Asosiy ekinlarning hosildorligi
Ekin turlari
Oxirgi uch yilda
20__yilga
nisbatan, %
20__y
20__y
20 __y
Gʻoʻza
Gʻalla
Dukkakli ekinlar
Sabzavot
Kartoshka
Poliz
Meva
Uzum
Yem-xashak
Beda
Ildiz
mevali
Makkajoʻxori
Ekilgan ekinlar va sugʻorish me’yori boʻyicha umumiy ma’lumotlar
T/r
Ekinlar
nomi
Maydoni,
ga
Sugʻorish
me’yori, m
3
/ga
Suvdan foydala-
nish koeffitsienti
Jami olingan suv
miqdori, m
3
/ga
a) birinchi hosil
b) ikkinchi hosil
Sugʻorish tarmoqlari boʻyicha umumiy ma’lumotlar
T/r Suv manba-
sining turi
Daryo
Magistral
kanal
Xoʻjaliklararo
kanal
Xoʻjalik
kanali
Uchastka
taqsimlagichi
1
2
5.3. UMUMIY ENTOMOLOGIYA VA ZOOLOGIYA FANI
Umumiy entomologiya va zoologiya fani, institut o‘quv rejasiga asosan o‘zaro
bog‘lovchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar ishi va yozgi malakaviy amaliyotidan
iborat.
Amaliyotining asosiy maqsadi, talabalarni, ma’ruza va laboratoriya darslaridan
olgan bilimlarini mustahkamlashga qaratilgandir.
Amaliyotini vazifasi talabalar dala sharoitida ekinlar turlari ularga zarar
keltiruvchi zararkunandalarni turlari, tarqalishi zararini aniqlab ularga qarshi kerakli
kurash choralarini o‘z vaqtida qo‘llashni o‘rgatadi. Hasharotlarni qishlovchi
avlodlarini,
qishlash joylarini, zarar keltiruvchi o‘simliklarni zararli va foydali
hasharotlarni talabalar dalada o‘zlari ko‘rib o‘rganadilar. Kimyoviy vositalar bilan
ishlash o‘rganiladi. Biolaboratoriyalarni ish prinsiplarini, foydali hasharotlarni dalaga
tarqatishda o‘zlari ishtirok etadi. Agar karantin osti ob’ektlar topilsa, bu to‘g‘rida
karantin xizmatiga zudlik bilan xabar beriladi, namunalar olinadi, tarqalishi va
rivojlanishi hisobga olinadi.
Talabalarga Umumiy entomologiya va zoologiya fanidan amaliyot o‘tkazish,
ularga o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda
yordam beribgina qolmay, balki ilmiy
tomondan fikrlarga ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarini hosilini zararli organizmlardan
himoya qila olishga, biologik va kimyoviy vositalardan to‘g‘ri foydalana olishga
ko‘nikma hosil qiladi.
O‘qituvchi amaliyotga umumiy rahbarlik qilishi kerak. Amaliyotiga chiqishdan
oldin, rahbar - o‘qituvchi ushbu amaliyotning maqsadi va vazifasini talablarga
tushuntirib, kerakli topshiriqlar berib ularni bajarishni nazorat qiladi.
Xavfsizlik
texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. Rahbar - o‘qituvchi amaliyotga chiqishdan oldin
talabalarga eslatma sifatida nazariy kursdan qisqacha tushuncha beradi. Bu esa
talabalarga berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga yordam beradi. Amaliyot
davrida talabalar bir nechta vazifani bajarish mumkin. Amaliyot oxirida talabalar
o‘rgangan ma’lumotlari buyicha hisobotlar tayyorlab himoya qiladilar.
O‘quv rejasiga asosan «Umumiy entomologiya va zoologiya karantin asoslari
bilan» fanidan amaliyot uchun 30 soat vaqt ajratilgan. Bu davrda talabalar
quyidagilarni o‘rganib keladi.
G‘o‘za o‘simligini asosiy zararkunandalari (g‘o‘za shiralari, trips,
o‘rgimchakkana,
ildiz qurti, ko‘sak qurti, oqqanot) rivojlanish dinamikasi, zarari,
tarqalishi, zararlilik iqtisodiy mezoni va ularga qarshi qo‘llanilayotgan kurash
uslublarini dala sharoitida o‘rganadi. SHu bilan birgalikda don va dukkakli ekinlar
asosiy zararkunandalari (don shiralari, trips, zararli xasva,
shilimshiq qurt, don
tunlami, makkajo‘xori parvonasi, no‘xat qo‘ng‘izi), sabzavot va poliz ekinlari asosiy
zararkunandalari (shiralar, tripslar, qandalalar, oq kapalaklar, poliz qo‘ng‘izi), ichki
karantin ob’ekti bo‘lgan kalorado qo‘ng‘izi, mevali bog‘lar va tok zararkunandalari
(olma yashil shirasi,
qon shirasi, qalqondorlar, shu jumladan ichki karantin ob’ekti
bo‘lgan koliforniya qalqondori hamda komstok qurti, kanalar, olma qurti, bargxo‘rlar,
tok fillokserasi, tok unsimon qurti, sharq meva qurti) rivojlanish dinamikasi, zarari,
tarqalishi qarshi kurash choralarini o‘rganiladi. Joylardagi
biolaboratoriyalar bilan
tanishadilar. Foydali hasharotlarni dalaga tarqatish jarayonida ishtirok etadilar. Dala
sharoitida ishchi eritmalar tayyorlashni o‘rganadi. Qarshi kurashda qo‘llaniladigan
qo‘l apparatlari va texnikalar bilan tanishadilar. Zararkunanda va kasalliklardan
gerbariy va eksponatlar tayyorlanadi. To‘plangan ma’lumotlar asosida hisobotlar
tayyorlab himoya qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: