Bronza davri arxeologiyasi


Andronovo madaniyati tarqalgan hududlar xo`jaligi



Download 79 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi79 Kb.
#709580
1   2   3   4   5
Bog'liq
madaniyat mustaqil ish

Andronovo madaniyati tarqalgan hududlar xo`jaligi. Bronza davrida ibtidoiy jamiyat xo`jalik va madaniy taraqqiyoti yuqori darajada bo`lgan. Bronza davri urug`chilik jamoasi xarobalari o`rnida dastlabki sinfiy jamiyat vujudga kelganligini ko`rsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan aniq langan. Bronza davrida mulkiy tabaqalanish jarayoni natijasida ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o`tish ro`y beradi. Bu jarayonlarni o`rganishda turli hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalari katta ahamiyatga egadir.
Farg’ona vodiysida mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlarida o’ziga xos Chust madaniyati shakllandi. Bugungi kungacha Farg`ona vodiysida Chust madaniyatiga mansub 70 dan ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Bular jumlasiga Chust Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Bo`ztepa, Chimboy va boshqalar kiradi. Chust madaniyati yodgorliklarining eng chekkalari bir-biridan 100 km masofada joylashganligi ushbu madaniyatni keng tarqalganligini ko’rsatadi.
Shimoliy Farg`onadagi Chust guruhiga Govasoy xavzasida Chust, Ko`ksaraksoy sohilida Qoraqo`rgon, Kosonsoy vodiysida To’raqo’rg’on, Tergovchi I, II, Go`rmiron, Yoztepa yodgorliklari kiradi.
Sharqy Farg`ona guruhi yodgorliklari Dalvarzintepa guruhi deb nomlanib, ular Qoradaryoning so`l sohilida joylashgan. Mazkur guruhga Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Axshar va G`ayrattepa yodgorliklari kiradi.
Qoradaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan O`zgan guruhiga Dehqon, Chimboy, Qoraqo`chqor I va II, O`zgan, Qashqaterak, Do`nbuloq yodgorliklari kiradi.
Janubi-sharqiy Farg`onadan Sho`rtepa, Zarg`aldoqtepa, Manyak, Shaltoqtepa makonlari topilgan. Shuningdek, yuqoridagi guruhlarga kirmagan Chakan, Aqbarabod makonlari ham o`rganilgan. Asosiy yodgorliklar Farg’ona vodiysining sharqiy tumanlarida joylashganligi bu yerda dehqonchilikning yuksak rivojlanganligini ko`rsatadi. Topilgan moddiy ashyolar Chust davri madaniyati mil. avv. II-I ming yillik boshlariga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Radiouglerod tahliliga ko’ra Dalvarzintepaning I davri mil.avv. 1090 - 120 yil, ikkinchi davri esa mil.avv. 760 - 120 yildir. Chustning so`nggi davri mil. avv. 280 - 75 yilni o`z ichiga oladi.
Chust madaniyati yodgorliklari egallagan maydoniga ko`ra katta, kichik va o`rtacha hisoblanadi. Katta qishloqlarga maydoni 10 gektardan ortiq bo`lgan Dalvarzintepa, Ashqoltepa, o`rtachalariga Chust (4 gektar), Dehqon (5 gektarga yaqin) kiradi. Kichiklarining maydoni 1 gektar atrofida.
Chust madaniyatining yirik yodgorligi Dalvarzintepa bo`lib, maydoni 25 gektarga yaqin, madaniy qatlamining qalinligi 1,6 metrdan 4 metrgacha boradi. Bu yerda turar-joylardan tashkari ko`plab xo`jalik uralari topilganki, ular don saqlash vazifasini bajargan. Asosiy qurilish ashyosi xom g`isht bo`lib, uning o`lchami 30 x 30 x 10 va 50 x 70 x 10 sm ni tashkil etgan. Dalvarzintepa mudofaa devori butun qishloq atrofini o`ragan bo`lsa, Chustda faqat shimoli-g`arb tomonni o`ragan. Kichik makonlar jumlasiga Chimboy makoni kirib u 500 m. kv. maydonni egallaydi. Uning madaniy qatlami 1 metr. Xom g`ishtdan qilingan devor va o`choq izlari topilgan. 16 ta xo`jalik o`ralari mavjud bo`lgan. Qoradaryo vohasida Chust madaniyatiga oid 5 ta kichik makonlar topilgan. Bu yerda topilgan Qoraqo`chqor I 200 m. kv., Qoraquchqor II 700 m. kv. ga yaqin, 33-makon 1040-1400, 82-makon 2000 m. kv. maydonni egallagan.
Tog` qoyalarida O`sh atrofida Manyak makonlari joylashib, ularda madaniy qatlam 60-80 sm.ni tashkil qiladi. O`zgan, Do`nbuloq, G`ayrattepa makonlaridan Chust sopol idishlari topilgan.
Dalvarzintepa va Chustdan bir necha qabrlar topilib, dafn marosimi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Murdalar bukchaytirilib, bir tomonga yonboshlatib ko’milgan. Ayrim murdalarda zo’rlik bilan o’ldirilganlik alomatlari uchraydi. Chust va Dalvarzintepadan topilgan ayrim odam suyaklari va bosh miya qopqog’i xo’jalik o’ralarida hayvon suyaklari ichida topilib, ularda gulxanda kuydirilganlik alomatlari uchraydi. Yuqoridagi ikki makonda bir necha bosh suyaklari to’p holatda saqlangan.
Chust madaniyati kabilalari uchun bronza eritishning rivojlanishi muhim o’rin egallagan. Chust va Dalvarzintepada yumaloq ko’zgular yasash qoliplari topilgan. Hunarmandchilikda bronza o’roqlar yasalgan. Metallga ikkilamchi ishlov berish makon hududidagi ustaxonada amalga oshirilgan. Bronza qurollar tarkibida 5-7-% qalay, 5% rux aralashtirilgan.
Tosh qurollar Chust qabilalari tomonidan keng qo’llanilgan, u barcha makonlarda ko’plab uchraydi. Dalvarzintepadan 1500 tosh qurol topilgan. Tosh qurollar xo’jalik va maishiy hayotda ko’p qo’llanilgan bo’lsada, u yordamchi xarakter kasb etgan. Yer ishlash uchun trapetsiya ko’rinishidagi motigalar topilgan. Dalvarzintepadan 400 ta o‘roqsimon pichoqlar topilgan. Pichoqlarning o’rtacha o’lchami 15 x 4,2 x 0,8 sm.ni tashkil etgan. Bunday qurollar O’zbekiston janubidagi Kuchuktepadan ham topilgan. Chimboy, Tergovchi, Chust, Dalvarzintepadan oq va qora toshdan qilingan qurollar ham topilgan. Toshdan, shuningdek yorg’uchoqlar, taqinchoqlar ham qilingan.
Ishlab chiqarishda suyak qurollar muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, to’qimachilikda va o’q uchlari yasashda suyakdan keng foydalanilgan.
Chust madaniyatning xo’jaligi dehqonchilik-chorvachilikni tashkil etgan. Dehqonchilik Farg’ona vodiysida Chust madaniyatidan oldingi davrda paydo bo’lgan. Chust madaniyati davrida vodiy keng o’zlashtirilgan edi. Yirik makonlarning mavjudligi madaniy qatlamning qalinligi, moddiy madaniyatning yuqori darajasi dehqonchilik ancha rivojlanganligini ko’rsatadi. Ayrim faktlar sun’iy sug’orish ham bo’lganligini ko’rsatadi. Qadimgi dehqonlar bug’doy, arpa, tariq ekkanlar. Chustdan topilgan tariq urug’lari dehqonchilikda tariq ko’p ekkanligini ko’rsatdi.
Don va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash uchun o’ralar qazilib, ularda 200 kg dan 1 tonnagacha, katta o`ralarda 2 tonna va undan ko’proq ham don saqlanishi mumkin bo’lgan. Donni bunday saqlash usuli faqat Farg`onaga xos bo`lib, bu usul bronza davrida Turkmaniston va Xorazmda mavjud bo`lmagan.
Dehqonchilikda yer haydash uchun yirik tosh motigalardan foydalanilgan. Shuningdek, bu sohada o’roqsimon pichoqlar, qo’l yorg’uchoqlar topilgan. Ko’rinib turibdiki dehqonchilik qurollari kam saqlangan.
Chust madaniyati qabilalari xo’jaligida dehqonchilik bilan mahkam bog’langan yaylov chorvachiligi muhim o’rin tutadi. Topilgan hayvon suyaklarining 40% ni qoramol va ot suyaklari tashkil etadi.
Shunday qilib mil.avv. II-I ming yilliklar bo’sag’asida Farg’ona yirik dehqonchilik madaniyati o’choqlaridan hisoblangan. U O’rta Osiyoning janubi-g’arbiy viloyatlari va Eron bilan tarixiy-madaniy aloqalar o’rnatdi. Farg`ona qabilalari yaylov chorvachiligiga asoslangan Andronovo madaniyati qabilalari bilan ham aloqalar o`rnatgan. Lekin ular o`rtasidagi munosabatlar doimo tinch bo`lmagan va shuning uchun ham mudofaa devorlari qurilgan.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish