Tekshirilgan hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo‘yicha dasturiy majmuaga budjet tasnifining ha rbir kodi bo‘yicha kiritiladi.
Budjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65 son buyrug‘I bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Budjet tasnifin iqo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi.
Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g‘aznachilikka hizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan ko‘chirmalarga asosan tegishli budjet, jamg‘arma budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari bo‘yicha alohida-alohida Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi Memorial orderga muomala sodir bo‘lgan vaqtdan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay o‘tkaziladi va hujjatlar ilova qilinib tikiladi. Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o‘tkaziladi. Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay G‘aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) da daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 - son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.
Moliya organi bosh buxgalteri G‘aznachilik buxgalteriyasi tomonidan tasdiqlangan yuqorida keltirilgan xujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi tekshiriladi va G‘azna dasturiy majmuada “Ijroga” belgisini qo‘yadi va ma’lumotlar bosh daftarga va hisobot shakllariga avtomatik o‘tadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjetga ortiqcha to‘langan summalarni qaytarilishi bo‘yicha yozgan arizalari soliq inspeksiyasiga kelib tushadi. Soliq inspeksiyasi to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan ko‘rsatilgan to‘lov bo‘yicha to‘lovchida ortiqcha to‘langan summaning mavjudligi to‘g‘risida hulosa beradi va uni to‘lovchining arizasi bilan birga ko‘rsatilgan summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi. Moliya organlari ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarish uchun bank muassasasiga taqdim etadi va bank muassasasi kunlik tushgan budjetga o‘tkaziladigan (daromad turiga muvofiq) mablag‘ hisobiga qaytariladi. Bunda G‘aznachilik organlari tomonidan ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarish hisobi yuritilmaydi. Ortiqcha tushgan daromadlarni to‘lovchilarga qaytarib berish moliya boshqarmalari tomonidan bankdagi tranzit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Moliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlangan amaldagi tartibga muvofiq daromadlar bo‘yicha summalarni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi hulosa ijro etilishi uchun moliya boshqarmasining bosh buxgalteriga taqdim etiladi. Moliya boshqarmasining buxgalteriyasi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so‘ng budjet daromadiga ortiqcha o‘tkazilgan summani qaytarish bo‘yicha bankka taqdim etadi.