Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish masalalari.
Hisob palata va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 2019-yilning to‘qqiz oyida respublika hamda mahalliy byudjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan bir yuz yetmishdan ortiq ob’ektni birgalikda rejali tekshiruvdan o‘tkazdi.
O‘n to‘rtta olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilgan jami tekshiruvlar bo‘yicha davlat byudjetiga 2,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi va bugungi kunda yetkazilgan zarar to‘liq hajmda undirildi.
Misol uchun, Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini berish bo‘yicha belgilangan normalarga rioya etmaslik oqibatida oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 238,3 mln so‘m, Urganch olimpiya zaxiralari kollejida esa 129,8 mln so‘m ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.
Namangan va Surxondaryo viloyatlari mahalliy byudjeti ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tahlil ishlari natijalariga ko‘ra, qiymati 0,9 mlrd so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlar qo‘shimcha hisoblangan.
Bundan tashqari, ushbu viloyatlarda amalga oshirilgan nazorat-tahlil ishlari natijasida ijtimoiy ob’ektlar qurishda 514 mln so‘m, infratuzilma ob’ektlarini barpo etishda 669 mln so‘m va qurilishda 3,3 mlrd so‘m noqonuniy o‘zlashtirilgan holatlar aniqlandi.
Masalan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida «Maxsus qurilish ta’min butlash» mas’uliyati cheklangan jamiyati pudrat tashkiloti tomonidan 360 o‘quvchiga mo‘ljallangan va 150 o‘rinli yotoqxonaga ega xizmat sohasi kasb-hunar kollejini qurishda ishlar hajmi 67,7 mln so‘mga oshirib ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, «Janubgazmaxsusmontaj» unitar korxonasi pudrat tashkiloti Namangan viloyati Kosonsoy tumanida «Obod» suv chiqarish inshootini qurishda qurilish materiallari narxi, mexanizmlar va quruvchilarning bir soatlik ish qiymati oshirib ko‘rsatilgani sababli 244,4 mln so‘m ortiqcha olingan. Namangan viloyati Pop, Chust va Chortoq tumanlarining qishloq joylarida uy-joy qurishda ishlar hajmi 155,6 mln so‘mga va sifatsiz bajarilgan ishlar hajmi 14,6 mln so‘mga oshirib yozilgani aniqlandi.
Mana shu qilinayotgan ishlarning barchasi budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish uchun amalga oshirilmoqda.
Byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida xarajat vakolatlarini taqsimlanishi byudjetlararo munosabatlarning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi.
Byudjet xarajatlari davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy funktsiyalaridan kelib chiqqan holda jamiyat oldidagi vazifalarini amalga oshirish uchun zaruriy mablaglarni uzaro taqsimlanishini uz ichiga oladi. O’zbekiston respublikasi “Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuniga muvofiq markaziy xokimiyat organi va mahalliy xokimiyat organlariga tegishli biriktirilgan xarajatlar yunalishlari aniqlab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |