“Budjet hisobi” kafedrasi


  Budjetdan mablag’ oluvchilarning  xarajatlarini  amalga oshirish



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

4.

 

Budjetdan mablag’ oluvchilarning  xarajatlarini  amalga oshirish  

ruxsatnomalari

 

 

G’aznachilik  organlari  tomonidan  bajariladigan  vazifalarning  murakkabligi 

va  ko’p  qirraligi  shundaki,  g’aznachilik  faoliyatini  joriy  qilishda  zamonaviy 

avtomatlashtirilgan  axborot  texnologiyalaridan  foydalanadi.  Bu  esa  budjet  ijrosi 

jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi.  Balki, bu jarayonlarda turli darajadagi 

moliya organlari, budjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari, 

budjetdan  tashqari  fondlar,  bank,  bojxona,  soliq  organlarining  o’zaro  aloqasi 

o’rnatiladi.    

G’aznachilikning  axborot  tizimi    har  bir    budjet  tashkiloti  bo’yicha  uning 

xarajatlari  va  tushumlari    to’g’risida    doim    tezkor    ma’lumot  olishga  imkon 

beradi.  G’aznachilik  budjetning  ijrosi  jarayonini  yaxshilaydi,  yuqori  boshqaruv 

organlarini budjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.       

G’aznachilikda  budjet  tashkilotlari  kelgusida  to’lov  xabarnomalarini 

banklarga  to’g’ridan-to’g’ri  berish  o’rniga    g’azna  bo’limlariga  nazorat    uchun 

jo’natiladi,  g’azna  nazorati  faqat    muvofiqlashtiruvchi  nazorat  bo’ladi,  g’azna 

mazkur  to’lovni  amalga  oshirish uchun haqiqatda  to’lov  xabarnomasi to’g’ri 

asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi.  Budjet tasnifi bo’yicha  

kassa  hisoboti  g’azna  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Banklar  solishtirish  uchun 

operatsiyalar  bo’yicha    har  kuni  hisobot    berib  boradi.    Shartnomaviy  

majburiyatlar  va solishtirish natijalarini g’azna jurnallarida ro’yxatdan o’tkazilib 

boriladi.  

Budjetdan  mablag’  oluvchilarga  ular  uchun  G’aznachilikda  yoki  uning 

hududiy  bo’linmalarida  ochilgan  shaxsiy  hisob  raqamlaridan  ko’chirmalar, 

ularning 

xarajatlarini 

qoplashga 

budjet 


mablag’lari 

o’tkazilganligini 

tasdiqlaydigan  to’lov  hujjatlari  va  boshqa  hujjatlarni  taqdim  etadi  va  manbalar 

bo’yicha  tegishli  budjetlar  daromadlari  tushumi  hisobini  yuritadi.  Moliya 

organlarining  topshirig’i  bo’yicha  yuqori  budjetlarda  nazarda  tutilgan  rejali 

dotatsiyalar,  subventsiyalar,  budjet  ssudalari  summasini  va  boshqa  to’lovlarni 

quyi  budjetlarning  g’aznachilik  hisob  raqamlariga  o’tkazadi.  Budjet  tashkilotlari 

va  buyurtmachilarning  shartnomalari  xarajatlar  smetasida  ko’rsatilgan  summalar 

doirasida  va  maqsadga  muvofiq  tuzilishi  ustidan  qattiq  nazorat  qilish  asosida 

shartnomalarni  ro’yxatdan  o’tkazadi.    Budjet  tashkilotlarini,  mudofaa  va 

xavfsizlik 

tuzilmalarini 

moliyalashtirishga 

yo’naltiriladigan 

budjet 

mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, 

bunda  ular  tomonidan  tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini, 

ularning  maqsadga  muvofiqligi  va  narx-navo  echimi  qoidalariga  ko’ra, 

vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi. 

Schyot-fakturalar  va  tovarlar  etkazib  berilishi  (ishlar  bajarilishi,  xizmatlar 

ko’rsatilishi)  holatini  tasdiqlaydigan  yoki  budjetdan  mablag’  oluvchilarga  soliqlar, 

yig’imlar  hamda  budjetga  va  budjetdan  tashqari  davlat  maqsadli  jamg’armalariga 

majburiy  to’lovlar  uchun  budjet  mablag’larini  o’tkazish  majburiyatini  yuklaydigan 

boshqa  hujjatlar  asosida  budjet  mablag’i  oluvchilarning  moliyaviy  majburiyatlari 

hisobini yuritadi.  



91 

 

Xorijiy  mamlakatlar  tajribalari  shuni  ko’rsatadiki,  “Rossiya  Federatsiyasida 



ayrim  holatlarda  (davlat  boshqaruv  organlari  va  mas’ul  shaxslarning  noqonuniy  

qarorlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilganligi uchun budjetdan 

kompensatsiya berish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa) budjet hisobraqamlaridan 

G’aznachilik  Departamenti  ruxsatnomalarisiz  xarajatlar  uchun    mablag’larni 

o’tkazishga ruxsat beriladi»

1

.   



G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish budjet mablag’lari oluvchilarning 

yuridik  majburiyatlari  asosida  moliyaviy  majburiyatlarni  bajarilishi  deb 

tushuniladi. 

Hozirgi  kunda  respublikamiz  barcha  hududlarida  Hududiy  g’azna  hisob 

raqami  ochilgan  bo’lib,  g’aznachilik  tizimining  joriy  etilishi  bilan  mahalliy 

budjetlarda bo’ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan mablag’larning 

o’z  vaqtida  va  manzilli  moliyalashtirish  ta’minlanmoqda,  amalga  oshirilgan 

xarajatlar  va  daromadlar  to’g’risida  tezkor  axborot  olinmoqda.  G’aznachilik 

organlari  budjet  tashkilotlari  va  oluvchilar  uchun  muhim  rol  o’ynaydi.  Budjetdan 

mablag’ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g’aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraq 

ochadilar, bu hisoblarda davlat budjeti tomonidan ajratilgan mablag’ saqlanadi.  

Davlat  budjetning  barcha  xarajatlari  har  bir  budjet  oluvchi  uchun  o’zining 

qat’iy  yo’nalishiga  ega.  Bu  yo’nalish  budjet  tasnifi  kodlariga  ega:  bob,  bo’lim, 

bo’linma,  maqsadli bo’linma,  xarajat  turi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda, har bir 

budjet  oluvchiga  bir  necha  shaxsiy  hisob  raqami  ochiladi.  Har  bir  hisob  raqam 

bo’yicha  iqtisodiy  tasnifga  asosan  bir  necha  yo’nalish  beriladi.  G’aznachilikda 

budjetdan  mablag’  oluvchilarning  budjet  mablag’laridan  qonunga  muvofiq 

maqsadli  foydalanishi  ustidan  yakuniy  nazoratni  Moliya  vazirligining  Nazorat-

taftish  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  amalga  oshiradi. 

Budjetdan  mablag’  oluvchilarning  raxbari  va  bosh  buxgalteri  qonunga  muvofiq 

to’g’ri  rasmiylashtirganlik,  etkazib  beruvchilar  bilan  shartnomalar  asosliligi, 

tovarlar  etkazib  berilishini  va  etkazib  beruvchilardan  qarz  mavjudligini 

tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.  

Amaldagi  qonunchilikka  ko’ra,  g’aznachilik  bo’linmalari  zimmasiga 

yuklatilgan  eng  asosiy  vazifalar  qatoriga  budjetdan  mablag’  oluvchilar 

shartnomalari  xarajatlar  smetasida  ko’rsatilgan  summalar  va  maqsadlarga  qat’iy 

muvofiq  ravishda  tuzilishi  ustidan  qattiq  nazorat  o’rnatish  asosida  mazkur 

shartnomalarni  majburiy  ro’yxatdan  o’tkazish,  xarajatlar  smetasi  va  ro’yxatga 

olingan  shartnomalarda  nazarda  tutilgan  qat’iy  summalar  doirasida  tovarlar 

etkazib  beruvchi  (ish  bajaruvchi,  xizmat  ko’rsatuvchi)larning  bevosita  hisob 

raqamlariga  budjetdan  mablag’  oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i 

bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi 

ustidan  ta’sirchan  nazoratni  ta’minlash  kiradi.  Biroq  budjetdan  mablag’ 

                                                           

1

 

Zolotareva  A.  Sovershenstvovanie  protsedur  razrabotki,  utverjdeniya,  ispolneniya  i  kontrolya  za 



ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta. Monografiya. Moskva. 2008.   – S31.

 

 



92 

 

oluvchining  xarajatlar  smetasida  belgilangan  mablag’  doirasida  shartnoma 



imzolanmaydigan  va  imzolanadigan  yo’nalishlarda  yuridik  majburiyatlar  qabul 

qilingan  yoki  ushbu  yuridik  majburiyatlarning  ikkinchi  ko’rinishi  yuzasidan 

tovarlar  etkazib  beruvchi  (ish  bajaruvchi,  xizmat  ko’rsatuvchi)lar  taqdim  qilgan 

turli  hisob-kitob  hujjatlari  asosida  moliyaviy  majburiyatlar  qabul  qilingan 

sharoitlarda  to’lovlarni  amalga  oshirish  uchun  mablag’  tanqisligi  muammosini 

ko’pincha ushbu paytda  tegishli mahalliy  budjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari 

oqibatida etarli mablag’ bo’lmasligi omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko’p 

kuzatilishi  barchamizga  ma’lum.  Shu  sababli  budjetdan  mablag’  oluvchining 

xarajatlar  smetasida  belgilangan  mablag’  doirasida  shartnoma  imzolanmaydigan 

yoki  imzolanadigan  muayyan  xarajat  turining  ma’lum  bir  davr  (yil  yoki  oy) 

uchun  summasidan  shu  davr  bo’yicha  sarflanishi  mumkin  bo’lgan  qismini 

xarajatlar  smetasidan  emas,  balki  mahalliy  budjet  bo’yicha  kutilayotgan 

daromadlar  prognozi  asosidagi  kassali  rejalashtirishdan  (soddaroq  aytganda, 

mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan belgilab qo’yish tartibi iqtisodiyotda 

majburiyatlarning  bajarilmay  qolishi,  xo’jalik  aloqalari  va  to’lov  intizomi 

buzilishi, nizolar  va  ular  asosida  ortiqcha  moliyaviy  sanktsiyalar  yuzaga  kelishi, 

shuningdek,  debitorlik  qarzlarini  undira  olmagan  tomonning  soliqlarni  o’z 

vaqtida  to’lay  olmaslik  va  boshqa  masalalarda  qiyinchiliklarga  duchor  bo’lishi 

kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.             

Davlat  budjetining  daromadlar  va  xarajatlar  pul  oqimini  rejalashtirishning 

asosiy  maqsadi  Davlat  budjeti  pul  mablag’larini  boshqarish  uchun  asoslangan 

hisob-kitoblar  ko’rinishida  poydevor  bo’lib  xizmat  qilish  bo’lsa,  o’z  navbatida 

Davlat  budjeti  pul  mablag’larini  boshqarishning  maqsadlari  quyidagilardan 

iborat: 


–  budjetlarning  daromadlar  va  xarajatlari  o’rtasidagi  vaqtinchalik  kassa 

uzilishlarini operativ bartaraf etish; 

–  budjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlar  to’lovini  o’z  vaqtida  amalga 

oshirish; 

– hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari (


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish