Budjet hisobi


Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik 
b o ‘yicha nafaqa berish xususiyatlari
Ishlayotgan 
nogironlarga 
vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
b o ‘yicha nafaqa, mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan 
tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan 
muddatga beriladi. Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlariga 
va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, 
Chemobil AESdagi falokatyoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo ‘yicha 
ishlami bajarish bilan b o g iiq sabablarga muvofiq nogiron b o ig a n
shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (mehnatda 
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‘rt
236


oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlayotgan 
nogironning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi mehnatda mayiblanish 
yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to 'la sog‘aygunga yoki 
mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan nogironlik guruhi qayta 
ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lanadi. Sil kasalligi oqibatida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa shaxs to'la sog'aygunga 
qadar, lekin k o ‘pi bilan o‘n oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan 
qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda 
nafaqa ko‘pi bilan olti oyga beriladi.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa 
to ‘lanm aydigan hollar
Vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
bo'yicha: 
mehnat 
haqi 
saqlanmagan ta’til; bolani parvarishlash b o ‘yicha ta’til; ish vaqtincha 
to‘xtatilgan; xodim ish (lavozim)dan chetlashtirilib, mehnat haqi to ‘lash 
to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan; harbiy o ‘quv yoki tekshiruv 
yig‘im; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o ‘quv yurtlarida tahsil 
olish munosabati bilan berilgan qo'shim cha ta ’til davrlariga to ‘g ‘ri 
kelganda, nafaqa to'lanmaydi. Ushbu davrlarda boshlanib, davom 
etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa xodim ishga chiqishi 
(lavozimga tiklanishi) lozim b o ‘lgan kundan boshlab beriladi.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik bo ‘yicha 
nafaqani to ‘lash foizlari
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa: ishlayotgan 
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; baynalminal jangehilarga va 
ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; qaram og‘ida o ‘n olti yoshga 
(o'quvchilar o ‘n sakkiz yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari 
bo'lgan xodimlarga; Chemobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan xodimlarga; Chemobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv 
ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va k o ‘chirilgan qon hosil 
qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va xavfli o ‘smalar bilan 
bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; mehnatda mayiblanish
237


va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz b o ‘lgan 
xodimlarga, ulaming ish stajining davomiyligidan qat’iy nazar, m eh n a t 
h aq in in g yuz foizi miqdorida hisoblanadi va to ‘lanadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar bo'yicha hisobda turgan 
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug'urta badali to ‘lagan 
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda: 
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa m eh n a t haqining yuz foizi 
miqdorida; umumiy ish staji besh yildan sakkiz yilgacha bo ‘lgan 
xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa m eh n a t 
h aq in in g sakson foizi miqdorida; umumiy ish staji besh yilgacha 
b o ‘lgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa 
m e h n a t haqining oltm ish foizi miqdorida hisoblanadi va to ‘lanadi.
Yuqorida keltirilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga: 
umumiy ish staji sakkiz yil va undan ortiq bo ‘lgan xodimlarga hamda 
yigirma bir yoshga yetmagan chin yetimlarga vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik b o ‘yicha nafaqa m eh nat h aqining sakson foizi 
miqdorida; umumiy ish staji sakkiz yilgacha bo‘lgan xodimlarga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa m ehnat haqining 
oltm ish foizi miqdorida hisoblanadi va to‘lanadi.
H om iladorlik va tu q q an id a n keyingi dav rlarg a 
to ‘lanadigan nafaqa
Homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili sifatida ayollarga 
tuqqaniga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti 
kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola 
tug'ilgan h ollarda-yetm ish kalendar kun) ta’til beriladi. Homiladorlik 
va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqiladi, 
tu g ‘ishga qadar haqiqatda bu ta ’tilning necha kunidan foydalanilganidan 
q at’iy nazar, ayolga to ‘liq beriladi. Bu ta ’til davri uchun ijtimoiy 
su g ‘urta hisobidan nafaqa to‘lanadi. Homiladorlik va tuqqanidan keyingi 
davrlar bo'yicha nafaqani tayinlash va to'lash uchun belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos hisoblanadi.


V aq tin cha m eh n atga qobiliyatsizlik, h o m ilad o rlik va tu q q a n id a n
keyingi d a v rla rg a n a fa q a hisoblash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuqqanidan 
keyingi davrlarga nafaqa summalari barcha hollarda xodimning haqiqiy 
mehnat haqidan hisoblab chiqiladi. Nafaqalami hisoblashda asos qilib 
olinadigan haqiqiy mehnat haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib 
to‘lanadigan jami mehnat haqi toMovlari kiradi. Nafaqalami hisoblab 
chiqishda hisobga olinadigan mehnat haqining barcha turlari, shu jumladan 
mazkur oyda mehnat haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar 
ulaming haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab 
yozilgan vaqt bo‘yicha mehnat haqiga qo‘shiladi. Vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili 
boshlangan oydan oldingi o‘n ikki oy davrida olgan va sug'urta badallari 
hisoblangan barcha boshqa xodimlar o'm iga ulaming vazifalarini bajargani 
uchun hisoblangan mehnat haqlari va mukofotlaming o ‘n ikkidan bir qismi, 
nafaqa hisoblab chiqiladigan oylik mehnat haqiga qo‘shilib, o ‘rtacha oylik 
mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam
bo'lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan 
ko‘p boMmagan qismi hisobga olinadi. Avvalgi yoki joriy kalendar 
yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki 
homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar ta’tili boshlangunga qadar 
ish davrida boshqa xodimlar o ‘miga ulaming vazifalarini bajargani uchun 
hisoblangan mehnat haqlari va hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, 
lekin u dastlabki o ‘n ikki oyidan ko‘p bo'lmaydi va ulaming yig‘indisi 
ana shu oylaming soniga bo'linadi.
Xodim asosiy ish joyidan tashqari o ‘sha yoki boshqa budjet tashkilotida 
yoki xo‘jalik yurituvchi subyektda o ‘rindoshlik asosida ishlasa, nafaqa 
barcha ish joyidagi umumiy mehnat haqidan hisoblab chiqiladi.
Bola tu g ‘ilganda beriladigan n a fa q a n i berish ta rtib i
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki
239


baravari miqdorida beriladi. Mehnat haqiga koeffitsient qo'llaniladigan 
hududlarda nafaqa ushbu koeffitsientlami hisobga oigan holda belgilanadi. 
Ishlayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa 
tegishli ish joyidan hisoblanadi va to‘lanadi. Bolaning onasi ishlamagan 
hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan otasi yoki ota-ona o ‘mini bosuvchi 
shaxslarga hisoblanadi va to ‘lanadi.
Ishlamaydigan va o ‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganida 
beriladigan nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi 
va to ‘lanadi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish