Misol: Qozon bug‘ barabanidagi suv sathidan kondensatning tik quvurdagi balandligini aniqlang. Barabandagi bug‘ bosimi MPa ga teng bo‘lsin:
Suv sathining 1-1 kesimdan 2-2 kesimgacha – kondensat quvuri bo‘ylab ko‘tarilish sathi quyidagicha aniqlanadi:
(3.2.)
Bu misolda suvning balandlik ustuni aniqlandi. Bu suv ustunining bosimi gidrostatik bosim hosil qiladi. Natijada bu bosim qozon qurilmalaridagi bug‘ning bosimining muvozanat holatiga olib keladi.
Lekin tizim ishlab turgan paytdagi suv ustinining haqiqiy balandligi birmuncha katta bo‘lib, bu ( ), kondensat quvuridan qozongacha bo‘lgan qurilmalardagi kondensat harakatini yengish uchun kerak. Shuning uchun 2-2-sathdan oshib ketgan kondensat qaytaruvchi quruq magistral quvurni (4) to‘ldirib qo‘ymasligi uchun, balandlikni ning balandligiga qo‘shimcha holda 200-250 mm qo‘shiladi. Tizimda bosimning oshib ketish havfidan saqlanish niyatida avtomat ravishda ishlaydigan himoya uskunasi – suv zulfi o‘rnatiladi. Bu suv zulfi ortiqcha bug‘ bosimi bilan chiqib ketmoqchi bo‘lgan suvni tutadi va ortiqcha bug‘ni atmosferaga chiqarib yuboradi.
Qozondan tarqatuvchi magistral quvur orqali isitish asbobiga uzatilgan bug‘ bosimi atmosfera bosimiga yaqin bo‘ladi. Bug‘ning isitish asboblarida tekis tarqalishi uchun asbob oldiga jumrak o‘rnatiladi. Bug‘ning isitish asboblarida to‘liq kondansatga aylanishini nazorat qilish uchun bug‘ jumragidan foydalanish mumkin. Bug‘ning quvurlardagi harakat jarayonida ma’lum qismi kondensatga aylanadi. Yuqori qavatdagi hosil bo‘lgan yo‘l-yo‘lakay kondansat bilan bug‘ o‘zaro bevosita qarama-qarshi harakat qiladi.
Bu hodisani chegaralash uchun o‘tkazilgan tarqatuvchi magistral bug‘ quvurlarini o‘tkazishda ko‘tarilayotgan issiqlik tashuvchi bug‘ni eng kamida ikki qavat tik quvurlar bo‘ylab ko‘tarilishini ta’minlash lozim. Unda yo‘l-yo‘lakay hosil bo‘lgan kondansat barcha nuqtalarda qiyalik bilan bug‘ bilan parallel harakat qiladi.
Yo‘l-yo‘lakay hosil bo‘lgan kondansatni isitish asbobiga ta’sir qilmaydigan qilib aylantirib tik quvurning tepasiga egilma quvur (kalach) orqali gidravlik zulfinga ulanadi.
Ochiq bug‘ tizimlarida havo erkin holatda bo‘ladi. Masalan, havoning solishtirma og‘irligi 1000С da taxminan 1,6 marta bug‘ og‘irligidan katta bo‘lib, o‘zaro nisbatan 9 N/m3 (zichlik 0,92 kg /m3) бўлганлиги учун тизимининг quyida joylashgan bo‘limlarida havo miqdori kondensat ustida yig‘ilib qolishiga sabab bo‘ladi. Havoning kondensatda erishi kichik bo‘lganligi uchun havo erkin holda qolaveradi.
Quruq kondensat quvurdagi havo qiya oqimi kondensat ustidan harakatlanadi. Tizimning eng pastki nuqtasida havo quvuridagi jumrakni ochish bilan havo atmosferaga chiqariladi.
Havo quvurining yana bir vazifasi bug‘ning siyraklanish jarayoni tugashi bilan havoni chiqarib yuboradi. Bug‘ning siyraklanishi bug‘ tizimlarini davriy to‘xtatib turish paytida hosil bo‘ladi.
Xo‘l kondensat quvurlarda kondensat ustidagi havoni avval yig‘ib, so‘ngra atmosferaga chiqarish uchun maxsus havo quvuri (odat bo‘yicha qozon qurilmasi yonida) o‘rnatilgan.
Quruq kondensat uzatuvchi birinchi qavat poli ustidan utkazilsa, quvurlar eshiklar ostidan kanallarga yotqizilib, izolyatsiya qilinib o‘tkaziladi. Tizimni bo‘shatishda ishlatiladigan uchtalik tiqindon bo‘lgan havo quvuri eshik ostidan ulanib quyiladi (3-6,v-rasm).
Hul kondensat uzatgichlar eng tepasida havo chiqaruvchi jumrak o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |