Bozor va uning tuzilishi,bozor iqtisodiyotning mazmuni,belgilari,uning afzallik va kamchilik tomonlarini o’rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakmi, yo’qmi degan savol turadi



Download 189,88 Kb.
bet8/10
Sana25.02.2022
Hajmi189,88 Kb.
#461815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTIGA O\'TISHNING O\'ZBEK MODELI VA UNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xulosa va takliflar
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarining alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas,balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir. O’tish davri quyidagi me’zonlar bilan tavsiflanadi: siklilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o’zgarishlarni qaytarilib turishligi),beqarorlik(turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o’zaro ta’siri),muqobillik(islohotlar va rivojlanish yo’llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimining yo’qolib ketishi,o’rniga boshqa tizimning vujudga kelishi,uning rivojlanishi). Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Jahon mamlakatlarining, shu jumladan, o`lkamiz xalqlarining tarixiy tajribalari shundan dalolat beradiki, iqtisodiyot har doim faqat uning o`ziga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Bu qonunlar inson irodasidan tashqarida harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini bajarmaydi. Shu bois, bozor iqtisodiyoti qonunlarini nazar-pisand qilmaslik yoki uni buzish og`ir iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"O'zbek" modeli o'z ananalarini saqlab qolgan holda o'zbek xalqi uchun ishlab chiqilgan yetuk modeldir. Hozirgi kunda "O'zbek" modeli rivojlanishda davom etyapti va umid qilamizki,kelajakda bu model jahon miqyosida juda mashhur bo'lishi bilan bir qatorda, AQSh, Xitoy, Koreya va boshqa davlatlarning modellari bilan bemalol raqobatlasha oladi.Buning uchun biz o'zbek xalqi, vatanimiz rivojlanishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz va bu davlatni rivojlantirishda davom etamiz.
Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtiso-diyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirra-lari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib Sh.Mirziyoyev asarida bu bosqich uchun bir qator vazifa -lar ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadr-sizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi.
To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish.
Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi. O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi. Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosa­batlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazi-falar to'liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllanti-rish bar bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi.


Download 189,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish