11.”Financial Management in the Public Sector: Tools, Applications and Cases “3rd Edition
by Xiaohu (Shawn) Wang (Author) Paperback: 216 pages Publisher: Routledge; 3 edition (March 7, 2014)
Language: English
Интернет сайтлари: www.lex.uz www.mf.uz www.soliq.uz www.gov.uz www.oecd.org/gov/budget/database 6-MAVZU. DAVLAT ByudjetI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI ByudjetLARI IJROSI NATIJALARI HISOBI VA HISOBOTLARI REJA: Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi bo‘yicha natijalarni aniqlash tartibi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi bo‘yicha joriy hisobvaraqlarni yopish.
3. Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlarni shakllantirish. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjeti ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlarni shakllantirish.
4. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi natijalari hisobi va hisobotlarni tuzishda xorij tajribasi.
1. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosi bo‘yicha natijalarni aniqlash tartibi. Budjet yilning oxirida, yillik hisobot tuzilishidan oldin moliya organining buxgalteriyasi har bir balans hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarning hakqoniyligini, budjet ssudalari bo‘yicha hisob-kitoblar va budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarning holatini tekshiradi. Boshqa budjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar va olingan va berilgan ssudalar bo‘yicha hisob-kitoblar yil ohirigacha, qo‘shimcha davrdagi operatsiyalarni qo‘shib hisoblaganda tugatilishi lozim, yangi yil boshiga hisob-kitoblar hisobvaraqlarida qoldiqlar bo‘lmasligi kerak. Yil yakuni bo‘yicha budjetlar ijrosi bilan bog‘liq buxgalteriya operatsiyalari yopish bo‘yicha yakunlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
Moliya yili yakuni bo‘yicha budjet ijrosi natijalarini aniqlash jarayonida buxgalteriya ma’lumotnomalari rasmiylashtirilib memorial orderlarga buxgalteriya yozuvlari berilib o‘tkaziladi. Memorial orderdagi yozuvlar Bosh-jurnal kitobiga o‘tkaziladi (1-chizma).
Moliya organlarida budjet ijrosi natijalari hisobi 09 "Natijalar" nomli hisobvaraqda yuritiladi.