136
Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT)
tatbiq
etilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo‘llanilar edi.
Mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi (1–6 kodlar) budjetga
tushayotgan daromadlarni tegishli mablag‘lar manbasi va budjetlar
darajalariga
(tegishli budjet darajasiga, davlat maqsadli jamg‘armasi turiga va budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlari turiga)
mansubligini aniqlash
maqsadida qo‘llaniladi.
7 ta raqamli daromadlar turi (7–13 kodlar) quyidagilardan iborat:
− bo‘lim;
− paragraf;
− daromad turi.
Bo‘lim daromadlarni ularning olish manbalari bo‘yicha guruhlanishini
bildiradi, masalan:
− 3 100 000 “Soliqlar”;
− 3 200 000 “Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar”;
− 3 300 000 “Grantlar”;
− 3 400 000 “Boshqa daromadlar”;
− 3 500 000 “Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo‘yicha
tushumlar”.
Paragraf soliq yoki boshqa turdagi daromadlarni soliqqa tortish bazasi
bo‘yicha daromadlarning guruhlanishini bildiradi.
1. “Soliqlar” (3 100 000) quyidagi paragraflarni o‘z ichiga oladi:
− 3 110 000 “Daromad, foyda va kapital o‘sishiga soliqlar”;
− 3 130 000 “Mol-mulkka solinadigan soliq”;
− 3 140 000 “Tovarlar va xizmatlarga soliqlar”;
− 3 150 000 “Xalqaro savdo va operatsiyalarga soliqlar”;
− 3 160 000 “Boshqa soliqlar”;
137
2. “Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar” (3 200 000) 3 210 000
“Ijtimoiy ta’minotga ajratmalar/badallar” paragrafini o‘z ichiga oladi.
3. “Grantlar” (3 300 000) quyidagi paragraflarni o‘z ichiga oladi:
− 3 310 000 “Xorijiy davlatlar hukumatlaridan”;
− 3 320 000 “Xalqaro tashkilotlardan”;
− 3 330 000 “Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklaridan”.
4. “Boshqa daromadlar” (3 400 000) quyidagi paragraflarni o‘z ichiga
oladi:
− 3 410 000 “Mol-mulkdan daromadlar”;
− 3 420 000 “Tovarlar va xizmatlar sotilishi”;
− 3 430 000 “Jarimalar, penyalar va neustoykalar”;
− 3 440 000 “Ixtiyoriy transfertlar, grantlar bundan mustasno”;
− 3 450 000 “Aniqlab bo‘lmaydigan va boshqa daromadlar”.
5. “Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo‘yicha tushumlar”
(3 500 000) quyidagi paragraflarni o‘z ichiga oladi:
− 3 510 000 “Tranzaktsiyalardan aktivlarga tushadigan tushumlar”;
− 3 520 000 “Majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo‘yicha tushumlar”.
Tegishli bo‘lim va paragrafning yanada detallashtirilishi va tavsifi 2146-
sonli
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma”ning 2-ilovasiga muvofiq daromadlar turi bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Tegishli budjetning daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar
daromadlar
tasnifining mumkin bo‘lgan barcha elementlarini qo‘llagan holda
shakllantiriladi. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari o‘rtasidagi
budjet darajalari bo‘yicha tushumlarning taqsimlanishi qonunchilikka muvofiq
amalga oshiriladi.
Tashkiliy tasnif (14–16 kodlar) budjetga tushayotgan daromadlarni ularni
boshqaruvchi tegishli tashkilotlarga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi va
138
sh.k.) tegishli ekanligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuqori (quyi) budjetning quyi (yuqori)
budjet oldidagi majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi budjetlarga dotatsiya,
subventsiya, budjet ssudalari va mablag‘lari kelib tushganda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi.
Hududiy tasnif (17–21 kodlar) tushayotgan daromadlarni mazkur
daromadlarni to‘layotgan tegishli hududlarga mansub
ekanligini aniqlash
maqsadida qo‘llaniladi.
Xarajatlar tasnifi. Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan
tashqari jamg‘armalar xarajatlari tasnifi barcha budjet darajalari xarajatlari
guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni hal qilishga budjet mablag‘larining yo‘naltirilishini aks
ettiradi.
Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: