BUGUNGI KUNDA O’QUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING AHAMIYATI
Omonturdiyeva Mahliyo Ochilovna TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: o’quvchi-yoshlar, kasb-hunar, ta’lim-tarbiya, kasbga yo’naltirish
Xalqimiz qadimdanoq yoshlarning to’g’ri kasb tanlashiga alohida e’tibor berib kelishgan va bugungi kunda ham bu masala e’tiborga molik masala bo’lib kelmoqda.
O’quvchilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intellektual, ma’naviy imkoniyatlari rivojlangan hozirgi sharoitda mamlakatimizning barcha bo‘lg‘usi mutaxassislarini tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi. Jahon pedagogik hamjamiyati ishlab chiqarish va o’quvchilarni kasbga yo‘naltirishni o‘rta umumta’limni yangilashning muhim omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo‘yicha YUNESKO xalqaro konferensiyasining tavsiyalarida ishlab chiqarish mehnati xalq xo‘jaligining asosiy sohalarida qo’llanadigan asosiy ilmiy qoidalarini tushunishga yordam berishi, o‘quvchilarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ish sharoitida stanok va boshqa jihozlar bilan ishlab bilim, ko‘nikma, malaka egallashlariga yordam berishi ta’kidlab o’tilgan.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilarning alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo‘naltirish-har bir shaxsning alohida fazilatlarini mamlakat xalq xo‘jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat bozorini to‘laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olib erkin va mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga asoslangan tizimidir. Kasbga yo‘naltirish tizimi individga kasbni va uning shaxsiy sifatlarini o‘rganishda yordam beruvchi maqsadlar, mohiyat hamda qoidalar, uslublar va vositalar birligidir. Kasbga yo‘naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari bilan uyg‘un tarzda olib boriladi. o’quvchi yetarli darajadagi umumiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan taqdirdagina ongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. o’quvchini biror kasbga maqsadli yo‘naltirishdan avval uning shaxsini o’rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish (bevosita, bilvosita) o’quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so‘rovnoma o’tkazish, suhbat, test, intervyu olish mumkin.
Kasbga yo’naltirishda turli kasblar, ularga qo‘yiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to‘g ‘risida o’quvchilarga m a’lumot berish katta ahamiyatga ega. Bu esa o’quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda bolishga tayyorlaydi. o’quvchilar kasblar to’g‘risidagi ma’lumotlarni-bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan ham oladilar. Yoshlar kelajakdagi hayot yollarini to‘g ‘ri belgilab olishlari uchun o’z iqtidoriga muvofiq holda ko‘ngillariga yoqqan, jamiyatga zarur va foydali kasbni tanlashlari lozim. Shu boisdan ham, o‘rta maktabni bitirayotgan yigit va qizlarning ko’pchiligi qanday kasb egasi bolish to‘g‘risida ko‘p o’ylaydilar. Mamlakatimizda turli kasblarni egallash uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayniqsa, ishchi kasblarni o’rganishning juda keng imkoniyatlari mavjud, jumladan, Respublikamizda ishchi kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda, kasb-hunar kollejlarida yoshlar turli kasblarga o‘rgatilmoqda. Yoshlarga maktabdayoq, aniq ixtisoslik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim. o’quvchilarning e'tiborini kasb tanlash masalasiga jalb qilish, bu masalaning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni o’z hayotiy yollarini tanlash to‘g ‘risida jiddiy va ongli ravishda o’ylashga, ularni kasb tanlashda uchraydigan xatolardan ogohlantirish va bu xatolarga yo‘1 qo'ymaslik uchun yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish lozim. Maktab tizimida to‘garaklar muhim o’rin tutadi, fan to‘garaklari, elektrotexnika, radiotexnika, avtomobil, traktor, pillachilik, o’simlikshunoslik to‘garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan birga kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko‘radilar. o’quvchilarni kasbga yo'naltirishda ularning maktabdagi ko‘zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilish ko‘rgazmali qurollar yasash, shanbaliklar, obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish shular jumlasidandir.
Kasbga yo’naltirish ishida maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok etadi. O’quvchilami kasbga yo‘naltirish maqsadida maktabda kasbga yo‘naltirish kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi-pedagogik jamoaga va otaliq korxonalarga o’quvchilarning kasbga yo‘naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun birlashtirish va yo‘llashdan iborat. Maktab kasbga yo‘naltirish kengashi har bir o‘quv yili uchun maktab direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga direktor, mehnat ta’limi o’qituvchilari, vrach, kutubxonachi, bazaviy korxona vakili, jamoatchilik vakili kiritiladi.
Kengash ishiga quyidagi pedagogik talablar qo‘yiladi: - Kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantiradi, turli kasb egalari, ilg‘orlar bilan uchrashuvlar o’tkazadi. - Maktabda kasbga yo‘naltirish o‘quv metodlari kabineti tashkil etadi, uni jihozlaydi, rejasini tasdiqlaydi. - Ota-onalar bilan aloqa o‘rnatadi. - o’quvchilar uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha konsultatsiyalar uyushtiradi. Kasbga yo‘naltirishga oid m a’ruza va suhbatlarda; kasb mazmuni, istiqboli, ishning tashkiliy shakllari va metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlar, moddiy ahvoli, o‘rganish yo‘llari haqida fikr yuritish lozim.
O’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalariga jalb etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga yo’naltirish kabineti, burchak tashkil etiladi. Unda quyidagilar bo‘lishi lozim: adabiyotlar ro‘yxati, m a’lumotnoma, kasb obyektlari, fotosuratlar, rasmlar, plakatlar, sxemalar, shu maktabni bitirgan va hozirgi kunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faol ishlayotgan o’quvchilar haqida m a’lumot. o’quvchilarni kasblar bilan tanishtirish uchun kasb va uning vakillari haqida ma’lumot beradigan adabiyotlami, fan, texnika, san’at ishlab chiqarish kishilari haqida hikoya va ocherklardan foydalanish kerak. o’quvchilarni kasblar bilan tanishtirish maqsadida ular uchun turli kasb va ixtisos vakillari bilan uchrashuv va suhbatlar o’tkazish lozim. o’quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ota-onalar ham manfaatdordirlar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa o‘rnatish zarur. Ota-onalarga o’quvchilarni kasbga yo‘naltirishda maslahat berish, konsultatsiyalar uyushtirish kerak. Ota-onalar ham maktabga yordam berishlari, maktabda o’z kasblari bo‘yicha suhbat, ma’ruza, konsultatsiya, uchrashuvlar uyushtirishlari mumkin. Maktabda «Kim bo‘lsam ekan?» klubini tashkil etish maqsadga muvofiq. Yana bir shunday kunni o’tkazish kerakki, o’quvchilar o’zlari istagan kasb egalari holatiga kirishi, o’sha ko’rinishda kelib o’zi tanlagan kasbning mashaqqatlariyu afzalliklari haqida so’zlashi ularning biror kasb egasi bo’lishi qanchalik ma’sulyatli ekanini anglab yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |