4. Optimal bug'-gaz siklini tanlanishi.
Optimal bug'-gaz sikli ko'p sonli texnik echimlar asosida tanlanadi. Bunday tanlovga asosan quyidagi uch bosqichdan keyin kelinadi:
- energetik qurilma buyurtmachisining talablarini o'rganish;
- qurilmalarning ishlash sharoitlari to'g'risida ma'lumotlarni to'plash;
- BGQ siklini tanlash.
Buyurtmachi tomonidan qurilma quvvatining yuqorigi va quyi chegaralari, doimiy yuklamalarda FIKni hisobga olgan holda GTQlarning ma'qul keladigan quvvati tanlanadi. Doimiy yuklamalarni qoplash grafiklari tuziladi.
BGQning ishlash tartibiga GTQning xarakteristikalari orqali atrof-muhit sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tashqi havoning harorati 0 °S bo'lgan sharoitda ishlayotgan gaz turbinasi 30 °S sharoitda ishlayotgan turbinaga nisbatan 20 % ko'p elektroenergiya ishlab chiqaradi. Agar qurilmani qurish balandligi dengiz sathidan 100 m balandlikda qurilayotgan bo'lsa, bu qurilmada ishlatilayotgan GTQ, havoning bosim va zichligi o'rtasidagi farq tufayli, dengiz sathida foydalanilayotganidan 1 % kam quvvat hosil qiladi. Yil davomida atmosfera havosining parametrlarini haqiqiy o'zgarishlari va ekstremal sharoitlari to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'lish lozim. Havoning namligi GTQning quvvati va FIKga juda kam ta'sir ko'rsatuvchi parametr sanaladi. Qurilma xarakteristikalarini umumiy hisoblashlar asosida ISO 2314 shartlari (+15°S; 0,1013 MPa; havoning nisbiy namligi 60 %) o'rnatiladi. Shuni yodda tutish lozimki bu xarakteristikalarning birortasi o'zgarishi BGQning bug' turbinali konturidagi parmetrlarinng ham o'zgarishiga olib keladi.
Texnik va iqtisodiy sabablarga ko'ra yoqilg'i asosiy vaftor hisoblanadi, shuningdek, uning turi va tarkibi GTQ va butun qurilmaning quvvatiga, qurilmadan zararli moddalar chiqishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yoqilg'i tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab UQga kirishdagi kondensat harorati aniqlab olinadi. Ko'plab holatlarda BGQlar ikkita turli xildagi yoqilg'ida ishlashi mumkin, bunda qaysi yoqilg'i asosiysi va ikkinchisidan qaysi sharoitlarda ko'p foydalanilishi to'g'risida aniqlik kiritilib olinadi.
BGQning solishtirma kapital qo'yilmalaridan kelib chiqib, elektrostansiya qurilishiga kiritilgan qaysi investisiya belgilangan FIKni qanoatlantirishi belgilanadi. Agar, masalan, kapital qo'yilma 1000 dollar/kVt bo'lsa, bu holatda, bug'-gaz siklining samaradorligini, yoqilg'i turi va sarfini o'zgartirmasdan turib 10 MVtga oshirish imkoniyati saqlanib qolsa bunday echim o'zini oqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |