Бозор ўринбоев


Ko‘rish bilan bog‘liq ko‘rgazmalilik



Download 3,3 Mb.
bet45/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

Ko‘rish bilan bog‘liq ko‘rgazmalilik. Bunga yozuvchi va shoirlarning portretlari , asarlarga illyustratsiyalar ,yozuvchi /adib/ hayoti va ijodiga aloqador bo‘lgan joylar fotografiyasi yoki yozuvchining hayoti,asari bilan bog‘liq fotosuratlar , v. b. kiradi.
Har holda eng kamida darslikdagi rasm namunalari shu vazifani bajarishi mumkin. Ishda hajmi qo‘shimcha texnik vositalarni talab qilmaydigan reproduksiyalardan foydalanish ham qulaylik tug‘diradi. Otkritka ko‘rinishidagi rasmlardan tarqatma material sifatida foydalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki ,bu holda har bir o‘quvchining qobiliyati va imkoniyatini ham nazarda tutish mumkin bo‘ladi .
Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishga doir albomlarda tasviriy san’at asarlaridan namunalargina emas, yozuvchining o‘zi va zamondoshlari aytgan fikrlar, xatlardan namunalar bo‘lishi mumkin. Tasviriy va hujjatli materialning bir xildagi birlashuvi albomlardan darsda ham, sinfdan tashqari ishlarda ham, yakka mashg‘ulotlarda ham foydalanish imkonini beradi.
Diafilm va diapozitivlar ham asosan shunga yaqin pedagogik vazifalarni bajaradi.
Adabiyot darslarida ko‘rgazmalilikning yana bir turi xarita-sxemalar bo‘lishi mumkin. Har bir jadval va sxemalar ham o‘quvchilar bilimini mustahkamlash bilan birga ularning adabiy – estetik rivojlanishlarida omil bo‘lishi shubhasiz. Xususan, O‘rxun - Enisey obidalari, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiridsin Muhammad Bobur, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Hamza Hakimzoda Niyoziy singari shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o‘rganishda bunday xarita-sxemalardan foydalanish katga samara beradi. Masalan, Muqimiyning hayoti va ijodini o‘rganishda adib borgan, asarlarida tasvirlangan shahar va qishloqlarni ko‘rsatib beruvchi xarita-sxemalardan foydalanish mumkin. Bunda adibning shaxsiy hayoti, ayniqsa, «Sayohatnoma»laridagi geografik nomlar asos vazifasini ado etadi. Qolaversa, bu yo‘l bilan predmetlararo aloqaning o‘ziga xos tomonlariga ham ro‘para kelinadiki, bu holat o‘quvchilarning turli sohadagi bilimlarini bir erga jamlash, ulardan amalda foydalanish zaruratini yuzaga chiqarada.
Aslida, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda akademik litseylarda o‘rganiladigan har bir shoir va yozuvchining ijodi haqida shunday xarita-sxemalarni tuzish imkoniyati mavjud. Bunda har bir o‘qituvchi o‘ziga yaqin bo‘lgan mahalliy materiallardan ham foydalansa, nur ustiga nur bo‘lar edi.
X.Sh.Yandarievning ko‘rsatishicha, xarita-sxemalarni yaratishda «asarlarga chizilgan illyustratsiyalar, biografik materiallar, gazega va jurnallardan qirqib olingan parchalar, nodir va nashr etilmagan rasmlar, maktublar» va boshqalardan foydalanish mumkin. «Karta-sxemalar o‘zining maqsadi, darslarni rang-barang qilish, uni mumkin bo‘lgan darajada tig‘izlashtirish, unga o‘quvchilarning adabiy bilimlarni olishga qiziqishlarini va ijodiy faolliklarini oshirish, shunday qilib, ular mehnatining mazmunli va quvnoq bo‘lishi uchun qo‘shimcha (jumladan, o‘lkashunoslikka oid) materiallarni jalb qilishdan iborat»11.
Yana bir muhim holat mavjud: darsda, mashg‘ulotlarda oq-qora tasvirdan ko‘ra rangli rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiqroqdir12. Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiridsin Muhammad Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarning turli yillarda nashr etilgan namunalari bu jihatdan bebaho manba va material bo‘la oladi.
Yozuvchi va adiblarimizning turli davrlarda yaratilgan rangli rasmlari, portretlari, oilaviy yoki ijodiy davralardagi rangli fotosuratlari ham o‘quvchilar qiziqishiga mos va munosib bo‘ladi. Rus adabiyoti haqida gapirib, professor E.N.Kolokolsev shunday yozadi: «Portret janri o‘quvchilarning tasavvurlarshi oydinlashtirishga yordam beradi»1 Buning natijasida o‘quvchilarda adib shaxsi haqidagi fikr-mulohazalari tiniqlashadi, ularning real insoniy qiyofasini aniqroq tasavvur etadilar.
Tinglash bilan aloqador ko‘rgazmalilik ham alohida mavqega ega. Adib yaratgan tovushli obrazlarni eshitish, his qilish va baholash ham beqiyos ahamiyatga ega. G‘.G‘ulom, Oybek ,H. Olimjon E.Vohidov,A.Oripovlarning tovushlari yozilgan plastinka va magnit tasmalari amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan manbalardir.
Musiqa va badiiy-ifodali o‘qish adabiyot o‘qish jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishda katta ijobiy rol o‘ynaydi. Masalan, quyi sinflarda ertak va dostonlarni, xalq qo‘shiqlarini faqat eshitish emas, balki xalq baxshilari, laparchilari, qo‘shiqchilarining ijrosini kuzatish ham maroqli va ta’sirli bo‘ladi.
Har qanday sifatli va zamonaviy texnik vositalar ham bevosita muloqot nuqtai nazardan o‘qituvchi nutqining o‘rniga teng kelolmaydi. O‘qituvchi o‘zi matnni o‘qiganida istagan vaqtda uni uzishi, tegishli zaruriy izoh va tushuntirishlar berishi, o‘quvchilardan so‘rashi mumkin. Bugina emas, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ifodali o‘qishi mutlaqo boshqacha samara beradi. Bunda o‘quvchining ijodiy-ijrochilik qobiliyati o‘sadi. Demak, eshitish bilan bog‘liq ko‘rgazmalilikda ham o‘qituvchi tegishli pedagogik va metodik talab hamda me’yorlarga amal qilishi shart.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish