Tovar – moddiy zahiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zahiralar tarkibida aks ettirish;
2. Tovar-moddiy zahiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish;
3. Zahiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
4. Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
5. Tovar-moddiy zahiralar xarakatini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
6. Tovar-moddiy zahiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Budjet tashkilotlarida materiallar bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‘lgan materiallar bo‘yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo‘lsa keyingi moliya yilida budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi. Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 14 martda 1111-son bilan ro‘yxatga olingan)da keltirilgan .
1-jadval
Tovar moddiy zaxiralar o‘rnatilgan me’yorini aniqlash uchun belgilangan ko‘rsatkichlar
№
|
Tovar –moddiy zaxiralari nomi
|
Belgilangan kun me’yorlari
|
1
|
Oziq-ovqat maxsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan tashqari)
|
15 kun
|
2
|
Mavsumda tayyorlanadigan oziq-ovqat maxsulotlari
|
150 kun
|
3
|
Dori-darmonlar, reaktivlar, bog‘lash materiallari va dorixona anjomlari
|
60 kun
|
4
|
Barcha Budjet tashkilotlari uchun yoqilg‘i (bolalar va davolash tashkilotlaridan tashqari)
|
75 kun
|
5
|
Bolalar va davolash tashkilotlari uchun yoqilg‘i
|
90 kun
|
6
|
Xo‘jalik va kontselyariya materiallari
|
45 kun
|
7
|
O‘quv ilmiy va boshqa maxsus maqsadlar uchun materiallar
|
120 kun
|
8
|
Ozuqa va em xashak
|
120 kun
|
9
|
Qurilish ta’mirlash materiallari
|
45 kun
|
06 “Boshqa tovar-moddiy zahiralar” schyotida qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan, ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy zahiralar hisobga olinadi.
|
Materiallar bo‘yicha yil oxiridagi qoldiqni me’yorlarini aniqlash uchun “Nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida” hisobotning 060-069 subschyotlar bo‘yicha yil davomida tashkilot extiyojlari uchun sarflangan materiallar qiymati olinib yoqilg‘i va moylash materiallari bo‘yicha isitish mavsumidagi kunlar soni (asosan 5 oylik isitish mavsumi – 150 kun olinadi), tibbiyot muassasalari bo‘yicha oziq-ovqat maxsulotlarining har bir guruxi bo‘yicha ko‘rsatilgan summa 360 ga , boshqa budjet tashkilotlari bo‘yicha tashkilot ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar va oziq ovqat mahsulotlari har bir guruhi bo‘yicha 305 ga bo‘linadi va chiqqan natija materiallar bo‘yicha belgilangan kun me’yorlariga ko‘paytiriladi. Chiqqan natija me’yor hisoblanib balansning 060-069 subschyotlari qoldig‘i bilan solishtiriladi. Agar materiallar qoldig‘i chiqqan me’yordan ortiq bo‘lsa o‘sha summaga keyingi yil xarajatlar smetasida materiallar xarajat moddasi summasini moliyalashtirish kaytiriladi.
Shartli misol tariqasida quyidagini keltiramiz.
Toshkent Bank kollejida 2010 yil yillik hisobotiga asosan materiallarni o‘rnatilgan me’yorlar bo‘yicha hisob kitob qilinganda xo‘jalik va kanselyariya mollari, yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlandi. Hisob-kitobni amalga oshirish uchun 5-son shakldagi Nomoliyaviy aktivlar xarakati to‘g‘risida hisobotdan foydalanamiz.
A) Xisobotga ko‘ra xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i yil oxiriga 78000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 190000 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:1) 190000 ming so‘m / 305 =623 ming so‘m
2) 623 ming so‘m * 45 = 28032.8 ming so‘m
3) 28032.8 ming so‘m – 78000 ming so‘m = - 49967.2 ming so‘m
Demak me’yordan ortiqcha 49967.2 ming so‘mlik xo‘jalik va kanselyariya mollari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.
B) Xisobotga ko‘ra yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i yil oxiriga 54000 ming so‘mni tashkil etgan. Yil davomida 205000 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig‘i mavjudligi aniqlash uchun quyidagi amallar bajarildi:
1) 205000 ming so‘m / 305 = 672.1 ming so‘m
2) 672.1 ming so‘m * 75 = 50409.8 ming so‘m
3) 50409.8 ming so‘m – 54000 ming so‘m = - 3590.2 ming so‘m
Demak me’yordan ortiqcha 3590.2 ming so‘mlik yoqilg‘i va moylash materiallari qoldig‘i mavjudligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |