Yunonlik tarixchi Ksenofon (Xenophon – meloddan avval (m.a.) 430-349 yy.) G’arb madaniyati haqida so’z yuritar ekan, ruhiy ta’sirlarning urushga, terrorchilikning esa xalqlarga o’tkazadigan ta’siri haqida to’xtalib o’tadi.
Tiberius (Tiberius – 14-37 yy.) va Kaligula (Caligula – 37-41 yy.) singari ba’zi Rim hukmdorlari o’z saltanatlariga qarshi bo’lganlarni bo’ysundirish uchun zo’ravonlik, mol-mulklarni musodara qilish va o’lim jazosini qo’llar edilar.
Germaniyada Adolf Gitler tuzgan fashistlar hukumati, Sovet Ittifoqida Iosif Stalin boshliq kommunistlar hukumati kabi ba’zi hukumatlar terrorchilikni o’z siyosiy rejalarining ajralmas bir bo’lagi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham, iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlarni ro’yobga chiqarish uchun g’oyaviy-ideologik pardalar ortida davlat terrorchiligini amalga oshirganlar.
Jahonda yuzlab terrorchilik uyushmalari mavjud. Ular ichida eng ko’zga ko’ringanlari: Olmoniyadagi “Bader maynxuf”, Italiyadagi “Qizil gvardiya”, Yaponiyadagi “Qizil Armiya”, Irlandiyadagi “Respublikachilar Armiyasi”, Perudagi “Nurli tuproq” va Bask orolidagi “ETA” uyushmasi. “ETA” – g’arbliklarning aytishicha, yigirmanchi asr tarixidagi eng mashhur terrorchilik uyushmasi hisoblanadi.
Amerika Qo’shma Shtatlari ham qora tanlilarni va o’zgacha fikrlovchilarni yo’q qilish bilan dong taratgan “Kukluksklan” tashkiloti kabi jahondagi yuzlab terrorchilik uyushmalariga in bo’lib kelgan.
Yahudiylar ham tarixdagi ilk terrorchilik uyushmalarining o’chog’i bo’lib, jahondagi eng mashhur “Hagana”, “Argun” va “Shtern” nomli terrorchilik tashkilotlarini tuzgan xalqdir.Hatto Isroil davlatining o’zi – bashariyat uchun benazir terrorchilik timsoliga aylanib qoldi.Bu haqiqatni ochiq idrok etish uchun Isroil davlati tashkil topganidan beri qo’l urgan og’ir jinoyatlarga bir nazar tashlash kifoya.
Sosiolog Aleks Shmidtning terrorchilik tushunchasiga oydinlik kiritish uchun yuzta mutaxassis va olimga bergan savollariga olgan javoblar, uning siyosiy terrorchilik haqida yozgan kitobida (1983 yil) mavjud. Uning so’rovlariga mazkur mutaxassislar bergan javoblarning mushtarak xulosasi quyidagicha:
terrorchilik – aniq cheklangan mohiyatga ega bo’lmagan tushunchadir;
bir ta’rifning o’zi bu istilohning barcha ma’nolarini qamray olmaydi;
turli ta’riflar terrorchilikning turli qismlariga mushtarak bo’lib, u kimga qaratilgan ekaniga va qurbonlariga qarab belgilanadi.
“Robitatul Olamil Islamiyya” (Islom Olami Ligasi) qoshidagi Islomiy Fiqh Uyushmasi “terrorchilik”ni:“Terrorchilik shaxslar yoki jamoatlar yoxud davlatlar tarafidan insonning dini, qoni, aqli, moliva nomusiga qarshi ishlatiluvchi zo’ravonlikdir. Terrorchilik – qo’rqitish, ozorlash, tahdidsolish,nohaq o’ldirish va Yeryuzida buzg’unchilik yoyishning barcha turlarini o’zichiga oladi ” – deb ta’rifladi.Bundan tashqari,g’arblik mutafakkir olimlar va tashkilotlar “terrorchilik” haqida o’nlab ta’riflaraytgan bo’lib, ularning barchasi “Siyosiy maqsadlarni ro’yobga chiqarish yo’lida qonuniy bo’lmagan kuch va tahdidni ishgasolish” ta’rifida mushtarakdir.
Shunday olimlardan biri Jonatan Uayt,terrorchilikka oid mavzuga kirishish ishdan avval (1991-yil) uni siyosiy yo’nalishlar tarafidan tushunish bilan kifoyalan masligimiz zarurligini uqtiradi.Chunki sosiologiya fani bu mavzuga katta e’tibor bermoqda va terrorchilik tushunchasining yagona ta’rifi yo’q ekanini ta’kidlamoqda.Shuning uchun ham Jonatan Uayt terrorchilikni turli ta’riflarni o’z ichiga olgan o’lchovlar bilan ta’riflash kerak, deb taklif qiladi:
terrorchilikning oddiy va soda ta’rifi. Ya’ni, “xavf tug’dirish va yo’nalishni o’zgartirish maqsadidagi zo’ravonlik va tahdid”;
terrorchilik ta’rifi uchun qonuniy qolip-o’lchov. Ya’ni, “terrorchilik – qonunni poymol qiladigan va davlat tarafidan jazolashni taqozo etadigan jinoiy zo’ravonlik”;
terrorchilikning tahliliyr ta’rifi. Ya’ni, harbir terrorchilik ortida turgan muayyan ijtimoiy va siyosiy omillar;
davlatningterrorchiliknihimoyaqilishita’rifi. Ya’ni, ayrim guruhlarning ayrim davlatlar panohida boshqa davlatlarga hujum qilish uchun terrorchilik qilishlari;
Ya’ni, davlat hukumatining o’z fuqarolariga nisbatan terrorchilik faoliyatida bo’lishi.(Isroilbu ngayaqqolmisolbo’laoladi).
Xalqaroterrorchilikningyoyilishigayordamchibo’lganbuomillardantashqari, hozirdayangiomillarhampaydobo’lganki, ularterrorchilikningxalqaroxatarlariniyanadaoshiradi.Masalan:
ko’plabdavlatvahukumatlarningxalqaroterrorchilikuyushmalaribilanhamkorlikqili shi, xalqaro terrorchilik uyalari va tizimining saraton kasalligidek yopirilishi, bu uyushmalarning yangi va rivojlangan telekommunikasiya tizimidan ma’lumotlar to’plash uchun ustalik bilan foydalanishi hamda taraqqiy topgan ilmiy jihozlar bilan ta’minlanishikabi. Bu uyushmalarning barchasi g’arb terrorchilik uyushmalari bo’lib, ularning a’zolari Islomdiniga mansub emasdir.
Xususan 2001-yilning 11-sentabrida AQSHdagi Butunjahon Savdo Markazining portlashi sodir etilgan terroristik harakatlar ichida eng kattasi bo’ldi. Minglab odmlar qurbon bo’ldi, Amerika hukumati 1 trillion 380 mlrd dollar miqdorida zrar ko’rdi. Bunday xatti-harakatlar bizning Respublikamizda ham yo’q emas, masalan “O’zbekiston Islom Harakati” rahnamolari 1999-yil 16-fevralda sodir etgan terroristik harakatlari natijasida qancha begunoh odamlar jabr ko’rdi. Bundan tashqari 2000-yilda Bo’stonliq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlariga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistlarning harakatlari bunga yaqqol misoldir.
Terrorchilik harakatining quloch yoygan joyi, bu Afg’oniston Respublikasidir. Prezidentimiz Islom Karimovning “Mingyillik sammiti” deb nom olgan anjumanda so’zlagan nutqida “20 yildan ortiq vaqt mobaynida urush davom etib kelayotgan Afg’oniston hozirgi paytda xalqaro terrorchilik va ekstremizmning polegoni hamda tayanch bazasiga milliardlab Terrorizmning daxshatli ta’sirlarini ko’plab misollarda ko’rishimiz mumkin. daromad keltirayotgan dunyo narkotik ishlab chiqarishining asosiy manbayi – fbrikasiga aylanganligini ta’kidlagan edi”.
2004-yil 29-30-mart kunlari Toshkentda sodir etilgan qo’poruvchiik harakatlari ham achinarli tus olgan edi.
Yurtimizda 2005 yil 12-13-may kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan terroristic harakatlarning eng yirigi bo’ldi desak xato bo’lmaydi, chunki ular qamoqdagi maxbuslarni ozod qilib viloyatning harbiy organlari va davlat hukumati binolarini vayron qildilar, ko’plab odamlarni asir olib ularga jismoniy va moddiy zarar yetkazdilar. Bu holat sodir bo’layotgan mahalda Prezidentimiz Islom Karimov ular bilan jonli muloqotga kirishdilar. Mana shunday ayanchli isbotlardan ko’rinib turibdiki terrorizm davlatning suverentetiga, mustqilligiga, aholining tinchligiga raxna soluvchi bir illat ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Milliy etnik talqindagi terrorchilik tashkilotlari tizimini taxlil qilishga o’tishdan avval, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash, raxna soluvchi omilga aylanib borayotgan millatlararo ziddiyatlar masalasiga murojaat etishimiz lozim. Ushbu turdagi ziddiyatlar deyarli hamma qit’alarning ko’pchilik mamlakatlarini qamrab olmoqda. BMT bosh kotibi Kofe Ananning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat hanuzgacha 2 qutbli tizim yemirilishining salbiy asoratlarini yenga olgani yo’q. Ko’p millatli mamlakatlarda xox u Markaziy Osiyoda, xox sobiq Yugoslaviyada bo’lsin alanga olgan etnik ziddiyatlar buning fojiyali dalili bo’la oladi. Prezidentimiz Islom Karimov ko’p millatli davlatda etnik guruhlar o’rtasidagi va millatlar o’rtasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi ta’sirchan omillardan biri ekanligi aniq bo’la boshladi. O’zlarining siyosiy va boshqa maqsadlari yo’lida milliy masalani dastak qilib olishga intiladigan kuchlar, eng avvalo odamlarni yuksak darjada safarbar etadigan hissiyotlarga umid bog’laydilar. Keyinchalik ularni har qanday siyosiy donishmandlik va sog’lom fikrni inkor etadigan jangari tajovvuskorlik yo’liga burub yuborish mumkin deb o’ylaydilar. Terrorchilarning bunday xatti-harakatlar qilishlarida ularga kim yordam berdi buning uchun ular mablag’ni qayerdan oldilar degan savol tug’iladi. “Toliblar”, “Birlashgan tojik muholifati”, hamda “O’zbekiston Islom Harakati” uchun asosiy moddiy manbalardan biri narkotiklar savdosi edi. Bundan tashqari, ekstremistik islomiy tashkilotlarni moliyaviy ta’minlovchi boshqa manbalar ham mavjud. Ba’zi bir nufuzli moliyaviy tuzulmalar, xilma-xil hukumat jamg’armlari hamda xayriya tshkilotlari ularga muntazam ravishda yordam berib turganlar. Hozirgi zamon terrorizmi ta’minoti to’g’risida gapirilganda yana bir omilni esdan chiqarmaslik lozimdir. Gap shundaki Yevropa davlatlari va AQSHda sharq va janub mamlakatlaridan kirib kelganlar ham yildan yilga ko’payib bormoqda ular aksariyati mahalliy aholiga qo’shilmay o’zlarining milliy, diniy urf-odat va an’analariga amal qilib yashamoqdalar. Kelgindilar orasida ishsizlar, guyohvandlar, hayotda o’z o’rnini topa olmaganlar ham oz emas. Bu esa ekstremistik tashkilotlar uchun o’z saflariga yangi jalb etish, jangarilarni tayyorlab, shu davlatlar hududida yohud boshqa mamlakatlarda terrorchilik faoliyatini olib borishga imkon bermoqda.
“O’zbekiston Islom Harakati” rahbarlari kadrlar tayyorlashda xorijiy, masalan, yaqin va o’rta sharqlik nufuzli homiylarga tayanadilar va Usama bin Ladenning “Tolibon” nazoratidagi tuzilgan o’quv lagerlari va bazalaridan keng foydalanadilar. Uning emmissarlarga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ishsizlar, vahobiylik g’oyalari ta’siriga tushgan yoshlar orasidan maxfiy ravishda tarafdorlarni yollab, ularni pinhoniy yo’llar orqali Tojikiston, Checheniston, yoki Afg’onistondagi tayyorlov lagerlariga yuborib turdilar. O’qish jarayonining birinchi bosqichida jangarilarga islomning asosiy qoidalari va jihod to’g’risida saboq berdilar, keyingi bosqichlarda ularga zamonaviy o’q otar qurollarni o’rgatish bo’yicha maxsus jangovar tayyorgarlik o’tkazilar edi. Kurslarda mina qo’yish, uni portlatish sirlari, harbiy topografiya, tog’li joylarda jangovor harakatlar olib boorish taktikasi, shahar va aholi yashash joylarida qo’poruvchilik-terrorchilik harakatlarini olib borishga o’rgatiladi, shuningdek yollanlarga yashirinish, qo’poruvchilik targ’ibotini olib borish usullari muntazam ravishda muqaddas jasoratlarga – diniy “jixod” yo’lida o’z jonidan ham kechishga tayyor bo’lish ruhida tarbiyalash bilan qo’shib olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida so’zlagan nutqida “Bizning yurtimiz bugungi kunda yon atrofimizda vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib o’zining uzoqqa mo’ljallangan yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan turli ekstremistik aqidaparastlik markazlarining g’arazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda” ta’kidlagan edi. Bu “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonun loyihasini ishlab chiqishga asosiy turtki bo’lgan edi. Qonun loyihasida terrorizmga qarshi kurashning tamoyillarini belgilashda “BMT VIII kongresining jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bo’lish bo’yicha materiallardagi” davlatlarning jinoyat qonunchiligia tegishli qonunlarning o’xshashligini ta’milashga ko’maklashish, garchi shu bilan birga davlatlar o’rtasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirishi uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsiyalari inobatga olindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlat suverenteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash” va “Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy hioyasi” deb nomlanuvchi 5 bo’lim va 31 moddadan iborat.
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qo’yilgan.
Terrorizmga qarshi kurashish, O’zbekiston Resbublikasi Milliy xavfsizlik hizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Terrorizm bilan kurashish sohasidagi hozirgi bosqichdagi hamkorlik bir necha yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda alohida qayd etish kerakki O’zbekiston Respublikasi dunyoning ko’plab davlatlari bilan terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to’g’risidagi shrtnomalarni imzolagan.
2000-yil aprel oyida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuvida “Terrorizm, siyosiy, diniy ekstremizm, milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar to’g’risidagi” shartnomani imzoladilar.
2001-yil iyun oyidagi Shanxay hamkorlik tshkiloti davlat rahbarlari sammitida (bu uchrashuvda O’zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog’iston va Tojikiston bilan birgalikda mazkur obro’li tashkilotning tasischisi bo’lib qoldi) Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzish haqidagi Dekloratsiya, shuningdek Terrorizm, ayirmaachilik va ekstremizm bilan kurashish to’g’risidagi konvensiya qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |