byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy g’azna hisobvarag’ini ochish
to’g’risidagi arizasi, a
gar byudjetdan mablag’ oluvchi bir vaqtning o’zida yuridik
shaxs maqomiga ega bo’lmagan, quyi byudjetdan mablag’ oluvchilar uchun
byudjet mablag’larini taqsimlovchisi bo’lsa, tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlar
ochish uchun shaxsiy g’azna hisobvarag’i ochish to’g’risidagi xizmat
ko’rsatiladigan quyi byudjetdan mablag’ oluvchilarning ro’yxati ilova qilinadi;
b)
limitlangan byudjetdan tashqari mablag’larning tushumi va xarajatlari
bo’yicha
(tushumi va xarajat yo’nalishi limitlanmagan byudjetdan tashqari
mablag’lar bundan mustasno)
xarajatlar smetasi
, bunda, yuridik shaxs maqomiga
ega bo’lmagan va quyi byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlariga xizmat
ko’rsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan byudjetdan mablag’
oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlari (alohida xarajatlar smetasi asosida)
hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy g’azna hisobvaraq ochiladi va xizmat
ko’rsatiladigan quyi byudjetdan mablag’ oluvchilar uchun alohida (umumiy
xarajatlar smetalari asosida) har bir byudjet tasnifining kichik bo’limlari bo’yicha
shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochiladi.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlar byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan
hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida
moliya organlari tomonidan ochiladi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga muvofiq
bo’lmasa, ushbu hujjatlar shaxsiy g’azna hisobvaraqlarni ochmasdan qayta
190
ishlash yoki kamchiliklarni bartaraf etish uchun byudjetdan mablag’ oluvchiga
yuqorida belgilangan ikki ish kuni ichida qaytariladi.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo’lgan taqdim etilgan
hujjatlar qaytarib berilmaydi va belgilangan tartibda moliya organida saqlanadi.
Moliya organlari shaxsiy g’azna hisobvaraqlar ochilgandan keyingi kundan
kechiktirmasdan byudjetdan mablag’ oluvchilarga shaxsiy g’azna hisobvaraq
ochilganligi to’g’risida xabar beradilar. O’z navbatida byudjetdan mablag’
oluvchilar moliya organlari tomonidan xabardor etilgandan keyin ikki ish kuni
ichida ular uchun ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlar rekvizitlarini tegishli
davlat soliq organlari va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlariga
etkazadilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchining qayta tashkil etilishi va uning
bo’ysunishining o’zgarishi yoki tashkiliy-huquqiy maqomining o’zgarishi bilan
bog’liq bo’lmagan tarzda shaxsiy nomi o’zgarganda, byudjetdan mablag’ oluvchi
vakolatli davlat organidan yangi shaxsiy nom olganidan so’ng, bir ish kuni
davomida bu haqda tegishli moliya organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yozma xabarnoma asosida moliya organi tomonidan byudjetdan mablag’
oluvchining nomi o’zgarganligi munosabati bilan uning shaxsiy g’azna
hisobvarag’i unikal raqamini o’zgartirmagan holda tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchining birlashishi, bo’linishi, ajralib chiqishi,
o’zgartirish shaklida qaytadan tashkil etilishida, yangidan vujudga kelgan
byudjetdan mablag’ oluvchi uchun davlat ro’yxatidan o’tgandan so’ng, qo’shilish
shaklida qaytadan tashkil etilganda esa, byudjetdan mablag’ oluvchining
faoliyatini to’xtatish to’g’risidagi yozuv yagona davlat reestriga kiritilgandan
so’ng qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan
holda moliya organiga shaxsiy g’azna hisobvaraqlarni yopish uchun ariza taqdim
etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari
ushbu jarayon boshlangan kundan boshlab ikki ish kuni ichida moliya organiga
yuqori turuvchi tashkilot yoki o’rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan tugatish
to’g’risidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi to’g’risidagi hujjatlarning
nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini ko’rsatgan
holda taqdim etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ularning
qayta tashkil etilishi, bo’ysunuvdagi o’zgarishlari, tugatish komissiyasi ish
faoliyatining tugatilishi, byudjetdan mablag’ oluvchining boshqa g’aznachilik
bo’linmasi tomonidan xizmat ko’rsatilishiga o’tishi munosabati bilan yoki qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda moliya organi tomonidan yopish
belgilangan shakldagi shaxsiy g’azna hisobvaraqni yopish to’g’risidagi arizaga
asosan amalga oshiriladi. Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarning yopilishi Byudjetdan
191
mablag’ oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ro’yxatga olish jurnalida
ro’yxatga olinadi.
Moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilarga yangi shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarni ochish qayta tashkil etish jarayoni tugallangandan so’ng,
shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchining turgan byudjet darajasi o’zgarganda
va bir g’aznachilik bo’linmasidan boshqa g’aznachilik bo’linmasiga xizmat
ko’rsatilishiga o’tganda amalga oshiriladi.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarni yuritish
Moliya organining vakolatli xodimlari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarining tegishli
satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha: - byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar
smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish
bo’yicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Zaxira jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lar;
- byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish
xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan o’zgarishlar;
b) byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha: - byudjetdan mablag’ oluvchilarning
tegishli xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lar, byudjetdan tashqari
tushumlar va ularning yo’nalishi cheklanmaydigan xarajatlar turlari bundan
mustasno;
- xarajatlar smetalariga kiritilgan o’zgartirishlar.
G’aznachilik
bo’linmasining
vakolatli
xodimlari
shaxsiy
g’azna
hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |