“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

4.

 

Davlat  byudjetining  daromadlari  va  xarajatlari  G’aznachilikning 

Yagona  g’azna  hisobvarag’idan  amalga  oshirilishiga  asoslangan 

tartiblarning yo’lga qo’yilishi. 

 

          Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  davlat    sektorining    ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotni    ta’minlashdagi    roli    katta    ahamiyatga    ega.    Uning    samarali 

faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  davlat  byudjeti  daromadlarini        etarli  va 

uzluksizligi  ta’minlash  zarur  hisoblanadi.  Ayniqsa,  respublikamiz  bir  necha 

yillardan  buyon  davlat  moliyasini  isloh  etishda  davlat  byudjet  daromadlarini 

g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi.  

      Shu  munosabat  bilan    O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

2016  yil  5  martdagi  (ro’yxat  raqami  №02-02/1-860,  2016  yil  14  mart)  1-sonli 

bayonnomasiga muvofiq 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi 

byudjetlari  daromadlarini  yig’ishning  amaldagi  tartibni  saqlab  qolgan  holda  

O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi 

mexanizmi  bilan  qamrab  olishning  sinov  (test)  jarayonini  amalga  oshirish, 

shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq 

qo’mitasi,  Davlat  bojxona  qo’mitasi    va  daromadlarni  yig’ishga  vakolatli 

bo’lgan  tegishli  organlar  va  tashkilotlar  axborot  tizimlari  o’rtasida  ma’lumot 

almashinuvini  yo’lga  qo’yish,  shuningdek,  2016  yilning  1  iyulidan  boshlab 

O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi 

mexanizmi bilan to’liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. 

       Bunda: 

-    2016  yilning  1  aprelidan  1  iyuniga  qadar  respublikaning  barcha  hududlarida 

byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarini  yig’ishning  amaldagi  tartibi  saqlab 

qolingan  holda  daromadlarni  g’azna  ijrosi  mexanizmi    bilan  qamrab  olishning 

sinov (test) jarayonini amalga oshirish

-  2016 yilning 1 iyunidan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna  ijrosi 

mexanizmi bilan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida to’liq qamrab olish; 




-  2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna  ijrosi 

mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. 

      O’zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarini 

byudjetning g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olinishini tashkil etish 

maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomondan  Davlat  soliq 

ko’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan 

tegishli  organlar  va  tashkilotlar  bilan  birgalikda  byudjet  tizimi  byudjetlariga 

daromadlarni  yig’ishda  tranzit  vazifasini  bajarib  kelayotgan  23402...,  23403..., 

23411...,  23407...,  20205...,  20207...  bank  hisobraqamlari  ma’lumotnomasi 

(ro’yxati)  asosida  har  bir  daromad  turiga  (tranzit  vazifasini  bajarib  kelayotgan 

23402...,  23403...,  23411...,  23407...,  20205...,  20207...  bankhisobraqamlariga 

mutanosib ravishda) daromadlar bo’yicha shaxsiy g’aznahisobvaraqlari  ochildi 

va  daromadlar  bo’yicha  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlari  ma’lumotnomasi 

shakllantirildi.    Ma’lumotnoma  (spravochnik),  ya’ni  daromadlar  bo’yicha 

shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlari  ro’yxati    Moliya  vazirligi  tomonidan  Markaziy 

bank,  Davlat  soliq  va  bojxona  qo’mitalari,  shuningdek  daromadlarni  yig’ishga 

vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdim etildi. 

       O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016  yil  5  martdagi 

(ro’yxat  raqami  №02-02/1-860,  2016  yil  14  mart)  1-sonli  bayonnomasida 

berilgan  topshiriqlarning  ijrosini  o’z  vaqtida  ta’minlash  maqsadida  Moliya 

vazirligi,  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi,  Davlat  soliq  qo’mitasi  ma’sul 

xodimlari,  hududiy  moliya,  g’aznachilik  va  davlat  soliq  boshqarma  boshliqlari 

va ularning tuman va shahar bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.  

     Hududlarda  (Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyat,  tuman  va  shaharlarda) 

2016  yilning  1  aprelidan  1  iyuliga  qadar  respublikaning  barcha  hududlarida 

byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarini  yig’ishning  amaldagi  tartibi  saqlab 

qolingan  holda  daromadlarni  g’azna  ijrosi  mexanizmi  bilan  qamrab  olishning 

sinov  (test)  jarayonini  amalga  oshirish  bo’yicha  g’aznachilik  boshqarmalari 

(bo’linmalari)  boshchiligida  soliq  boshqarmalari  (inspektsiyalari)  va  moliya 

boshqarmalari (bo’limlari) mas’ul xodimlari faoliyati tashkil etildi. 




Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish