Depozit sum m alar hisobi
Depozit summalar 112-«Budjetdan tashqari boshqa m ablag‘lar
b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyotida
va 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotida hisobga
olinadi. Tashkilot ixtiyoriga vaqtincha tushgan va m a’lum sharoitlar
kelishi munosabati bilan qaytariladigan summalar
174-«Depozit
summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. 174-
«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotining kreditiga
tashkilotning ixtiyoriga vaqtincha kelib tushgan summalar yoziladi,
depozit hisobvarag‘idan berilgan yoki tayinlanishi bo ‘yicha o ‘tkazilgan
summalar esa 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyo
tining debetiga yoziladi.
Depozit summalar kelib tushganida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 112 - «Budjetdan tashqari boshqa m ablag‘lar bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
Kredit 174 - «Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
Depozit summalar egalariga qaytarib berilganida quyidagi buxgal
teriya provodkasi tuziladi:
Debet 174 - «Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 112 - «Budjetdan tashqari boshqa m a b la g ia r bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Depozit summalar tayinlanishi bo‘yicha depozit hisobvarag‘idan
budjetga o'tkazib berilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
1) Debet 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
2) Debet 173-«Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 112 - «Budjetdan tashqari boshqa m ablag'lar bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
112-«Budjetdan tashqari boshqa mablag‘lar bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag' i» subschyoti bo'yicha operatsiyalaming
analitik hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada
yuritiladi. Ularda topshiriqlaming alohida-alohida summalari bo'yicha
analitik subschyotlar ochiladi.
174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti bo'yicha
analitik hisob 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada
yuritiladi. Ularda saqlashga qabul qilingan depozit summalaming har
biriga alohida-alohida subschyotlar ochiladi.
3. BUDJET TASH KILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISHGA QILINGAN
XARAJATLAR HISOBI
Maxsus m ablag'lam ing smetalari bo'yicha mahsulotlar ishlab
chiqarishga doir operatsiyalaming hisobi uchun budjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobining schyotlar ro'yxatida quyidagi ikkinchi tartibli
schyotlar (subschyotlar) tayinlangan:
0 3 0 - «Ishlab
chiqarish
(o'quv)
ustaxonalarining
buyumlari»
subschyoti;
0 3 1 - «Yordamchi (o'quv) qishloq xo'jaliklarining mahsulotlari»
subschyoti;
050-«Y osh chorva mollari va bo'rdoqiga boqilayotgan mollar»
subschyoti;
0 8 0 - «Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining xarajatlari» sub
schyoti;
081-«Yordam chi (o‘quv) qishloq x o ‘jaliklarining xarajatlari»
subschyoti;
082-«Shartnoma asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining
xarajatlari» subschyoti;
083-«Eksperimental qurilmalami
tayyorlash xarajatlari»
sub
schyoti;
0 8 4 -«Materiallami tayyorlash va qayta ishlash xarajatlari» sub
schyoti;
210-«Taqsimlanadigan xarajatlar» subschyoti;
21 l-«M axsus mablag‘lar bo ‘yicha xarajatlar» subschyoti;
246-«Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondi» subschyoti;
280- «Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlarini sotish»
subschyoti;
2 8 1 - «Yordamchi (o‘quv) qishloq x o ‘jaliklarining mahsulotlarini
sotish» subschyoti;
282- «Shartnoma asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sotish»
subschyoti;
400-«M axsus va budjetdan tashqari m ablag‘lar b o ‘yicha daro-
madlar» subschyoti;
410-«Foyda va zararlar» subschyoti.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxini aniqlash ishlab
chiqarish xarajatlari hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir turdagi
mahsulot ishlab chiqaradigan xo‘jaliklardagi barcha xarajatlar bcvosita
xarajatlardir. Mahsulotlaming bir nechta turlari bo ‘lganda ustama
xarajatlar avvalo 210-«Taqsimlanadigan xarajatlar» subschyotida hisobga
olinadi va har oyda yoki yilning oxirida mahsulotlaming turlari bo'yicha
xarajatlar subschyotlariga o ‘tkaziladi. Ustama xarajatlar, muayyan
sharoitlarga qarab, ishlab chiqaruvchi ishchilaming mehnat haqiga yoki
sarflangan materiallar, yoki bevosita xarajatlar jam iga mutanosib ravishda
taqsimlanadi. Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilish dalolatnomasiga
yoki qabul qilish yukxatiga asosan kirim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |