«bu o'zbek millatining tarixini soxtalashtirish, turli xil g'ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o'tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo'lmoqda



Download 0,86 Mb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#591788
  1   2
Bog'liq
Birinchi Prezidentimiz I

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbirining bergan savollariga javoblarida istiqlolimizga tashqaridan, ichkaridan mafkuraviy tahdid solayotgan vositalardan biri tariximizni soxtalashtirish, buzish ekaniga alohida e'tibor berib o’tgan edi. Hozirgi kundagi mafkuraviy tahdidlardan biri - «bu o'zbek millatining tarixini soxtalashtirish, turli xil g'ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o'tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo'lmoqda. Xorijdagi ba'zibir siyosiy arboblar va olimlarning da'volariga ko'ra, alohida o'zbek degan millat yo'q emish, balki umumiy turkiy xalq bor emish. Shu-ning uchun o'zbek, qozoq, qirgiz, turkman, tatar, boshqird, uyg'ur va hokazo tushunchalarga barham berish kerak emish».


Bunday qarashlarga Islom Karimov ilgari ham javob berib, har bir xalq kabi, o'zbek xalqining ham tarixi betakrorligini ko'p marta ta'kidlagan. Muxbirning savoliga javob berarkan, yo'lboshchimiz shunday deydi: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo'lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko'hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo'lgan zamonlardan buyon o'z hayoti, o'z madaniyati, o'z tarixi bilan yashab keladi. O'zbek millati O'zbekxon nomidan tarqagan emas, balki O'zbekxon o'zbek millati nomini o'ziga nom qilib olgan bo'lsa, ajab emas».
Ayni vaqtda yo'lboshchimiz o'zbeklarning qadim tarixiy ildizlari turkiy xalqlar bilan bir ekani, bu birlik til, din, urf-odat, qadriyatlari va madaniyatida namoyon bo'lganini e'tirof etib, turkiy xalqlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz, deb ta'kidlagan edi. «Lekin, - deb aytdi I.Karimov, -biz o'zimizni hamisha mustaqil millat - o'zbek xalqi sifatida his etib kelganmiz va bu bilan faxrlanamiz. Bunga tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Butun dunyo jamiyati bizning buyuk tariximiz va madaniyatimizni e'tirof etib, bugungi kunda bizni shu nom bilan taniydi va hurmat qiladi»1.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillaridan boshlab tarixiy xotirani tiklashga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Albatta bu o’zbek davlatchilik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak bugungi kunga qadar bo’lgan tariximiz turli voqea va xodisalarga juda boy hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixini o’rganganimizda ashtarxoniylar davri davlatchiligiga nazar tashlamaslikni iloji yo’q. Ashtarxoniylar 1601-1756-yillarda Buxoro xonligini boshqargan sulola hisoblanadi. Jo'jixon naslidan bo'lgan ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi asli Astraxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukmronlik qilganlar. Astraxanni Ivan Grozniy 1556-yili bosib olgach ashtarxoniylar Yormuhammad boshchiligida Buxoroga Iskandar Sulton saroyiga kelib o'rnashadilar. Yormuhammadning o'g'li Jonibek Sultonga Iskandarning qizi, Abdullaxon II singlisi Zuhrabegim nikohlab beriladi. Undan Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammadlar dunyoga keladi. Shu zayilda Shayboniylarga qarindoshlik rishtalari bog'lanadi. Natijada 1601-yili Shayboniylarning so'nggi vakili Pirmuhammad vafot etgach Shayboniylardan taxt vorisi chiqmaganda Buxoroda yashab turgan Jonibek sultonni xon qilib ko'tarishga qaror qiladilar. Lekin Jonibek sulton bu taklifdan bosh tortadi. Taxtga Jonibekning katta o'g'li Din Muhammadni ko'taradilar. Ammo u Buxoroga kelayotganda Obivarda jangda halok bo'ladi. Shunda uning ukasi Boqi Muhammadxon, voris deb e'lon qilinadi. Qabul qilingan an'anaga ko'ra Vali Muhammad Balxga noib etib yuborildi. Ana shu tariqa 1601-yildan boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo'liga o'tadi. Bu yana Jonibek sulolasi «Joniylar» sulolasi deb ham yuritiladi.
1601-1756-yillar davomida Ashtarxoniylar sulolasi davrida hukm surgan siyosiy, ijtimoiy tarqoqlik xonlar, sultonlar, shahzodalar o'rtasida avjiga chiqqan o'zaro toju taxt uchun kurashlar, talonchilik urushlari o'sha davr avlod-ajdodlarimizning dunyo taraqqiyoti sivilizatsiyasidan birmuncha orqada qolib ketishiga bosh sabab bo'ldi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini o’rganishga katta e'tibor qaratildi va birinchi navbatda tariximiz haqida asosiy ma'lumotlarni bera oluvchi tarixiy manbalarni o’rganishga katta e'tibor qaratildi. Mavjud tarixiy manbalarni o’rganish, ularni o’zbek tiliga tarjima etish va nashr etish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu borada vatanimiz tarixining o’rta asrlariga tegishli manbalarning keng o’rganilayotganligi va nashr etilayotganligi e'tiborlidir. Bu bejiz emas albatta, Qator chet el istilochilari zulmidan bir necha bor ozod bo’lgan xalqimiz mustaqil taraqiyotni qanday yo’lga qo’y olganligi, o’z taraqqiyot yo’lini qanday belgilay olganligi va uning natijalari shu tarixiy manbalarda aks etgan edi. Shu o’rinda ko’plab tarixiy manbalarning nashr etilib, xalqimizga tufha etilayotganligi quvonarlidir. O’z tariximizga oid asar va qo’lyozmalar, ularni ayniqsa o’z ajdodlarimiz tomonidan yaqin o’tmishda bitilganlarini o’rganish tarixchilarimiz oldida eng katta vazifa bo’lib qolmoqda. Zero: “Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilish dastlabki vazifalarimizdandir. Bu o’rinda gap, eng avvalo, yoshlar va axoli o’rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda” – deb ta’kidlagan edilar Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.2
Mustaqillik yillarida Ashtarxoniylar davri tarixini o’rganishda muhim tatqiqotlar bajarildi. So’nggi o’rta asrlar davri tarixi deyarli O’zbekiston tarixi bo’yicha nashr qilinayotgan darsliklarda o’z aksini topa olmayapti, vaholanki tarixning barcha davrlarida Surxon vohasi qaynoq siyosiy jarayonlar kechgan hudud sanaladi. Manbalarga asoslanadigan bo’lsak, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar hukmronligi davrida Balx va Buxoro xonligi o’rtasida mazkur hudud uchun o’zaro siyosiy kurashlar kuchaygani bilan xarakterlanadi. O’zbekiston tarixining barcha davrlari emas, birgina ashtarxoniylar davrini tahlil etgan holda yuqorida bildirilgan fikrlarga javob izlaylik. XVIII asr boshlarida Surxon vohasining ijtimoiy-siyosiy ahvoli, muhim tarixiy voqyealar haqida “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi Ubaydullaxon” (Ubaydullanoma), Xoja Samandar Termiziy “Dastur ul-muluk”, Abdurrahman Tole’ “Abulfayzxon tarixi “ asarlarida muhim ma'lumotlar berilgan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish