Ushbu maqolani ham o‘qing: Bola immuniteti past bo‘lsa
Bronxial astmani dori-darmonlarsiz davolash usuli (naturoterapiya) ham yo‘lga qo‘yilgan. Naturoterapiya to‘rtta guruh (eliminatsion terapiya, mashq qildiruvchi terapiya, fitoterapiya, aralash usullar bilan ta’sir o‘tkazish)ni o‘z ichiga oladi. Aniqroq aytgand,a muolajalar turi bemorning ruhiy holati, kasallikning kechishi va qaysi bosqichda ekanligiga qarab tanlanadi.
Shuni bilish muhimki, bronxial astmani davolash kechiktirilganda, u zo‘rayib bir qancha og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin. Ya’ni o‘tkir o‘pka emfizemasi, o‘pka barotravmasi, yurak-tomir faoliyatining buzilishi ro‘y beradi. Shuning uchun ham bemorga tashxisni to‘g‘ri qo‘yib, davolashni boshlash va bunda kasallikning og‘ir-yengilligini hisobga olish juda-juda zarur.
Qadimgi tabiblar bronxial astmani yengillashtiradigan ko‘pgina davo usullarini tavsiya etishgan. Bular quyidagicha:
Piyozli muolaja
Tuxumdan kattaroq bitta piyozni tozalab qirg‘ichni katta teshiklaridan o‘tkazib yoki pichoqda to‘g‘rab bir kosaga solinadi, so‘ng darhol kosa atrofi mato bilan o‘raladi. O‘rtasi ochiq bo‘lishi kerak, ana shu ochiq joyga burun bilan og‘izni qo‘yib 5 daqiqa burun bilan, 5 daqiqa og‘iz bilan chuqur nafas olish kerak bo‘ladi. Nafas olganda burun bilan olib, nafas bilan chiqarish kerak, og‘iz bilan olganda burun bilan chiqarish kerak. Piyoz burundagi, bronxdagi yallig‘lanishni sekin-asta yo‘qotadi, tez-tez shamollashning oldini oladi va o‘sha zahotiyoq nafas olish birmuncha yaxshilanadi. Bu muolajani kasallik og‘ir bo‘lsa, birinchi 10 kunda uch mahal ovqatdan oldin, ikkinchi 10 kunlikda kuniga ikki mahaldan erta bilan nahorda va kechqurun uyqudan oldin bajariladi. Ikkinchi oydan boshlab har kuni bir marotabadan shu usul qo‘llanib turilsa, o‘pkaning yuqori nafas qismlari. Bronxlar yallig‘lanishlari ketib, nafas olish yaxshilanadi va bemor shifo topadi.
Behili muolaja Behi qadim zamonlardan shifobaxsh meva sifatida ma’lum bo‘lgan va uning bir qator ijobiy xususiyatlari haqida turli xil manbalarda bir qator fikrlar bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino tomonidan ham behi astma kaksalligini davolashda muvaffaqqiyatli qo‘llangan. Behi urug‘ining bir qoshig‘idan tayyorlangan mahsus damlama balg‘am ko‘chirishga va yengil nafas olishga yaxshi yordam beradi. Behi mevasi urug‘ini olib tashlab, ichiga dumba va asal solinadi, qopqog‘i opilib qog‘oz paketga solinib gaz pechida past olovda 25-30 daqiqa pishiriladi. Tayyor behi issiqligida iste’mol qilinadi, ajralib chiqqan shirasini ham ichish zarur, iste’moldan keyin chuqur nafas olish kerak, balg‘amlar pishib ko‘chishi osonlashadi. Muolajani 10 kun takrorlash lozim. Anjirli muolaja
Balg‘amni ko‘chirishda anjir bebaxo hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino tavsiyasiga binoan anjir mevasini sut bilan qo‘shib qaynatib ichilsa, balg‘am ko‘chiruvchi va yo‘tal qoldiruvchi vosita sifatida yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Anjir mevasi qoqisidan tayyorlangan damlama og‘ir yo‘talni qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. Damlamadan ovqatdan oldin kuniga 4-5 mahal bir piyoladan kamida 3 kun ichish tavsiya etiladi. Kunjutli muolaja
Abu Ali ibn Sino kunjut urug‘i bilan moyini teng miqdorda aralashtirib, astma kasalligida o‘n kun davomida kuniga uch mahal bir choy qoshiq miqdorida ovqatdan yarim soat oldin ichib turishni tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |