Budjet hisobi


Budjet tashkilotlarining yillik hisoboti



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Budjet tashkilotlarining yillik hisoboti
Budjet tashkilotlari quyidagi hajmda yillik buxgalteriya hisobotlarini 
tuzadi:
1) «Xarajatlar smetasi ijrosining balansi, budjctdan moliyalashtirish 
schyoti bo'yicha summalaming harakati to ‘g ‘risidagi m a’lumotnoma 
bilan birga»-l-shakl;
2) «Budjet bo‘yicha xarajatlar smetasi ijrosining to‘g ‘risidagi 
hisobot»-2-shakl;
3) «Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi 
to‘g ‘risidagi hisobot» -2-RJ-shakl;
4) «Tibbiyot muassasasini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish 
fondi bo‘yicha daromad va xarajat turlari ijrosi to‘g ‘risida hiso­
bot» -2-TMMRRJ-shakl (faqat tibbiyot muassasalari);
5) «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqaning 
to‘lanishi to‘g ‘risida hisobot»-3-V M Q N-shakl;
6) «Tarmoqlar, shtatlar va kontingentlar bo'yicha rejaning bajarilishi 
to‘g ‘risidagi hisobot»-3-shakl;
7) «Asosiy vositalaming harakati to‘g ‘risidagi hisobot»-5-shakl;
8) «Moddiy qiymatliklaming harakati to‘g ‘risidagi hisobot»-6- sonli 
shakl;
9) «Budjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hamda moddiy boyliklarni 
kamomadi va o ‘g ‘irlanishi to‘g ‘risidagi hisobot»-15-shakl.
Nizomi bo‘lmagan yordamchi xo ‘jaliklari bo ‘lgan va yordamchi 
xo‘jaliklarning xarajatlari hamda mahsulotlari va buyumlarini sotish 
hisobini 080-«Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining xarajatlari» 
subschyoti, 081-«Yordamchi (o‘quv) qishloq x o ‘jaliklarining xarajatlari» 
subschyoti, 280-«Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlarini 
sotish» subschyoti va 281-«Yordamchi (o‘quv) qishloq xo‘jaliklarining 
mahsulotlarini sotish» subschyotida yuritadigan budjet tashkilotlari 
moliya-xo'jalik faoliyati bo ‘yicha yillik hisobot tarkibida «Foyda va 
zararlar» -11-shaklni taqdim etadi.
Bolalar bog‘chalari va yaslilari «Bolalar bog‘cha (yasli)sini saqlash 
bo‘yicha hisobot»-3-DS- sonli shakl bo ‘yicha yillik hisobot tuzadi.


Yillik hisobotga tushuntirish xati ilova qilinishi kerak. Unda 
budjet b o ‘yicha va maxsus m ablag'lar xarajatlar smetalarining 
ijrosiga, shtatlar va kontingentlar b o ‘yicha rejaning bajarilishiga 
t a ’sir qilgan asosiy omillar, o'tkazilgan inventarizatsiyalarning 
natijalari haqidagi va hisobot yilida tashkilotning moliyaviy holati 
o ‘zgarishlari to ‘g ‘risidagi m a ’lumotlar, shuningdek, keyingi yilning 
yanvarida to ‘lanadigan dekabr oyining ikkinchi yarmiga hisoblangan 
ish haqi summalari keltiriladi.
Budjet tashkilotlari yillik hisobotlarni budjet mablag‘larini yuqori 
tasarruf qiluvchilarga ular belgilagan muddatlarda taqdim etadi. Bu 
muddatlar budjet mablag'larini yuqori tasarruf qiluvehilar tomonidan 
y ig ‘ma yillik hisobotlarni o ‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlay olishini 
hisobga oigan holda belgilangan bo ‘lishi kerak.
«Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi» -1-OH-shakl, «Budjet 
b o ‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g ‘risidagi hisobot»-2-shakl 
va «Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi 
to‘g ‘risidagi hisobot»-2-RJ-shakllar bo‘yieha hisobot har bir paragraf 
bo'yicha alohida-alohida va tashkilot bo ‘yicha umumiy yig'm a 
hisobot ham taqdim etiladi. Bunda budjet tashkilotini rivojlantirish 
fondi daromadlari b o ‘yicha m a’lumotlar tashkilot bo‘yicha faqat 
«Rivojlantirish fondi m ablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi 
to‘g ‘risidagi hisobot»-2-RJ-shakldagi yig‘ma hisobotda qayd qilinadi, 
xolos. Budjet tashkilotining rivojlantirish fondi bo'yicha xarajatlar 
«Rivojlantirish fondi mablag'larining tushumi va xarajat qilinishi 
to‘g ‘risidagi hisobot»-2-R J-shaklda har bir paragraf bo‘yicha alohida- 
alohida va tashkilot b o ‘yicha jami umumlashtirib qayd qilinadi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish