Nazorat qiluvchi organlar tomonidan hisoblangan jarim a summalarini qabul qilish tartibi Jarima solish huquqiga ega b o ‘lgan organlar tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda
belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shartnomaga
asosan tegishli hisobvaraqlarga o ‘tkazib beriladi. Bunda Davlat budjetiga
o ‘tkaziladigan jarim a summalari davlat budjeti daromadlar tasnifining
«Yig‘imlar va boshqa soliq bo ‘lmagan daromadlar» bo'limidagi tegishli
shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Jarima solish huquqi berilgan nazorat qiluvchi organlar hisobot
yili davrida kelib tushgan jarima summalari bo‘yicha yillik hisobot
m a’lumotlarini
joriy
yilning
1-yanvar
holatiga
davlat
budjeti
daromadlariga xizmat ko ‘rsatuvchi banklar va soliq organlari bilan
o ‘matilgan tartibda taqqoslab k o ‘rishadi.