Bug`latgichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari


Issiqlik nasosli bug’latkichlar



Download 2,23 Mb.
bet10/18
Sana29.11.2022
Hajmi2,23 Mb.
#874877
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Hamidov Oybek KTJQdan kurs ishi

Issiqlik nasosli bug’latkichlar. Ayrim paytlarda texnologik sabablarga ko’ra, ko’p korpusli bug’latish qurilmalarini qo’llab bo’lmaydi. Masalan, yuqori temperaturalarga chidamsiz eritmalarning sifat ko’rsatkichlarini saqlab qolish uchun issiqlik nasosli, bir korpusli bug’latkichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
9-rasmda bug’latkich 1 va oqimchali kompressor 2 dan iborat bir korpusli bug’latish qurilmasi keltirilgan.
Bunday qurilmalarda ikkilamchi bug’ bosimi isituvchi bug’ bosimigacha injektorli kompressorda siqiladi. So’ng, siqilgan bug’ siqish uchun bug’latkichga yo’naltiriladi. Demak, issiqlik nasosli bug’latish qurilmalarida ikkilamchi bug’ temperaturasi isituvchi bug’ temperaturasigacha ko’tariladi, ya’ni kompressorga sarflangan energiya, ikkilamchi bug’ temperaturasini oshirishga ketadi.



Temperatura depressiyasi kichik bo’lgan eritmalarni bug’latish uchun issiqlik nasoslarini qo’llash juda o’rinli va ko’p korpusli bug’latish sxemalarida isituvchi bug’ni tejash imkonini beradi.
Issiqlik nasosiga sarflanadigan energiya miqdori isituvchi va ikkilamchi bug’lar to’yinish temperaturalari farqiga proportsionaldir. Shuning uchun, temperatura depressiyasi katta bo’lgan eritmalarni, ushbu usulda bug’latish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Odatda, issiqlik nasosli bug’latish qurilmalari va erituvchining qaynash temperaturalarining farqi 5..15 °C bo’lgan hollarda qo’llash mumkin. Demak, eritmaning qaynash temperaturasi katta bo’lsa, ushbu usul ishlatilmaydi. Bunga sabab, ikkilamchi bug’ni isituvchi bug’ bosimigacha siqish uchun ko’p energiya sarf bo’lishidir.


Perspektiv issiqlik almashinish qurilmalari

Ma’lum qurilmaga qaraganda, yangi issiqlik almashinish qurilmasi yuqori issiqlik o’tkazish koeffitsientli, yemirilishga bardosh, metall va issiqlik eltkichni uzatishga energiya sarfi kam kabi ko’rsatkichlarga ega bo’lishi zarur.


Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini loyihalash usullaridan biri – issiqlik berishni chegaralaydigan, suyuqlik yupqa qatlamini buzadigan yuzali qurilmalar yaratishdir. 10–rasmda samarador plastinali – spiralsimon issiqlik almashinish qurilmasi keltirilgan.
Bu turdagi qurilmalar spiral bo’yicha o’rilgan gofirlangan list 5 va ikkala tomonidan tekis qopqoq 2 lardan tarkib topgan. Issiqlik eltkichlarni kirish va chiqishi uchun 1,4,6,7 shtutserlar mo’ljallangan. Muhitlarning qarama - qarshi yo’nalishli harakatidagi birinchi issiqlik eltkich shtutser 6 dan kiradi va gofirlangan kanallar orqali o’tib, shtutser 4 dan chiqariladi. Ikkinchi issiqlik eltkich esa, shtutser 1 dan kirib, gofirlangan kanaldan o’tib shtutser 7 dan chiqadi.
Gofirlangan listlardan yasalgan kanallarda sun’iy ravishda hosil qilingan gofirlar yoki makro g’adir-budurliklar diskret joylashgan bo’ladi. Ushbu g’adir-budurliklar devor yuzasidagi suyuqlik chegaraviy qatlamni buzadi va issiqlik almashinish jarayonini intensivlaydi. Undan tashqari, kanallar spiralsimon bo’lgani uchun suyuqlik oqimlari harakati davrida markazdan qochma kuchlar paydo bo’ladi. Bu omil ham jarayonning jadallashishiga olib keladi.
Bu turdagi qurilmalar juda yuqori issiqlik – energetik xarakteristikalarga egadir. Masalan, plastinali-spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarida 1 m2 yuzaga sarflanadigan quvvat miqdori oddiy turbulizatorsiz qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda tahminan 10 marta kam.
Germaniya firmasi «Bavariya Anlagenbau» tomonidan «Babeks» tipidagi issiqlik almashinish qurilmasida ham issiqlik eltkichning chegaraviy qatlami buziladi va jarayon intensivlashadi (11-rasm). Bu qurilma qobiq-trubali va plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining eng yaxshi xususiyatlarini o`z ichida mujassamlagan.



Issiqlik almashinish yuzalari 0,2...1,0 mm qalinlikdagi shtamplangan metall listlardan iborat. Metall listda yarim doira shaklidagi ariqchalar shtampovki usulida qilinadi. Shtampovka qilingan listlar simmetrik holatda ketma-ket yig’ilib mahkamlanadi va natijada trubalar va trubalararo bo’shliqlar hosil bo’ladi. Suyuqlik gofirlarni tashqi tomonidan oqib o’tishi paytida to’lqinsimon harakatlanadi. Listlar (1500 va undan ortiq) yig’ilib blok hosil qiladi va uning yuzasi 7200 m2 gacha bo’lishi mumkin.


Qurilmaning trubalar bo’shlig’i 8,4 MPa, trubalararo bo’shlig’i esa 10,5 MPa gacha bo’lgan bosimlarga bardosh bera oladi. Issiqlik eltkichlarning temperaturasi 130...760oC oraliqda bo’lishi mumkin.
Ma’lumki, kimyoviy texnologiya jarayonlarida kimyoviy agressiv issiqlik eltkichlar qo’llaniladi. Shuning uchun, qurilma yasashda legirlangan va maxsus materiallardan foydalaniladi.
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarida jarayonni jadallashtirishning asosiy muammosi – bu issiqlik almashinish yuzasining qarama - qarshi tomonlaridagi termik qarshiliklarni tenglashtirish yoki bir-biriga yaqinlashtirishdir. Bunga erishish uchun issiqlik almashinish yuzasi F oshiriladi yoki issiqlik eltkichning optimal gidrodinamik rejimi tashkil etiladi.
Jarayon gidrodinamikasini yaxshilashdan maqsad, oqimning butun ko’ndalang kesimida temperatura va tezlikni tekislashdir. Natijada, qovushoq, chegaraviy qatlamning termik qarshiligi kamayadi. Ko’pchilik olimlarning tajribalari shuni ko’rsatdiki, issiqlik almashinish jarayoni intensivligini pasaytiruvchi asosiy omillardan biri, bu suyuqlik chegaraviy yupqa qatlamining qalinligidir. Shuning uchun, issiqlik eltkichlarning harakati paytida trubalararo bo’shliq trubalarida hosil bo’ladigan chegaraviy yupqa qatlamni buzadigan turli shakldagi turbulizatorlar qo’llaniladi (12-rasm).




Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish