Бозор ўринбоев



Download 3,3 Mb.
bet13/69
Sana21.05.2022
Hajmi3,3 Mb.
#606066
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
maxsus fan. majmua 1 (2) - копия

Savol va topshiriqlari:

  1. Filologik ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishning konseptual asoslari fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Ta’limga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishning qanday konseptual asoslari mavjud?

  3. Xorijiy tajribalaridan foydalanishga doir qanday muammolar mavjud?

  4. Ta’limda integratsiyalashuv qanday natijalarni berdi?
3-MAVZU
Badiiy matn bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari
(ma’ruza – 2 soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish modeli
Mashg‘ulot shakli
Axborotli
Talabalar soni – 5 ta
Ma’ruza rejasi

  1. Badiiy asar tahlilining yetakchi tamoyillari va bosqichlari.

  2. Mavzu va muammoning tahlil yo‘nalishini belgilashdagi o‘rni.

  3. Badiiy tahlilda shakl va mazmun mutanosibligi.

  4. Tahlilda obyekt va subyekt munosabati.

  5. Badiiy asarning ilmiy va o‘quv tahlili.

  6. Tahlilda tur va janrga xos xususiyatlarni hisobga olish.

  7. Tahlilda ilmiy maktablar.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish.
Pedagogik vazifalar:
o‘quv faoliyati natijalari:
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar.
Fan haqida umumiy tushuncha berish.
Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish.
Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar.
O‘qitish vositalari
O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska
O‘qitish usullari
ma’ruza, blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum
O‘qitish shakllari
frontal, kollektiv ish
O‘qitish sharoiti
kompyuter, proektor
Monitoring va baholash
Og‘zaki savollar, blits-so‘rov
Ma’ruza mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi
Ish bosqich-lari
O‘qituvchi faoliyatining mazmuni
Tinglovchi
faoliyatining mazmuni
1-bosqich.
Mavzuga
kirish
(20 min)
O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.
Baholash mezonlari (2 – ilova).
Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ).
1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova).
Tinglaydilar.
Tinglaydilar.
2 -bosqich.
Asosiy bo‘lim
(50 min)
2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi.
2.2.Ma’ruza rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (Ma’ruzada berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi.
2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar.
UMKga qaraydilar
UMKga qaraydilar
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
3- bosqich.
Yakunlovchi
(10 min)
Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.
3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi.
3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.
Savollar beradilar.
UMKga qaraydilar.
UMKga qaraydilar.



Badiiy adabiyotni ongli va ijodiy o‘qishga o‘rgatish bugun har doimgidan ko‘ra ham kattaroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada badiiy matn tushunchasi, uni tahlil qilish tamoyillari ayricha ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham o‘rganishadi. Matnning lingvistik tahlili esa tobora ko‘proq e’tibor qozonayotganligi bejiz emas.
Badiiy asar matnini o‘rganish bilan adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham juda qadim zamonlardan buyon shug‘ullanib kelgan, deb aytishimiz mumkin. SHuning uchun ham bu masala fanda an’anaviy mavzular qatorida turadi, biroq haligacha mana shu qadimiy muammoning qorong‘i nuqtalari, bahstalab o‘rinlari oz emas.
Garchi oliy o‘quv yurtlaridagi bir qator fanlar: adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi, badiiy matnning lingvistik tahlili, badiiy asarni tahlil qilishning zamonaviy metodlari, ona tili va adabiyot o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari yo bevosita, yo bilvosita badiiy matn tahliliga aloqador bo‘lsa-da, haligacha ularning eng samarador va amaliyot uchun eng qulay turlari ustidagi bahslar davom etmoqda. Bunda asar tili alohida e’tiborda tutiladi.
Badiiy asar shakli tushunchasi «moddiy substrat»dan, ya’ni tildangina iborat emas, vaholanki, badiiy asar shaklini tashkil etuvchi elementlar sirasida (masalan, kompozitsiya bilan yonma-yon tarzda) so‘z materialiga, uning tuzilishiga etakchi o‘rin xosdir. SHakl elementlari orasida mazmunning kategoriyalari hisoblanadigan g‘oya, obraz, syujet, motiv, vaziyat v.b. bilan eng mustahkam va bevosita bog‘lanib ketadigani tildir. Bu munosabatlarning shunday turiki, ular hatto bir-birlariga o‘tib turishlari va aylanishlari bilan xarakterlanadi5.
«Badiiy matnni tadqiq etayotgan adabiyotshunos va tanqidchi uchun eng muhim mazmun kategoriyalari g‘oya va obrazdir. Darhaqiqat, g‘oya va obraz ajralmasdir, zero badiiy obraz mazmuni badiiy asar g‘oyasini tashkil etadi. San’at sohasida mazmunni yaratish, birinchi navbatda obrazni yaratish sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ochiq ko‘rinib turibdiki, badiiy asar mazmunining umumiy talqini, ochilishi va baholanishida tilning ahamiyati nechog‘lik kattadir. Shunga qaramay, badiiy matn tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlarda g‘oya-obraz va til mutanosibligi masalalari turlicha ko‘rib chiqiladi»6.
«Ulardan bittasini qayd etaylik: struktur-lingvistik metod o‘z tabiatiga ko‘ra ikkiyoqlama bo‘lgan ob’ektning bir tomonini - tilni o‘rganishga, (biroq nutqni o‘rganishga emas) yo‘naltirilgan, ayni paytda adabiyotshunos konkret «nutqiy» mavjudlik bilan (mavhum «til» hodisalari bilan emas) bilan mashg‘ul bo‘ladi»7.
Tilshunoslik faoliyatining bitta sohasi badiiy asar tili va uslubini, jumladan, yozuvchining individual uslubini o‘rganishdan iboratdir. Biroq, sof tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganiladigan yo‘nalishda badiiy asarning butunligiga ko‘ra uning mazmun alomatlarini to‘la qamray olmaydi.
Biz bir asar tilini tahlil qilishni rejalashtiraylik. Buning uchun e’tiborda tutilishi shart bo‘lgan ayrim xususiyatlar borki, biz ularni esda tutishimiz kerak. Bular:

  1. o‘quvchilarning oldingi sinflarda ona tili va adabiyoti darslarida
    olgan bilimlari;

  2. ularning adabiy-nazariy tayyorgarliklari;

  3. matndagi asosiy tasvir vositalarini aniqlay olish hamda ularning
    shu matnda bajarayotgan vazifalarini tahlil qila olishga oid malaka va
    ko‘nikmalari.

Badiiy asar tilini tahlil qilishda ham uzviylik hamda uzluksizlik asosiy tamoyil bo‘lib qolishi kerak. SHunga ko‘ra badiiy asar tilini o‘rganishda ham o‘quvchilarning bu sohadagi bilimlarining bosqichma-bosqich ortib borishiga e’tibor qaratish lozim.
Buni shunday tasavvur qilsak bo‘ladi:

  1. Poetik til haqidagi dastlabki ma’lumot.

  2. «Poetik nutq» tushunchasi.

  3. Poetik matnning sintaktik qurilishi.

  4. Badiiyat va tasvir vositalari mutanosibligini umumlashtirish.

Barcha bosqichlardagi asosiy urg‘u til sathlari, adabiyotshunoslik fanlari, predmetlararo aloqalarni e’tiborda tutgan holda shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarga qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Biz Xorazmiy haqida gapirganimizda, jumladan, shunday deymiz: «Xorazmiyning tili nihoyatda shirali. U o‘zbek tilining nozik va nafis ichki imkoniyatlarini muhabbat bilan namoyish eta olgan. «SHakardek til», «tong yoqtusitek», «tan ichra jon», «arslon yurak», shuningdek, «oldini tutmoq», «oldin kechmoq», «er o‘pmoq», «elga bermoq» kabi ifodalar Xorazmiy tilining nafosatini belgilab beradi. Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, YUsuf, Hotami Toy, Rustam, Ali, Muhammad Xo‘jabek singari tarixiy hamda afsonaviy nomlar uchraydi. Muallif o‘rni-o‘rni bilan arabcha va forscha so‘zlardan ham ustalik bilan foydalanadi. SHuning uchun ham «Muhabbatnoma» o‘zbek tili tarixini o‘rganish uchun ham boy manba bo‘la oladi. Uning o‘sha davr tilining badiiy yodgorligi sifatidagi qadri balanddir».
Bu gaplar mag‘zini chaqish uchun esa Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si tili ustida ishlash talab etiladi.
Buning uchun darslik materialiga murojaat qilamiz: Nomalar oshiqning o‘z ma’shuqasiga dil izhorlari tarzida yozilgan. Ularda ma’shuqa ta’rifi asosiy o‘rin tutadi. Birinchi nomaning dastlabki misralariyoq xuddi shu tarzda boshlangan. Ma’shuqaning ko‘rki tengsiz. U ko‘rklilarning podshohi uning go‘zalligi haqidagi madh (husnung sipohi) olamni tutgan.
Ma’shuqa - pariruxsor. Ammo pariruxsorlarning ham go‘zali-ko‘rkaboyi.
Yuz, qosh, ko‘z, xol, bo‘y (qad) tasvirlari nihoyatda xilma-xil holatlarda juda go‘zal va original tarzda tasvirlanadi:
Pari ruxsoralarning ko‘rkaboyi, Yuzung navro‘zu ko‘zing bayram oyi
Umuman, asarda haqiqiy go‘zallikni ta’rif va tasvir etish, insoniy muhabbat tuyg‘ularini samimiy ifodalash, inson qalbidagi nozik kechinmalarni qalamga olish asosiy o‘rin tutadi. Bu goh ma’shuqa va saboga murojaat, goh oshiq qalb izhori tarzida namoyon bo‘ladi. Ularning barchasiga xos xislat-yuksak badiiyatdir. Adibning o‘xshatish va sifatlashlaridan boshlab, tanlagan vazni, janri, qofiya va radiflarigacha ana shunday nozik badiiyatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi.
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o‘z yurtim butun — Olam aro atagan tanho. Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq, Qanotida kumush diyori. Bir o‘lka bor dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O‘zbekiston - Vatanim manim.
Abdulla Oripov «O‘zbekiston» she’rini Vatan mavzusida yaratdi. Unda vatanparvarlik g‘oyasi ilgari surildi. Aslida bu she’r millionlab o‘zbeklarning ijtimoiy bosim ostida tomog‘ida qadalib turgan hayqiriq sifatida yuzaga chiqdi. Zero, she’r yozilgan paytda O‘zbekiston mustaqilligi haqida gap ham yo‘q edi.
Shoir O‘zbekistonni baland va o‘z ovozi bilan YUrtim - Vatanim deya oldi. Vatan tasviri esa mutlaqo o‘ziga xos tarzda qalamga olindi. Adib avval yurt tarixini esga oladi. Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoyidek buyuk insonlarning bevosita o‘zbek xalqiga mansubligining o‘zi faxr va iftixor manbai bo‘la olishini ta’kidlaydi. Abdulla Oripov ta’rifidagi O‘zbekiston «bitilmagan dostondir».
Shoir vatanparvarlik g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun tasvirning o‘ziga xos usullarini tanlaydi. Ayniqsa, asarning tili mutlaqo o‘ziga xos. U shiradorligi, ohangdorligi, serjiloligi bilan ajralib turadi. SHe’r barmoqning nihoyatda o‘ynoqi vaznida yozilgan. O‘n besh bandli bu asarning har bir bandida poetik fikrning o‘ziga xos rivojini kuzatish mumkin. Ana shu rivoj bevosita uning tili bilan ham bog‘liqdir. O‘quvchilar bilan she’rni tahlil qilishda har bir banddagi tayanch so‘zlarni belgilash, har bir banddagi asosiy g‘oya va uning ifodalanish tarziga diqqat qilish yaxshi samara beradi.
She’rdagi badiiy tasvir vositalari ustida ishlash jarayonida ham (o‘xshatish, sifatlash, tazod, ta’did ...) asar tilining o‘ziga xosliklarini kuzatish imkoniyati bo‘ladi.
Ma’lumki, akademik litseylarning 3-bosqichida Abdulla Oripovning hayoti va ijodi ham o‘rganiladi. Jumladan, u erda «Hangoma» asarini o‘rganish imkoniyati mavjud. Biz ushbu asar tili bilan bog‘liq tahlil namunasini Q.YOdgorov tadqiqotiga suyangan holda havola etamiz.
Ma’lumki, matn bir marta to‘liq o‘qib chiqilganidan keyin uning yax-litligini idrok etish mumkin bo‘ladi. Ammo bu yaxlitpikning alohida-alohida qismlardan iborat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Zero, «matnning butunligiga ichki ma’no rivojidagi qismlar va butunlik-ning o‘zaro aloqalari tufayli eriishladi»8. Bizning misolimizda u alohida-alohida bandlardan iboratdir, Mana shu bandlarning muallif taqdimi va talqinidagi ketma-ketligi matn yaxlitligini ta’minlagan.
Endi matnning o‘zini ko‘rib chiqaylik. Matnni shartli ravishda uch kismga ajratish mumkin:
To‘y xabari va yo‘lga chiqish.
Ikki cholning adashib qolganliklarini sezishlari.
Qaypish.
Voqea shunday boshlanadi:
Qor yovardi bo‘ralab, Qolishmasdi dovuldan. To‘yga aytib ketishdi SHundoq qo‘shni ovuldan.
She’rda voqeabandlik bo‘lganligi uchun ham bandlar orasidagi mantiqiy aloqadorlikni anglash unchalik siyin emas.
Ko‘rinib turibdiki, matn dastlab oddiy xabar bilan boshlanmoqda. undan keyingi voqelar rivoji uchun asos bo‘lgan hodisa «qo‘shni ovuldan to‘yga aytib» ketishgani. E’tiborni keyingi to‘rtlikka qarataylik.
Yo‘lga chiqdi ikki chol, To‘yga borish qarz, beshak, Birovi otga mindi, Birovi mindi eshak.
Dastlabki misrada berilgan umumlashtiruvchi so‘z («ikki chol») oxirgi ikki misrada alohida-alohida ko‘rsatilyapti. Yo‘lga chiqish, mas’uliyatni anglash (to‘yga borish qarz, beshak)dagi umumiylik bilan, ulovlardagi ayirma yaxlit holda o‘quvchining ko‘z oldida gavdalantiriladi. Bu erda inversiyaning oddiygina ishtiroki ham gap ta’sirchanligini oshirishda favqulodda vazifa bajargan. Garchi oxirgi ikki gapning qurilishi yaqinday tuyulsa-da (har ikki gap ham ega bilan boshlanyapti, buning ustiga egadan keyin bor-yo‘g‘i ikkitagina so‘z ishtirok etyapti xolos), ularning ichki tuzilishida keskin ayirma seziladi. Bu ayirma kesim tarkibi bilan bog‘liq. Birinchi holatda u odatdagi tartibda (otga mindi) ko‘zga tashlanadi. Keyingi holatda esa mana shu odatdagi tartibning o‘zgartirilishi bilan adabiyotshunoslikda «poetik effekt» deb yuritiladigan hodisa sodir bo‘ladi. So‘z ma’nolarining tovlanishida yangicha bir jilo paydo bo‘ladi.
Bandda har ikki cholning to‘yga borish sabablari, ulovi alohida ko‘rsatilgan. Keyingi bandlarda voqealarning rivoji ma’lum darajada mana shu ulovlar bilan aloqador holda kechadi:
Qor-chi, hamon yog‘ardi, YOg‘ar edi gupillab. Yo‘lni eshak boshladi, Ot ergashdi lo‘killab.
Agar birinchi bandda qorning ancha shiddat bilan yog‘ayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu bandda uning davomiyligi, uzluksizligiga urg‘u berilgan. Oldingi holatda gap shaxslar ustida borayotgan edi. Bu erda ulovlarning harakatiga e’tibor tortilgan. Dastlabki holatda ulovlar «harakatsiz» bo‘lib, shaxslar harakatda ko‘rsatilgan edi. Keyingi bandlarda harakat asosan tabiat manzaralariga, shuningdek, ikki ulovga «yuklanadi». Hozirgi bandning keyingi qismidagi «eshak boshladi» va «ot ergashdi» qismlari shu misralardagi gapning ma’noviy asosini tashkil etadi. SHoir birinchi gap oldidan to‘ldiruvchi, ikkinchi gapga esa holni qo‘shish bilan mana shu bir xillikni silliqlab yuborgan, uni sezilmaydigan darajaga keltirgan. Buning yoniga qofiyadagi ohangdoshlik va kompozitsiyadagi yaxlitlik ham qo‘shilib she’rning ta’sirchanligini juda kuchaytirib yuborgan.
Abdulla Oripov tasvirning juda o‘ziga xos usulini tanlagan. U manzaralarning tez-tez almashib turishini ta’minlagan.
SHu she’rni tahlil qilgan A.Hamdamov ko‘rsatib o‘tganiday: «CHigal sharoitga tushib qolgan odamlar, ko‘pincha, bu ahvolning haqiqiy sababini qidirib o‘tirmasdan, shu holatga sabab bo‘lgan kishini so‘ka boshlaydilar. “Hangoma” sherining qahramonlari ham bu «an’anati davom ettirishadi:
- Qora qishda to‘y silmay Battar bo‘lgur, nokas, gov. Bachchag‘arning aslida Fe’li sovuq edi-yov.
Voqea sodir bo‘layotgan vaqt ham shoir tomonidan bir necha marta turli usul va shakllarda eslatiladi.
SHu tarzda dastlabki tanishuv tahlili amalga oshadi. So‘ng matndagi ayrim so‘zlar ustida to‘xtash mumkin bo‘ladi. Bular:

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish