Bugun bolamiz,ertaga posbon bo’lamiz



Download 1,73 Mb.
bet1/3
Sana04.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#738905
  1   2   3
Bog'liq
Bugun bolamiz,ertaga posbon bo’lamiz машғулот ишланмаси


Beg‘ubor bolalik himoyachilari

Bugun bolamiz,ertaga posbon bo’lamiz”


5-6 yoshli bolalarga mo‘ljallangan mashg‘ulot bayoni


Maqsad: Oila, bolaning tug‘ilib o‘sgan joyi, uy manzili haqida bilimlarini aniqlash; “Vatan – ostonadan boshlanadi” degan hikmat ma’nosini tushuntirib berish. Bolalarni diqqatli-e’tiborli, zehnli va ziyrak bo‘lishga o‘rgatish.
Kerakli jihoz: quyoncha (ona va bola) qo‘l qo‘g‘irchoqlari, rasm uchun qog‘oz, qalamlar, “Uch cho‘chqa bolalari” ertagiga tayyorlangan illyustratsiyalar
Uslubiy eslatma: Mashg‘ulot erkin, samimiy o‘tishini tarbiyachining qo‘lida turib, “gapiradigan” “Ona quyon” va “Shalponcha” kabi suhbat kahramonlari vositasida erishiladi. Bunda tarbiyachi har bir bolaning javobini diqqat bilan tinglashi, oilasi, uyini tasvirlashda sifat va aniqlovchilarni qo‘llashda yordam berishi lozim. Mashg‘ulotdan oldin «Shlponcha” guruh anjomlari orasiga yashirib qo‘yiladi. Shu bilan birga, bolalarning rasmlari namoyish qilishga joylar hozirlanadi.


Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi – qo‘lidagi “Ona quyoncha” obrazida:

  • Bolalar, mening jajji quyonchamni, Shalponchamni ko‘rmadingiz-mi? Do‘konga kirib, non olaman degunimcha, chiqib ketibdi. Uni topishga yordam bering. U xali kichkina, uyimizni topa olmaydi deb, qo‘rqaman.

Tarbiyachi: Keling, bolalar, Ona quyonchaga yordam beramiz.
Qani, atrofni diqqat bilan ko‘zdan kechiraylik -
Shalponchani izlab topaylik!

(bolalar xonani,javon va qutichalarni ko‘rib chiqishadi, qo‘g‘irchoq “Shalponcha”ni topib, tarbiyachiga berishadi)


Tarbiyachi – qo‘lidagi “Shalponcha” bilan savol-javob qiladi:

  • Shalponcha, nima qilib adashib yuribsan? Oyijoning seni izlab, sarson bo‘lib yuribdi.

  • Men faqat mashinani ko‘rmoqchi edim, shunda oyijonimni yo‘qotib qo‘ydim?

  • Hafa bo‘lma, biz bolalar bilan senga uyingni topishda yordam beramiz. Qani bizga – mahalla va ko‘chaning nomini aytginchi?

  • Bilmayman!

  • Uying yonida do‘kon yoki bog‘ bormidi?

  • Bilmayman!

  • Ana, holos! Shalponcha uyini bilmas ekan! Bizning bolalarimiz mahallasi, ko‘chasi va uy raqamini ham bilishadi, to‘g‘rimi? Shalponcha, hozir biz senga ertakdagi uch cho‘chqa bolasining uylarini ko‘rsatamiz va tasvirlab beramiz.

(Bolalar uychalarni tasvirlab, ularni somon, yog‘och va g‘ishtdan qurilganligini, ularning bir-biridan afzalligi va qay biri mustahkamligini aytib berishadi)
Tarbiyachi: Juda yaxshi! Endi esa, stolingiz ustidagi
qog‘ozga o‘zingiz yashayotgan uylarning rasmini chizib
bering.
(Bolalar rasm chizadilar, tarbiyachi har birining oldiga borib, uning ko‘rinishi, ko‘cha va mahallasining nomini aniqlab oladi. Rasmlarga o‘z tuzatish va to‘ldirishlarini kiritib boradi)

  • Keling, endi men barcha rasmlarni guruhimiz bo‘ylab joylashtirib chiqaman. (rasmlarni ilish mobaynida suhbat davom etadi)

  • Bolalar, “Vatan - ostonadan boshlanadi” degan hikmatni eshitgansiz. Bu maqol uyimiz haqida. Chunki, uy ostonasidan xatlab chiqsangiz – mahalla, shahar, ona diyorimiz yeriga qadam bosgan bo‘lasiz. Demak, bizning uyimiz ham – Vatanimiz zarra parchasidir.

  • Mana, rasmlaringizni joylashtirdim. Hammaga ko‘rinib turibdimi? Endi, qo‘l ushlashib, doira bo‘lib yuramiz. Men – “To‘hta!” deganimda, to‘htaysiz. “Uy!” - deganimda, o‘z rasmingizni, o‘z uyingizni topishingiz kerak. Tayyormisiz?

(o‘yin 2-3 marta takrorlanadi)
Tarbiyachi: Barakalla! O‘z uylaringizni adashmasdan topib
oldingiz! Shalponcha sizdan o‘rnak olsa bo‘ladi!
Bugun shu rasmlarni uyga olib keting va ota-
onangizga ko‘rsating. Bugun mashg‘ulotda juda yaxshi
qatnashdingiz.
“Shalponcha” - Esladim, esladim! Bizning uyimiz oldida
anhor va bir tomonida poliz bor.

  • Juda soz! Endi seni bolalar bilan uyinga olib

borsak bo‘ladi.
“Ona quyon” - Rahmat, bolalar! Bolamni topib berdingiz!
Mana savatchadagi olmalarni olib, mehmon bo‘linglar!

  • Quyonchaning o‘z manzilini bilgani foyda bo‘ldi. Aks holda, ko‘chada qolib ketar edi. O‘z uyimizni, manzilini yaxshi bilimimiz, uni asrab-avaylashimiz kerak. Ahir, xalqimizning “Uyim – Vatan ichra bo‘stonim” deyishi be’jiz emas.

(bolalar sayrga chiqib ketishadi va u yerda suhbat mavzusi mustaxkamlanadi)

Parkent tumani maktabgacha ta’lim bo’lim 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti


tarbiyachisi yo’ldashova maxzunaNING
Bugun bolamiz,ertaga posbon bo’lamiz” mavzusida ochiq mashg’ulot ishlanmasi

Beg‘ubor bolalik himoyachilari”
6-7 yoshli bolalarga mo‘ljallangan mashg‘ulot bayoni



Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish