“Budjet hisobi” kafedrasi


  Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

2.  Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi 

 “Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”ga  ko’ra    respublika  va 

hududiy  g’azna  hisobvaraqlarini  qo’llash  sharoitida  respublika  byudjeti, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlarning  g’azna 

ijrosini  amalga oshirish tartiblari belgilab berildi.  Unga ko’ra, davlat byudjetiga 

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy 

to’lovlar  banklar  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  qabul  qilinadi  va  23402  (005) 

“Respublika  byudjetining  mablag’lari”  hisobvarag’iga  kirim  qilinadi  hamda 




183 

 

belgilangan  me’yorlarga  muvofiq,  banklarda  ochilgan  tegishli  byudjetlarning 



g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlari  to’lovi  moliya  yili  uchun 

ajratilgan  byudjet  mablag’lari  doirasida  tasdiqlangan  (aniqlangan)  xarajatlar 

smetalari,  shuningdek  2007-son  Qoidalarga  muvofiq  ro’yxatga  olingan, 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzgan 

shartnomalari asosida: 

respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  — 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  yoki  uning  hududiy 

bo’linmalari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  yoki  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  —  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga 

oshiriladi. 

Respublika 

g’azna 

hisobvarag’i

Respublika 



byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  barcha  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  g’azna  ijrosi  bilan 

to’liq  qamrab  olingunga  qadar,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

G’aznachiligiga  Markaziy  bankning  Toshkent  shahar  Bosh  boshqarmasi  Hisob-

kitob  kassa  markazida  (HKKM)  23402  (006)  balans  raqami  bilan  Respublika 

g’azna hisobvarag’i (RG’H) ochiladi. 

RG’H  ga  respublika  byudjetining  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olingan 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  kassa  xarajatlarini  amalga  oshirish  uchun 

mablag’lar  HKKM  da  23402  (005)  hisobvarag’i  bilan  ochilgan  respublika 

byudjetining asosiy hisobvarag’idan tushadi. 

RG’H  dagi  mablag’lar  taqsimlovchisi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi G’aznachiligi hisoblanadi. 

Respublika byudjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan 

byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchisi  hisoblangan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar, 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 


vazirligining 

tarmoq 


boshqarmalariga  byudjetning  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olingan  har  bir 

byudjetdan  mablag’  oluvchi  bo’yicha  sertifikat  summasining  yoyilmasini  ilova 

qilgan holda, shuningdek byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olinmagan, quyi 

turuvchi  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  mablag’larni  o’tkazish  uchun  byudjet 

mablag’lari  bosh  taqsimlovchilarining  byudjet  depozit  hisobvaraqlariga 

o’tkazilishi lozim bo’lgan qismi bo’yicha mablag’larni RG’H ga o’tkazish uchun 

rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar. 

Tarmoq  boshqarmalari  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  taqdim 

qilingan  tayinlash  sertifikatlarini  o’rnatilgan  tartibda  tekshirganlaridan  so’ng, 



184 

 

ularni ijro uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti 



Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.  

DBBB  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tayinlash  sertifikatlari  asosida 

respublika byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga mablag’ o’tkazish uchun 

to’lov  topshiriqnomalarini  o’rnatilgan  tartibda  rasmiylashtiradi  va  ularni 

HKKMga ijro uchun taqdim qiladi. 

23402 (005) hisobvarag’idan respublika g’azna hisobvarag’iga  mablag’lar 

o’tganligini  tasdiqlovchi  HKKMdan  shaxsiy  hisobvaraqdan  ko’chirmalar 

olinganidan  so’ng,  DBBB  ijro  etilgan  tayinlash  sertifikatlarining  birinchi 

nusxalarini  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligiga  taqdim 

etadi. 


Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  (moliyalashtirish  saqlangan  sharoitda  - 

RG’Hda  moliyalashtirilgan  mablag’lar  mavjud  bo’lganda)  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligiga  RG’Hdan  mablag’larni  mahsulot 

etkazib  beruvchilarning  bevosita  bank  hisobvaraqlariga  yoki  qonunchilikda 

nazarda tutilgan maqsadlarga o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarni qoidaga 

ko’ra, mablag’larni o’tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi. 

Respublika  byudjeti  qaramog’ida  bo’lgan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  (ota-onalarning  maktabgacha 

ta’lim  muassasalarida  bolalarni  saqlash  uchun  to’lovlari,  ota-onalarning  musiqa 

va  san’at  maktablarida  bolalarni  o’qitish  uchun  to’lovlari,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  ishchilaridan  ovqatlanish  uchun  tushgan  tushumlar,  shuningdek 

ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy 

nafaqa  to’lash  uchun  tushgan  mablag’lar)  o’rnatilgan  tartibda  RG’Hga  kirim 

qilinadi. 

 Joriy  yilda  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  joriy  moliya  yili  uchun 

kelib  tushgan  debitorlik  qarzlari  summasi  kassa  xarajatlarini  tiklash  orqali 

RG’Hga  kirim  qilinadi  (byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  shartnomalar 

tuzmasdan  amalga  oshiriladigan  to’lovlari  bo’yicha  yuridik  va  moliyaviy 

majburiyatlar). 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  o’tgan  yilgi  debitorlik  qarzlarining 

joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, 

asosiy  vositalarni  sotishdan  va  inventarizatsiya  (tekshirish)  natijalari  bo’yicha 

kelib  tushgan summalar  RG’Hga kirim  qilinadi va keyinchalik ushbu summalar 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  joylashgan  hududning  shartli  hisobvaraq  raqami 

(ShHR)  bilan  ochilgan,  23402  (005)  “Respublika  byudjeti  mablag’lari” 

daromadlar  tranzit  hisobvaraqlari  orqali  respublika  byudjetining  daromadlariga 

o’tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.  

RG’H  shaxsiy  hisobvaraqlaridan  ko’chirmalar  RG’Hda  operatsiyalar 

amalga  oshirilganligini  tasdiqlovchi,  birlamchi  to’lov  hujjatlarining  asl  va 



185 

 

ko’chirma  nusxalari  ilovalari  bilan,  shuningdek  naqd  pul  mablag’larini  berish 



uchun  23212  “Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  mablag’lari”  va  23214 

“G’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari  mablag’lari”  hisobvaraqlaridan 

ko’chirmalar  ularga  ilovalar  bilan,  tegishli  ravishda,  HKKM  va  tegishli  xizmat 

ko’rsatuvchi  banklar  tomonidan  RG’Hda  va  23212  “Moliya  vazirligi 

G’aznachiligi  mablag’lari”  va  23214  “G’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari 

mablag’lari” hisobvaraqlarida mablag’lar harakatining keyingi ish kunida doimiy 

ravishda g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi. 

Respublika byudjeti qaramog’ida bo’lgan byudjetdan mablag’ oluvchilarni 

g’azna  ijrosi  bilan  to’liq  qamrab  olingandan  so’ng,  ularning  xarajatlarini 

respublika  byudjetining  asosiy  hisobvarag’idan  RG’Hga  moliyalashtirish 

to’xtatiladi va asosiy respublika byudjeti hisobvarag’i RG’H bilan birlashtiriladi. 

Respublika byudjetining asosiy hisobvarag’i RG’H bilan birlashtirilgandan 

so’ng,  respublika  byudjeti  daromadlari  23402  (005)  “Respublika  byudjetining 

mablag’lari”  hududiy  daromad  tranzit  hisobvaraqlaridan  mablag’lar  to’g’ridan-

to’g’ri RG’Hga kirim qilinadi. 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish