“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

moliya  yiliga  qo’shimcha  vaqt  davri  bo’lib

bu  davr  mobaynida  o’tgan  yil  uchun  budjet  tizimi  budjetlarining  ijrosi  amalga 



oshiriladi. Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi 

ijrosi  bo’yicha  operatsiyalarni  o’tkazish  tartibini  va  oxirgi  muddatlarini 

belgilaydi. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  moliya  organlari,  g’aznachilik  bo’linmalari, 

shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilari tomonidan joriy 

moliya  yili  uchun  Davlat  budjeti  va  DMJ  budjetlarini  ijro  etish  bo’yicha 

operatsiyalar, shu jumladan: 

- budjetlararo munosabatlarni tartibga solish; 

-  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari  oluvchilarning  kreditorlik 

qarzlarini to’lash; 

 -  budjet tashkilotlari  tomonidan iqtisod qilingan  mablag’lar  summalarini 

Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining 

moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish; 

-  Davlat  budjeti  va  DMJ  budjetlari  mablag’lari  hisobidan  boshqa  ruxsat 

etilgan to’lovlar amalga oshiriladi. 

Bunda  moliya  yili  uchun  qo’shimcha  vaqt  davri  budjet  tashkilotlarning 

budjetdan tashqari jamg’armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablag’larni 

Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining 

moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armalariga)  o’tkazish  bundan 

mustasno. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  kreditor  qarzdorliklar  o’tgan  yilgi  xarajatlar 

smetasining  qaysi  xarajatlar  moddasi  bo’yicha  yuzaga  kelgan  bo’lsa,  shu 

xarajatlar moddasi bo’yicha to’lanadi. 

Kreditor  qarzdorliklarni  to’lab  berish  uchun  buyurtmachilar  tomonidan 

g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

- buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchi (pudratchi) 

o’rtasida o’tgan yil yakuni bo’yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi; 

-  Moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatdan  o’tkazishga  (hisobga  olishga) 

buyurtma  va  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ni  etkazib  berilganligini  tasdiqlovchi 

hisobvaraq-fakturalar nusxalari; 

-  to’lov  topshiriqnomalari  (bunda  to’lov  maqsadida  qo’shimcha  ravishda 

«o’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to’lash» ko’rsatiladi); 




89 

 

-  o’tgan  yilning  dekabr  oyi  uchun  o’tuvchi  kreditor  qarzdorlikni  to’lash 



joriy  moliya  yilining  xarajatlar  smetasida  (vaqtinchalik  xarajatlar  smetasini 

hisobga  olgan  holda)  nazarda  tutilgan  budjetdan  ajratiladigan  mablag’lar 

hisobidan amalga oshiriladi. 

-  Qo’shimcha  vaqt  davrida  kreditor  qarzdorlikni  qoplash  yoki 

mablag’larni  Budjet  tashkilotlarining  rivojlantirish  jamg’armalariga  va  Tibbiyot 

tashkilotlarining  moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armalariga 

o’tkazish  bo’yicha  to’lov  topshiriqnomalari  va  g’anachilik  memorial  orderlarini 

to’ldirishda to’lov topshiriqnomalari va g’anachilik memorial orderlarining to’lov 

maqsadida  mos  ravishda  «20__  yil  uchun  kreditor  qarzdorlikni  qoplash»  yoki 

«20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag’larni Budjet tashkilotining rivojlantirish 

jamg’armalariga  (Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy  rag’batlantirish  va 

rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish» yozuvi yoziladi. 

Iqtisod  qilingan  mablag’larni  Budjet  tashkilotlarining  rivojlantirish 

jamg’armasi  va  Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy  rag’batlantirish  va 

rivojlantirish  jamg’armasiga  o’tkazish  budjet  tashkilotlari  tomonidan  quyidagi 

tartibda amalga oshiriladi: 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetidan  va  mahalliy  budjetlardan 

moliyalashtiriladigan  budjet  tashkilotlari  bo’yicha  —  tegishli  hududiy  moliya 

organlarining xulosalari asosida; 

O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan 

budjet  tashkilotlari  bo’yicha  —  ushbu  budjet  tashkilotlari  tomonidan  mustaqil 

ravishda  ularning  rahbarlari  va  bosh  buxgalterlari  imzolagan  yozma  shakldagi 

murojaatlari asosida. 

      O’tgan 

yilgi  kreditor  qarzdorlikni  qoplash,  shuningdek 

Budjet 


tashkilotlarining  rivojlantirish  jamg’armasi  va  Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy 

rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armasiga  iqtisod  qilingan  mablag’larni 

o’tkazish bo’yicha to’lov topshiriqnomalar yoki g’aznachilik memorial orderlari 

g’aznachilik bo’linmalariga moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri tugashidan besh 

ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim. Kreditor qarzdorlikni to’lash hamda shaxsiy 

g’azna  hisobvaraqlarida  qolgan  iqtisod  qilingan  mablag’larni  o’tkazish  uchun 

to’lov  topshirqnomalar  va  g’aznachilik  memorial  orderlari  moliya  yiliga 

qo’shimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda 

budjetdan  ajratilgan  mablag’lar  belgilangan  maqsadni  yo’qotadi  va  tegishli 

budjetlarning qoldiqlari bo’lib hisoblanadi. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  O’zbekiston  Respublikasi  respublika  budjeti, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  budjeti,  viloyatlarning  viloyat 

budjetlari  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  tegishli  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlariga tegishliligi bo’yicha o’tgan yil mobaynida ishlatilmagan:  

-  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent 

shahri shahar budjetining zaxira jamg’armalaridan ajratilgan; 

-  o’tgan  yil  uchun  davlat  tashqi  qarzini  to’lash  uchun  ajratilgan 

mablag’larning tiklanishi amalga oshiriladi. 



90 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish