Budjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “budjet hisobi” Fanidan O’quv–uslubiy majmua


Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar



Download 15 Mb.
bet99/301
Sana30.04.2022
Hajmi15 Mb.
#596964
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   301
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2021---

4.Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi.
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.


5.Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq budjet bilan, shuningdek budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Budjet bilan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun budjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlarni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshriladi va budjetga o‘tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda (xozirda ish haqiga nisbatan 25% miqdorida) hisoblanib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari (xozirda ish haqining 1% miqdorida). Halq banki bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari xodimlarning ish haqiga nisbatan (xozirda 4.5% miqdorida) Pensiya jamg‘armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi. Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hodimlarning ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida aks ettiriladi. Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi:
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar”;
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”;
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar”;
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”;
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”.
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida budjet bilan quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to‘lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra budjet daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa budjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga xaq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlarning hisobi olib boriladi.
u schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasini o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. 
161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi, debet tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar va ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda 
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan tashkilot hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.
Analitik hisob budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni oluvchilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasini o‘tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 

TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR:


1. Debitorlar va kreditorlar tushinchalariga sharh bering?
2. Budjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini tashkil etishni hususiyatlarini aytib bering?
3. Debitorlar va kreditorlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobini oldiga qo‘yiladigan vazifalarni aytib bering?
4. G‘aznachilik bo‘limlarida yuridik majburiyatlarni ro‘yhatga olish tartibini tushuntirib bering?
5. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobini tashkil etish tartibini tushuntirib bering?
6. Xaridor va buyurtmachilar bilanhisob-kitoblar hisobini xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini aytib bering?
7. Sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisoblashuvlar hisobini tushuntirib bering?
8. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar hisobini tashkil etishni tushuntirib bering?
9. Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish tartibini tushuntirib bering?
10. Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar va ular bo‘yicha imtiyozlar hisobini tushuntirib bering?
11. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobini aytib bering?
12. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar hisobini tushuntirib bering?


Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish