Sementbeton qoplamaning asfaltobeton qoplamaga qaraganda afzallilklari
Atajanov T ( talaba )
Ilmiy rahbar: Xoliqov A
Bugungi kunda sementbeton qoplamali avtomobil yo`llari AQSH da hamma
yo`lning 60% ni, Germaniyada 38 % ni, Avstralyada 46 % ni, Rossiyada 3 % ni,
O`zbekistonda bor yo`g`i 1 % ni tashkil qiladi[1].
2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni takomillashtirish va modernizatsiya
qilish dasturiga ko’ra hozirda O’zbekistonda sement ishlab chiqarish yiliga
o’rtacha 3.5 % ga oshib, 2019 yilga kelib 8.9 mln tonnaga yetadi. Bu 1991 yilga
nisbatan butun SSSRda ishlab chiqarilgan sement miqdoridan ko’p ekanligini
ko’rsatadi[2].
Ma`lumki sementbeton qoplamali yo`llarni qurishda asosiy masala
ularning qimmatligidadir: beton qoplama asfalt qoplamadan 1,5-2 marta, ya`ni 70-
80% qimmat. Biroq, rus olimlarining tadqiqotlariga ko`ra, taxminan 8 yildan so`ng
sementbeton
va
asfaltbeton
yo`llarning
ekspluatatsion
xarajatlari
muvozanatlashadi.
Kuzatishlarning,
ko`rsatishicha,
asfaltobeton
yo`llar
foydalanishga topshirilgandan keyin 2-3 yil o`tib ta`mirtalab bo`lib qoladi. Hosil
bo`lgan yoriqlar, chuqurchalar va o`yiqlarni ta`mirlash kerak bo`ladi. Sifatli
qurilgan sementbeton qoplama 10-12 yil davomida ta`mirga muhtoj bo`lmaydi.
Sementbeton yo`llar 30-yil yaxshi holatda xizmat qilishi mumkin[1].
Barqaror transport-ekspluatatsion ko`rsatkichlari va uzoqqa chidamliligi
tufayli sementbeton qoplamalar ancha afzal hisoblanib, buni quyidagilarda ko`rish
mumkin:
sementbeton qoplamalarning tushayotgan yuklamani taqsimlash xususiyati
yuqori bo`lib, qoplama yuzasi tushayotgan yuk qoplamaga taqsimlanadi;
ishqalanish natijasida qoplama mustahkamligi yuqoriligi tufayli kam
yeyiladi, hamda ilashish koeffitsenti yuqori bo`lib, qoplamalarning namlanishiga
bog`liqligi kam;
sementbetonning mustahkamlik va deformatsiya tavsiflari real kuzatiladigan
harorat, namlik va yuklanish tezligining o`zgarish diapozonlari deyarli
o`zgarmaydi;
betonning mustahkamligi gidratatsiya jarayoni yillar mobaynida davom
etishi natijasida oshadi, bu esa uzoqqa chidamlilikning ta’minlashga xizmat qiladi;
sementbeton qoplamali yo`l to`shamalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligi shundaki, xizmat muddati nobikr konstruksiyalarga (15-20 yil)
qaraganda ikki hissa ortiq, ya`ni 30-40 yil xizmat qiladi;
sementbeton qoplamalar yuzasi ochiq rangda bo`lgani sababli, ularni yoritish
uchun 20 % kam hamda shahar sharoitida esa bu ko’rsatkich 40-50 % kam
energiya kerak bo`ladi;
qoplama yuzasi ravonligi yuqori bo’lishi harakat tezligini kamaytirmasdan
harakatlanuvchi avtomobillar taxminan 5-10 % kam yoqilg`i sarflaydi va bu o’z
navbatida tabiatga chiqaradigan zararli chiqindi miqdori ham kam bo`ladi. Bu o`z
navbatida sementbeton qoplamalarning ekologik tomondan qulayligini bildiradi.
muzlashga chidamliligi yuqori;
sementbeton qoplamali yo`llar asfal`tobeton yo`llarga nisbatan mustahkam
va iqlim (yozda issiq, qishda sovuq) sharoitlarga kam ta`sirchan hisoblanadi;
qurilish ishlarining barcha bosqichlari mexanizatsiyalangan;
Hozirda o`zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo`llarida
xalqaro loyihalar asosida xorijiy kompaniyalar tomonidan sementbeton qoplamali
yo`l to`shamalarining zamonaviy texnologiyalarining qo`llanishiga sabab
bo`lmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Amirov T.J “ Avtomobil yo`llari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini
qurish” Toshkent – 2016 y. 9-10 bet.
2.
A. Xoliqov. Avtomobil yo’llarini qurishda sementni faollashtirish orqali
uning qo’llanish samaradorligini oshirish. Magistrlik dissertatsiyasi.
Toshkent 2016 y. 3-4 bet.