aniqlash. Tuproq eritmasi reaksiyasini rN ni tekshirish. O’tkazilgan analitik
tekshirishlar
natijalariga asoslanib, azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llash
miqdorlarini belgilashlari shart. Agrokimyoviy analiz ko’rsatkichlari asosida,
tuproqlarni harakatchan oziq elementlari bilan ta’minlanish darajasi bo’yicha
kartogramma tuzishlari kerak. Ushbu ishlarni, xo’jaliklarda, tajriba stansiyalarida,
ilmiy tekshirish institutlarida, fakultet laboratoriyasida bajaradilar.
O’simlik va tuproqlarni tekshirishning zamonaviy usullari bilan tanishish va
ekskursiyalar
Talabalar, o’simlik, tuproq va o’g’itlarni analiz qilishni zamonaviy usullari
bilan institut
markaziy laboratoriyasida, viloyat va tumanlardagi agrokimyoviy
laboratoriyalarda hamda tajriba stansiyalarida tanishib, o’rganishadilar. Bunda, ular
zamonaviy analiz o’tkazishda ishlatiladigan asbob–uskunalar bilan ishlashga
ko’nikmalar hosil qilib, o’simlik, tuproq va o’g’itlarni liniya usulida tekshiradilar.
Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan mineral o’g’itlarni
ishlab chiqarish
jarayonlari bilan tanishadilar (zavodlarga ekskursiya uyushtirish), xo’jaliklarda
go’ngni saqlash va har xil kompostlar tayyorlashni o’rganadilar. Shuningdek,
talabalar o’g’itlar bilan ilmiy tajribalar o’tkazish jarayonilarida (kafedra, tajriba
stansiyalarida, ilmiy tekshirish institutlari, aspirantlar o’tkazadigan ilmiy ishlar)
qatnashadilar hamda qishloq xo’jaligini ximizasiyalash stansiyalarining ishlari bilan
tanishadilar.
O’quv amaliyotining yakuniy hujjati bo’lib, talaba yozgan hisobot (hajmi 30
varaq qo’lyozmadan kam bo’lmasligi kerak) hisoblanadi. Hisobotda qo’yidagi
bo’limlar bo’lishi shart:
Talabalar o’quv amaliyoti dasturini bajarib, qilingan ishlari to’g’risida hisobot
topshirganlaridan keyin, ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun xo’jaliklarga,
tajriba stansiyalariga, ilmiy tekshirish institutlariga (ITI),
viloyat agrokimyo
laboratoriyalariga yuboriladi.
Malakaviy amaliyotining maqsadi–talabalar o’z mutaxassisligi bo’yicha olgan
nazariy bilimlarini va uslubiy ko’nikmalarini yanada mustahkamlash, xo’jaliklarda,
agrokimyoviy
laboratoriyalarda ishni tashkil etishni, uning bo’limlarida
bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, tuproq, o’simlik, o’g’itlarni tekshirish usullarini
va bunda ishlatiladigan asbob–uskunalar, jihozlarni ishlatish jarayonlarini mukammal
o’rganishadilar.
Amaliyotga chiqishdan oldin har bir talaba kafedra o’qituvchisidan maslahat
oladi, bunda talaba bajaradigan ishlarning rejasi va uni bajarishni ketma–ketligi
belgilab olinadi. Joylarda amaliyotga rahbarlik
qilish bosh mutaxasis hamda
kafedralar tomonidan belgilangan o’kituvchilar tomonidan o’tkaziladi.
Amaliyot davrida bajariladigan ishlar mazmuni talaba ishtirokida aniqlanadi.
Bunda, qishloq xo’jalik ekinlarini o’g’itlash rejasini o’rganish, tuproq xaritasi va
tuproqlarni agrokimyoviy ko’rsatkichlari asosida o’g’itlarni qo’llashni, asosiy
ekishdan oldin o’g’itlashni va oziqlantirishni, go’ng sochadigan mexanizmlar bilan
o’g’itlashni, urug’ni ekish bilan o’g’itlarni qo’llashni, egatlarga o’g’it
berishni va
hokazolarni o’rganish tavsiya etiladi.
Amaliyot paytida talabalar organik o’g’itlarni to’plash va saqlash, go’ng
saqlagichlarni tuzilishi, kompostlar tayyorlash, mineral o’g’itlarni tashib keltirish va
ularni omborxonalarda saqlash ishlari bilan tanishadilar.
Yuqorida aytilganlardan tashqari, talabalar xo’jalikda o’g’itlar bilan
o’tkaziladigan tajribalarda qatnashib, fenologik kuzatishlarni o’tkazishda, o’simlik va
tuproq analizida, o’simlik
namunalari olishda, tajriba dalasidagi hosilni yig’ishtirib
olishda va uni hisoblashda ishtirok etishi shart.
Amaliyot davrida bajarilgan ishlarni yozib borish uchun kundalik daftar tutadi.
Amaliyotni yakunlab kelgan talabalar fakultet dekanati tomonidan belgilangan
muddatda hisobotni dekanatga topshiradilar. Amaliyot davrida to’plagan materiallar
asosida hamda har kuni bajargan ishlari yozib borilgan kundalik daftar
ma’lumotlariga tayanib hisobot yozadilar hisobotda, xo’jalik to’g’risida umumiy
ma’lumot, laboratoriya va uni bo’limlarining faoliyati, hosildorlik va o’g’itlarni
qo’llash, tuproq, o’simlik va o’g’itlarni analiz qilishda ishlatiladigan asbob –
uskunalarni ishlatish tug’risida ma’lumot berilishi kerak.
Hisobotda asosiy e’tiborni talabalar laboratoriya xodimlarini xo’jalikda qanday
ishlarni bajarayotganligiga hamda ular agrokimyoviy
kartogrammalar tuzishda,
o’g’itlarni qo’llashda ma’ruza va suhbatlar o’tkazish yo’li bilan yordam ko’rsatishini
batafsil yoritishi kerak.
Amaliyot davrida talabalar bajaradigan asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
1. Dala sharoitida o’tkaziladigan tuproqlarni tekshirishning asosiy usullarini
o’rganish
2. Tuproqlarning sho’rlanish darajasini, karbonatligini va undagi ayrim
birikmalarning sifatiy ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan kimyoviy
reaksiyalardan foydalanish uslublari bilan tanishish va uni amalga oshirish.
3. Tekshirilayotan maydonlarning sxematik tuproq xaritasini tuzish.
4. Tuproq chuqurlari (rezervlari) asosida Samarqand atrofida tarqalgan
avtomorf tuproqlarni hamda gidromorf tuproqlarni o’rganish va ularga baho berish.
5. O’tkaziladigan amaliyot yakuniga ko’ra, tuproqlarni
agronomik nuqtai
nazardan asoslab hisobot yozish va uni himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: