Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish amaliy topshiriq
1-topshiriq
Rossiyaning Samsung firmasi o‘zi doimiy potensial xaridorlarini o‘rganish jarayonida olgan ma’lumotlari quyidagi umumlashtirilgan ko‘rinishda berilgan:
Potensial televizor xaridorlarining yosh bo‘yicha tarkibi:
-18 yoshgacha-3%
-19-24 yoshgacha-16%
-25-29 yoshgacha-12%
-30-39 yoshgacha-27%
-40-49 yoshgacha -20%
-50-59 yoshgacha-12%
-60 va undan yuqori 11%
Potensial televizor xaridorlarining taqsimlanishi ularning bandligi yoki mashg‘ulotlar bo‘yicha bog‘liqligi:
Oliy ma’lumotli mutaxassislar 26,6%
Texnik xodim -14,3%
Uy bekalari -10,7%
Nafaqadagilar -11,9%
Talaba -8,7%
Menejerlar - 6,7%
Ishsizlar - 4,5%
Malakasiz ishchilar -2,7%
Boshqa kasbga yo‘naltirilgan, o‘zlarini kategoriyaga tegishli hisoblaganlar- 2%
Javob berishga qiynalganlar- 4%
Jami -100%
Potensial televizor xaridorlarining daromad darajasiga mos holda taqsimlanishi:
Boylar -6%
O‘rta sinf- 52%
Kambag‘al -8%
Qashshoqlar- 3%
Samsung firmasi televizorlarining faol xaridorlari segmentini tasnif lang.
Samsung firmasining maqsadga yo‘naltirilgan iste’molchilar guruhlarini aniqlang.
-Firmaning Rossiya bozorlarini segmentlashda qo‘llaydigan belgi larni aniqlang.
-Sizning firmangiz segmentatsiyaning qaysi belgilaridan foyda lanadi.
-Sizning firmangiz bozorni egallashi uchun qaysi strategiyani qo‘llab quvvatlaydi. Tushuntiring. Nima uchun?
2-vаzifа. Xаridorlаr oziq-ovqаt, turаr joy, trаnsport vа boshqа kаtegoriyalаr uchun sаrflаgаn mаblаg’lаr hissаsi turlichа bo’lishi mumkin. Mаshhur *Engel qonuni* mаvjud bo’lib, ungа binoаn insonlаr boyib borgаn sаri oziq-ovqаtgа sаrflаnаdigаn xаrаjаtlаr hissаsi kаmаyib borаdi. Mаsаlаn, Hindistondа аholi dаromаdining 52 foizini oziq-ovqаtgа sаrflаydi, mаzkur ko’rsаtkich АQSHdа 10 foizni, Germаniyadа 12 foizni, Erondа 37 foizni tаshkil etаdi. Buning sаbаblаrini tushuntirib bering.
3-vаzifа Mahsulot nima?
Mijozlar “qanoatlanish” yoki “rohatlanish”ni sotib oladi, detallarni emas.
Mahsulot (GM - Malibu) Xizmat (Uzairways) GM va Uzairways faqatgina mahsulot yoki xizmat sotmaydi, balki “rohatlanishni” sotadi. Shuning uchun iste’molchilarni to‘laqonli guruhlarga bo‘lib o‘rganish zarur.
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy, demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra segmentlarga ajratish mumkin. Shu ikki mahsulotni turkumlanishini tushuntirib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |