Antropologik jihatlari. Mavjud antropologik materiallar aholining irqiy xususiyatlari haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu davrga mansub bosh suyaklari o`rganilganda ularning ko`pchiligi Yevropa irqining O`rta yer dengizi tarmog`iga mansubligi aniqlandi. Oz qismi esa Yevropa va Andronovo irqiga mansubdir. Kutmanova (Rossiya Mangoliya va Qozog`iston orasi) hududida topilgan qabrlar(mil. Avv 1746-1626) ayol kishining tish suyaklari va 2 ta bola suyagi topilgan. Shunga ko`ra bu madaniyatda ham Andronovo skeletlari irqiy belgilari ko`zga tashlanadi. Chust aholisi irqiy jihatdan janubiy O`rta Osiyo, Buxoro vohasi va qisman Xorazm aholisiga o`xshash bo`lgan.
Andronovo madaniyatining til hususiyatlari haqida. Qabilalarning etnik va til xususiyatlari o`rganilmagan. Lekin Andronovo sak, sarmat va alanlar aralashmasi lekin eroniy tillar hukmronligi ostida shakllangan. Andronovo madaniyati Indo-Eron tillariga mansub bo`lgan lahjada gaplashgani hindlarning muqaddas kitobi “Veda” va markaziy Osiyoliklar kitobi “Avesto”da ma’lumotlar keltirilgan. Bu tilda so`zlashlariga sabab qilib olimlar, Marg`iyona-Baqtriya singari Andronovoliklar ham Eron tillarini o`zlashtirishgan. V.Sarianidi Andronovo madaniyatini Amudaryo bo`ylaridan topilgan qabrlar asosida o`rganadi. U Andronovoliklarni “mittani va oriy xalqlari bilan aloqa bog`lagan va ularni tillarini o`zlashtirishgan” Kuzmina ham “mill. Avv XV-XVI asrda mitannida oriylar yashagan shuning uchun bu hudud Indo-Eron tillarida gaplashishadi” deb ta’kidlaydi. Ammo Eugen Helmiskiy Andronovolik tillari Indo-Eronliklarning shaxobchasi fin-Ugor tillarida gaplashgan” degan taklifni beradi. Chunki Fin-Ugor Indo-oriylar tilining tarmog`I bo`lgan degan xulosaga kelgan. Lekin ko`p yillik tadqiqotlar natijasida Andronovoliklar Indo-eron tillarining Ural va proto Yenisey guruhchasi tillarida so`zlashgani ma’lum bo`ldi.
So`nggi bronza davrida qabilalarning ko`chish jarayonlari bo`lib o`tadi. Bu jarayondan Farg`ona aholisi ham chetda qolmagan. Chust sopol idishlari Markaziy Eron, Markaziy Hindiston sopol idishlariga o`xshab ketadi. Chunki Eron va Hindiston madaniyati Andronovo madaniyatida ham aynan takrorlanadi. Chust madaniyatining rivojlangan madaniyati mil.avv. VIII-VII asrlarda tanazzulga uchraydi va uning o`rniga ilk temir davri vujudga keladi.