Budjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “budjet hisobi” Fanidan O’quv–uslubiy majmua


Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot



Download 15 Mb.
bet117/301
Sana30.04.2022
Hajmi15 Mb.
#596964
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   301
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2021---

3.Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot 
(2-shakl)ni tuzish tartibi
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:
- tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarning hisob registrlariga (294-shakl daftarlariga) to‘g‘ri yozilganligini;
hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
- hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftarlari va boshqa hisob registrlari asosida);
- haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to‘g‘ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-shakl daftarlari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim.
"Tasdiqlangan (aniqlangan) reja" ustuniga tashkilotlarning tegishli tasdiqlangan xarajatlar smetalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo‘yicha yoziladi.
"Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan" ustuni bo‘yicha tashkilotga budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari).
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar.
"Kassa xarajati-jami" ustunida tashkilotning budjet mablag‘lari bo‘yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi.
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar.
"Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (budjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi.
Tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda budjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Budjet tashkiloti bo‘lmagan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan budjetdan olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da budjet mablag‘ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettiradilar. 
Tashkilotlarga boshqa budjetlar hisobidan mablag‘lar ajratilgan hollarda mazkur mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tegishli moliya organiga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Asosiy xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun taqdim qilinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan xarajatlar tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi.
Tashkilotning budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining oxirgi ish kuniga tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan budjet mablag‘lari alohida (I-IV xarajat guruxlariga qo‘shilmagan holda) “Budjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar” qatorida kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga olinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot (2-shakl) ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish