Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo’yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.
Koordinator-loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik, ularni amalga oshirishni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish.
O’quvchilar – ta’lim oluvchilar.
AMALIY MASHG‘ULOTLARNING TEXNOLOGIK XARITASI -
1-MAVZU | Adabiyot o‘qitishning nazariy va pedagogik asoslari | (amaliy – 2 soat) 1.1. Amaliy mashg’ulotni olib borish modeli -
Mashg‘ulot shakli | Axborotli Talabalar soni – 5 ta | Ma’ruza rejasi |
Ko’rish bilan aloqador ko’rgazmalilik
Eshitish bilan aloqador ko’rgazmalilik
Xarita-sxema
Sintetik vositalar
| O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish. | Pedagogik vazifalar: | o‘quv faoliyati natijalari: | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar. | Fan haqida umumiy tushuncha berish. | Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar. | O‘qitish vositalari | O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska | O‘qitish usullari | blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum | O‘qitish shakllari | frontal, kollektiv ish | O‘qitish sharoiti | kompyuter, proektor | Monitoring va baholash | Og‘zaki savollar, blits-so‘rov | Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi -
Ish bosqich-lari | O‘qituvchi faoliyatining mazmuni | Tinglovchi faoliyatining mazmuni | 1-bosqich. Mavzuga kirish (20 min) | O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Baholash mezonlari (2 – ilova). Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ). 1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova). | Tinglaydilar. Tinglaydilar. | 2 -bosqich. Asosiy bo‘lim (50 min) | 2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi. 2.2.amaliy mashg’ulot rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. 2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi. | Tinglaydilar. Tinglaydilar. UMKga qaraydilar UMKga qaraydilar Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. | 3- bosqich. Yakunlovchi (10 min) | Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi. 3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi. 3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi. | Savollar beradilar. UMKga qaraydilar. UMKga qaraydilar. |
Yan Amos Komenskiyning ta’kidlashicha, «Mumkin bo‘lgan hamma narsa tuyg‘ularning his etilishi uchun etkazilishi kerak»9. Boshqa bir yirik pedagog K.D.Ushinskiy esa shunday yozadi: «Bola xotirasida nimanidir o‘rnab qolishini istagan pedagog imkoni boricha ko‘proq sezgi organlari: ko‘z, quloq, tovush, muskul harakatlari tuyg‘usi, hatgo, mumkin bo‘lsa, hidlash va ta’m bilishni ham eslab qolishda ishtirok etishi haqida qayg‘urishi kerak»10.
Badiiy adabiyot borliqni jonli manzaralar, obrazlar orqali aks ettiradi. Tabiatiga ko‘ra adabiyotning o‘zi borliqning ko‘rgazmali tasviridan iborat. Ammo adabiyot darslarida san’atning boshqa turlari: kino, televidenie, musiqa, tasviriy san’at ham yordamga kelishi mumkin. Bular adabiyot darslariga qo‘shimcha axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘quvchilarda estetik tuyg‘ularning shakllanishi va rivojiga imkon beradi, shuningdek adib yaratgan obrazlarning o‘quvchi ongida yanada puxtaroq muhrlanishiga yordam beradi. Hozirgi paytda turli kinoapparatlar, televizor, epidiaskop, magnitofon v.b. har bir maktabda mavjud. Bularning hisobiga ko‘rgazmali qurollar doirasi yanada kengaydi.
Ko‘rgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan jiddiy farq qiladi va boshqa-boshqa maqsadlarni ko‘zda tutadi. To‘garak ishlarida, fakultativ mashg‘ulotlarda v.b.da o‘qituvchi biror tasviriy san’at, musiqa asari, tele yoki kinofilm bilan tanishtirish vazifasini qo‘yishi mumkin. Bu albatta o‘quvchilarning adabiy asarlarni o‘zlashtirishlariga muayyan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Darsda esa ko‘rgazmalilik o‘quvchilarning asarni o‘zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo‘llanishi mumkin.
Adabiyot darslaridagi ko‘rgazmalilikning bosh vazifasi o‘quvchilarga adabiy asarni idrok etishda ko‘maklashish, yozuvchi ijodini to‘laroq tasavvur etishga yordamlashish, adabiy-nazariy tushunchalarni egallashga qo‘shimcha imkon yaratish, o‘quvchilar nutqini o‘stirishni ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat.
Ko‘rgazmalilikning vazifalari nihoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Hozirda ko‘rgazmalilikning turlari xilma-xil: illyustrativ-badiiy hamda grafik /chizma/ materiallar, gramofon yozuvi va radioeshittirishlar, kinofragment va o‘quv filmlari, telefragment va televizion darslar v.b. Ularning har biri ko‘rish, eshitish, sintetik shakldagi ko‘rgazmalilikka tegishli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |