“Budjet hisobi” kafedrasi


  Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

 2.  Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi 

3.  Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarining turlari  va  yuritish tartibi. 

 

 1. Yagona axborot tizimidan  byudjet tizimi byudjetlarini ijro etish tartibi 

Davlat  byudjetining    ijrosi  byudjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarida 

belgilangan,  byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarining  tushishini  ta’minlash  va 

xarajatlarini  amalga  oshirishni,  shuningdek  ularning  ijrosi  bilan  bog’liq 

operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.

1

 



O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetining,  davlat  maqsadli 

jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy byudjetlarining ijrosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar  hokimliklari  tomonidan 

ta’minlanadi. 

Byudjet  tashkilotlari  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarining  ijrosi  byudjet 

tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi. 

Byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  tomonidan  g’azna  ijrosi  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  G’azna  ijrosi 

faoliyatni  chet  elda  amalga  oshirayotgan  byudjet  tashkilotlariga  va  byudjet 

mablag’lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  axborot  tizimida  byudjet 

tizimi  byudjetlari,  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  uchun 

shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi. 

Byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  o’z  xarajatlar 

smetalarida  nazarda  tutilgan  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’larni  moliya  yili 

tugaguniga qadar sarflashga haqli. 

Mamlakatda  mudofaa  qobiliyatini,  xavfsizlikni,  ichki  tartibni  saqlash  bilan 

bog’liq  xarajatlar  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 

                                                           

1

 



O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 109-moddasi.

 



181 

 

 



Byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi  moliya  yili  mobaynida  va  qo’shimcha 

vaqt davrida amalga oshiriladi.

1

 

Keyingi  yilning  yanvar  oyi  moliya  yiliga  qo’shimcha  vaqt  davri  bo’lib,  bu 



davr  mobaynida  o’tgan  yil  uchun  byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi  amalga 

oshiriladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  byudjet  tizimi 

byudjetlarining  qo’shimcha  vaqt  davridagi  ijrosi  bo’yicha  operatsiyalarni 

o’tkazish tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi. 

Yagona  g’azna  hisobvarag’i  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga byudjet tizimi 

byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur 

byudjetlarning  xarajatlari  to’lanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida  va  boshqa  banklarda  o’zga  bank 

hisobvaraqlari ochish huquqiga ega

2



Yagona  g’azna  hisobvarag’i  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida 



ochiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  bank  hisobvaraqlaridan 

mablag’larning so’zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat 

ko’rsatilganligi uchun haq olinmaydi. 

         Yagona  g’azna  hisobvarag’i  G’aznachilik  tomonidan  boshqariladigan 

maxsus  bank  hisobvarag’i  bo’lib,  bu  hisobvaraqqa  Davlat  byudjeti  mablag’lari 

hamda  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  kiritiladi. 

Yagona  g’azna  hisobvarag’idan  Davlat  byudjetida  mablag’lar  nazarda  tutilgan 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  xarajatlari  to’lanadi,  shuningdek  davlat 

maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi. 

2009  yilga  kelib  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  tashkiliy-huquqiy  hamda 

me’yoriy  asoslari  ancha  takomillashtirildi.  Bu  davrga  kelib,  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirining  2009  yil  4  avgustdagi  69-sonli  buyrug’i  bilan 

tasdiqlangan  va  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  2009  yil  16 

sentyabrda  2007-son  bilan  ro’yxatdan  o’tkazilgan  “Davlat  byudjetining  g’azna 

ijrosi Qoidalari” qabul qilindi. Ushbu “Qoidalar “Byudjet tizimi to’g’risida”gi va 

“Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasining 

qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi 

PQ-594-son  “Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  tizimini  yanada  rivojlantirish 

chora-tadbirlari  to’g’risida”  gi  qaroriga  muvofiq,  O’zbekiston  Respublikasi 

                                                           

1

 

O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 110-moddasi.



 

2

 



O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 111-moddasi.

 



182 

 

Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan 



respublika  va  hududiy  g’azna  hisobvaraqlarini  qo’llash  sharoitida  respublika 

byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlarning 

g’azna  ijrosini  amalga  oshirish  tartibini  belgilab  berdi.  Mazkur  qoidalar 

respublika  g’azna  hisobvarag’i  va  hududiy  g’azna  hisobvaraqlarini  yuritish 

tartiblarini,  Respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va 

mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi, byudjetdan mablag’ 

oluvchilarning  xarajatlar  smetalarini  va  ularga  o’zgartirishlarni  g’aznachilik 

bo’linmalariga  taqdim  etish  tartiblarini,  yuridik  majburiyatlarni  ro’yxatga 

olishning  umumiy  qoidalarini,  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  byudjetdan 

tashqari  mablag’lari  hisobiga  xarajatlarni  amalga  oshirish  tartiblarini  belgilab 

berdi  va  muqaddam  amal  qilib  kelgan  bir  qator  me’yoriy  xujjatlarni  o’zida 

mujassamlashtirdi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idagi  mablag’larni  boshqarishni  Davlat  byudjeti  daromadlari 

tushumlari  va  xarajatlarining  qisqa  muddatli  prognozlarini  tuzish  yo’li  bilan 

amalga oshiradi.  

Qabul  qilingan  moliyaviy  majburiyatlarni  bajarish  uchun  Yagona  g’azna 

hisobvarag’ida mablag’lar etishmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  cheklangan  hajmini  belgilaydi  hamda 

uning  asosida  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarga 

xarajatlarni to’lash uchun ruxsatnomalar beradi.  

Xarajatlarni  to’lash  uchun  ruxsatnomalar  berish  tartibi  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.  

O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetining  vaqtincha  bo’sh  turgan 

mablag’lari mavjud bo’lgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 

tijorat  banklarida  depozitlarga  joylashtirilishi  mumkin  bo’lgan  mablag’larning 

hajmini belgilaydi.  

O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjetining  vaqtincha  bo’sh  turgan 

mablag’larini  joylashtirish  va  ularni  tijorat  banklarida  depozitlarga 

joylashtirishdan  olingan  daromadlardan  foydalanish  tartibi  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish