Budjet ijrosini nazorat qilish mexanizmi va uni takomillashtirish yo`llari. Reje: Kirish



Download 0,58 Mb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,58 Mb.
#494735
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Sardor


Budjet ijrosini nazorat qilish mexanizmi va uni takomillashtirish yo`llari.
Reje:
Kirish

  1. Budjet nazoratining zarurligi va ahamiyati

  2. Budjet ijrosi nazorati mexanizmining tahlili

  3. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida budjet nazorati mexanizmini takomillashtirish masalalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Bizga ma’lumki, o’tgan yillar mobaynida olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi qay darajada ekanligini ko’rsatib berdi. Bu borada, davlat moliyasi tizimining puxta ishlab chiqilganligi o’z natijalarini berdi. Ayniqsa, o’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda zamonaviy Davlat byudjetining barpo etilganligi, byudjet tizimi faoliyatini ta’minlashda byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo’lgan davlat hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda budjet ijrosi ishtirokchilarining faoliyati samarali tashkil qilinganligi budjet ijrosi munosabatlarini ta’minlab berdi.
Biroq, byudjet ijrosini tashkil qilishda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishgan bo’lsada, shu bilan birga budjet ijrosini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, budjet ijrosini tashkil qilishda ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet ijrosida o’rnini o’rgangan holda, Moliya vazirligi faoliyatini yanada samaradorligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, budjet ijrosini tashkil etishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o’rnini va ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligini o’zida aks ettiradi.
Mamlakatimizda davlat moliyasini tashkil etish va sog’lomlashtirish, byudjet daromadlarining barqarorligini, ularni shakllantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan byudjet siyosati tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat miqyosida dasturlarning qabul qilinishi o’z ijobiy natijalarini bermoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatmiz miqyosida byudjet jarayonini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalambor, budjet ijrosiga ta’rif beradigan bo’lsak, “Byudjet ijrosi — Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.1 Budjet ijrosining mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi hamda byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyot rivojlanishini turli bosqichlarida byudjet davlat siyosatini amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini sosiy manbai hisoblanadi. Davlat byudjeti, davlat xokimiyatining kundalik masalalarini ham, rivojlanish istiqbollari vazifalarini ham hal etishda katta ahamiyatga egadir. Byudjet uch tarkibiy qismdan — xarajat, daromad qismlari va ular balansidan iborat ya’ni daromadlarning xarajatlarga muvofiqligi qoidasiga amal qilishi lozim. Byudjetni shakllantirish avvalo uning xarajat qismini tuzish yo’li bilan yuz beradi, chunki davlat o’zida mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqibgina xarajatlar qilishi mumkin emas. Davlat avvalo jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida uning oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur mablag’lar hajmini belgilashi va shundan keyingina o’z qo’lida bo’lgan byudjet daromad qismini to’ldirishning asosiy vositasi - soliqlar va boshqa manbalar yordamida ana shu moliyaviy resurslarni jalb etishi kerak.
Davlat byudjeti pul resurslarining markazlashtirilgan jamg’armasi (fondi) bo’lib mamlakat hukumati davlat apparati, qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek iqtisodiy funksiyalarni bajarish uchun uni tasarruf etadi. Hozirgi shart-sharoitda byudjet davlatning iqtisodiyotni tartibga solish, xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatish shuningdek krizisga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishning qudratli vositasi hamdir. Hozirgi davlat byudjeti uning butun xilma-xil funksiyalarini aks ettiradigan murakkab, ko’p ko’rinishli xujjat hisoblanadi. Avvalo byudjetda davlat xarajatlari va daromadlari tartibi o’z aksini topadi. Xarajatlar byudjet qurollarining sarflanish yo’nalishlari va maqsadlarini ko’rsatadi. Xarajat moddalarining ahamiyati juda muhim, chunki ularning qanchalik maqsadga muvofiqligiga mazkur davlat soliq to’lovchilari zimmasiga yuklatiladigan soliq yukiga bog’liq bo’ladi. Bundan shu narsa ravshanki, mazkur aniq davrda amal qiladigan soliqlar tizimi (soliq miqdori, ularni stavkalari, soliq solinadigan baza) davlat byudjetida xarajatlarning qanday moddalari ko’zda tutilganiga va ularni qoplash uchun qancha miqdorda mablag’lar zarurligiga to’la ravishda bog’liqdir. Iqtisodiyotni ishlab chiqarish sektorlari faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarini yaratish bilan bog’liq xarajatlar davlat xarajatlarining eng muhim moddalari qatoriga kiradi.
Byudjet tizimi va byudjet jarayonida yuzaga keladigan barcha bosqichlarda “Byudjet kodeksi” talablariga, byudjet tizimining asosiy tamoyillariga, byudjet tizimi to’g’risidagi me’yoriy xarajatlarga, yo’riqnoma va tartiblarga amal qilinishi byudjet intizomitushunchasini belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar sharoitida byudjet nazoratining ahamiyati o’sib boradi va yangicha mazmun kasb etadi.
Byudjet nazoratini amalga oshirishdan maqsad byudjet mablag’larini hosil qilish va ishlatishda maqsadlilik, samaradorlik, tartiblilik, qonuniylikning ta’minlanishiga erishish zarurligidan iboratdir. Nazorat iqtisodiy ishlarni tashkil qilishda etakchi rolni O’zbekiston Respubikasi Moliya vazirligi bajaradi. Har yili mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilinadi va o’tgan yillar bilan solishtiriladi Mahalliy byudjetlar ijrosini taftish va tekshirishlardan o’tkazish Moliya vazirining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi va vazirlikning barcha soha mutaxassislari jalb qilinadi. Bundan tashqari, moliya organlarida Hukumat topshiriqlari va Moliya vazirligi Hay’ati yig’ilishi hamda vazirlik rahbariyati topshiriqlariga asosan ma’lum bir yo’nalish, soha bo’yicha mavzuli tekshirishlar ham o’tkazilishi mumkin.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish