Budjet tashkiloti buxgalteriya hisobi va audit bo’limi hamda umumiy faoliyati


Budjet tashkilotlarida qo'llaniladigan sintetik va analitik hisob registrlari



Download 140,5 Kb.
bet5/6
Sana03.12.2022
Hajmi140,5 Kb.
#877482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Budjet tashkiloti buxgalteriya

4. Budjet tashkilotlarida qo'llaniladigan sintetik va analitik hisob registrlari
Buxgalteriya hisobining registrlari bo'lib ikki yoqlama yozish usullariga muvofiq yuritiladigan jumallar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va tasdiqlangan blank(shakl)lar xizmat qiladi.
Operatsiyalaming hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi.
Sintetik hisob registri bo'lib faqat «Bosh-jumal» kitobi (308- shakl) hisoblanadi.
Analitik hisob registrlari bo'lib:

  1. Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi) (292-shakl);

  2. Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari (294-shakl);

3. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar
kartochka (binolar, inshootlar, uzatkich qurilmalari, mashinalar va uskunalar,
asboblar, ishlab chiqarish Qihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlari
hamda transport vositalari hisobi uchun) (AV-6-budjet- shakl);
4. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisob bo'yicha inventar
kartochka (chorva mollari, ko'p yillik daraxtlar va yerlami yaxshilashga
doir kapital xarajatlar uchun) (AV-8-shakl);
5. Asosiy vositalar guruhini hisobga olish bo'yicha inventar kartochka
(kutubxona fondlari va sahnalashtirish vositalari hisobi uchun) (AV-9-
shakl);

  1. Asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar katochkalar ro'yxati (AV-10-shakl);

  2. Asosiy vositalarning inventar ro'yxati (AV-13- shakl);

  3. Asosiy vositalar bo'yicha aylanma vedomost (326-shakl);

  4. Chorva mollarini hisobga olish daftari (395-shakl);




  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo'yicha yig'ma vedomost (300-shakl);

  2. Oziq-ovqat mahsulotlari xarajati bo'yicha yig'ma vedomost (399-shakl);

  3. Materiallarning ombordagi hisobi daftari (М-17-shakl);

13. Moddiy qiymatliklarning miqdoriy-summali hisobi daftari
(kartochkasi) (296-shakl);

  1. Singan idishlami ro'yxatga olish bo'yicha kitob (325-shakl);

  2. Deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo'yicha kitob (441-shakl);

  3. Bolalar muassasalanda bolalar saqlanganligi uchun ularaing ota-onalari bilan hisob-kitoblar vedomosti (327-shakl);

  4. Ish haqi va stipendiya berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullami hisobga olish daftari (f. 320);

  5. Qat’iy hisobotdagi blanklami hisobga olish daftari (448-shakl);

  6. Aylanma vedomost (285-shakl);

  7. Material zaxiralar bo'yicha aylanma vedomost (М-44-shakl);

  8. Kassadan hisobdor shaxslarga pul berish vedomosti (317-shakl);

  9. «Kassa» kitobi (ko-4-shakl);

23. Kartochka-ma’lumotnoma (417-shakl) va boshqalar hisoblanadi.
Agar analitik hisob kitoblarda emas, balki kartochkalarda tashkil
qilingan bo'Isa, u holda kartochkalar har bir birinchi tartibli schyot bo'yicha olib boriladigan kartochkalar reestrida ro'yxatga olinadi.
Memorial-orderlar «Bosh-jurnal» kitobida (308-shakl) ro'yxatga olinadi. «Bosh-juraal» kitobi o'tgan yilning yakuniy provodkalari yozilgan va qoldiqlar chiqarilgan «Bosh-jurnal» kitobiga muvofiq yil boshiga qoldiqlarni ko'chirib yozish bilan ochiladi. Unga yozuvlar memorial-orderlar tuzilishi bilanoq, memorial-orderlar-yig'uvchi vedomostlar tuzilganda esa oyiga bir marotaba yoziladi. Memorial-ordeming summasi dastlab «Order bo'yicha» ustuniga, keyin esa tegishli subschyotlarning debetiga va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo'yicha oylik aylanma summasi debet bo'yicha ham, kredit bo'yicha ham «Order bo'yicha summa» ustunning jamiga teng bo'lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorga har bir subschyot bo'yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Buxgalteriya foYoAi-muqovalangan juzlangan maxsus ustunlar chizilgan qog'oz varaqlaridir. Har bir buxgalteriya kitobida unga yozishdan oldin uning barcha varaqlari raqamlanadi. Oxirgi varaqning orqa tomoniga bosh buxgalteming imzosi bilan quyidagi yozuv «Ushbu
kitobda hammasi bo'lib vrraq raqamlangan» yoiib qo'yiladi. Kassa
kitobi (КО-4-shakl, 440-shakl), mehnat daftarchalari va ularga ilova varaqlarining kirim-chiqimi hisobini yuritish kitobi (449-shakl), undan tashqari, К-4-shakl va 440-shaklIar kanop bilan tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan, varaqlar soni esa tashkilot rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Har bir kitob ustiga: tashkilotning nomi, kitob ochilgan hisobot yili yozib qo'yiladi. Kitobda unga ochilgan subschyotlarning mundarijasi bo'lishi kerak. Yozuvlar kitobning boshqa varag'iga o'tkazilganda mazkur subschyot bo'yicha mundarijada yangi varaqlaming raqamlarini ko'rsatib, bu yozuvning o'tkazilganligi to'g'risida belgi qilinadi.
Buxgalteriya fcartochkalari-bk-birlzri bilan birlashtirilmagan maxsus ustunlar chizilgan qog'ozdan yoki yupqa kartondan tayyorlangan alohida-alohidajadvallardir.
Kartochkalar (asosiy vositalar bo'yicha kartochkalardan tashqari) har bir birinchi tartibli schyotga (sintetik schyotga) alohida-alohida olib boriladigan «Kartochkalar reestri»da (179-shakl) ro'yxatga olinadi. Asosiy vositalar hisobini olib borishga tayinlangan kartochkalar
«Asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar kartochkalaming ro‘yxati»da (AV-10-shakl) ro'yxatga olinadi.
Buxgalteriya ve^mosrfari-kartochkalarda yuritiladigan hisob registrlarining bir turidir. Buxgalteriya hisobi registrlarida yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka pastasi bilan yoki kompyuter yordamida boshlang'ich hujjatlar asosida, ular kelib tushgandan keyingi kundan kechikmasdan, amalga oshiriladi.
Buxgalteriya registlarining saqlanishini, ularni rasmiylashtirilishini va arxivga topshirilishini bosh buxgalter ta’minlaydi. Buxgalteriya registrlari, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya arxivida buxgalteriya registrlari belgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya registrlarining tashkilot buxgalteriya xizmatining arxi­vida saqlash muddati tugagandan so'ng belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya registrlarining arxivga topshirilganligiga dalil bo'ladigan hujjatlar buxgalteriyada doimiy saqlanadi. Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylan-malaming jami hisoblanadi va yozuvlar bo'yicha qoldiq chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik schyotlar bo'yicha buxgalteriya registrlarida yil boshiga qoldiq summalari, o'tgan yilgi yakunlovchi balansga va hisob registrlariga to'la binoan yoziladi. Agar yillik hisobot yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanayotganda yoki moliya organi tomonidan qabul qilinayotganda, yillik hisobot ko'rsatkichlariga tuzatishlar kiritilsa, u holda tegishli yozma ko'rsatmaga asosan bu tuzatishlar o'tgan yilgi registrlarga ham (to'g'rilash buxgalteriya yozuvlarini o'zgartirib yozish yo'li bilan), joriy yil registrlariga ham (yil boshidagi qoldiqlarni o'zgartirish yo'li bilan) kiritib qo'yiladi.



Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish