Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini


Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana31.12.2021
Hajmi4,27 Mb.
#233391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
moliyaviy natijalar hisobi ularning korsatkichlari tahlil qilish

Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati 

 

Tovar-pul    munosabatlari  sharoitida  korxona  darajasida  sof  daromad  foyda 

shaklini  oladi.  Tovarlar  bozorida  korxonalar  nisbatan  alohida  tovar  ishlab 

chiqaruvchi  bо‘lib  maydonga  chiqadilar.  Bozorda  mahsulotga  narx  belgilab,  uni 

iste’molchilarga sotadilar. 



Sotish  natijasida  ular  pul  tushumini  oladilar,  bu  esa  daromad  olinganligini 

anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishda 

ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak. 

Agar  tushum    xarajatlardan  yuqori  bо‘lsa,  moliyaviy  natija    foyda 

olinganligidan  dalolat  beradi.  Tadbirkor  doimo  foyda  olishni  о‘z  oldiga  maqsad 

qilib qо‘yadi, lekin bunda doim ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga teng 

bо‘lsa, u faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qoplagan bо‘ladi, 

xolos.  Bunda  zarar  kо‘rilmaydi,  lekin  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnik  va  ijtimoiy 

rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi. 

Agar korxona xarajatlari tushumidan kо‘p bо‘lsa, u zarar kо‘radi, ya’ni salbiy 

moliyaviy  natijaga  erishadi.  Bu  holatda  uni  ancha  murakkab  moliyaviy  ahvolga 

solib qо‘yadi. 

Foydani  bozor  munosabatlarining  о‘ta  muhim  toifasi  sifatida  talqin  etish 

mumkin. 


1. 

Foyda  korxona  faoliyati  natijasida  olingan  iqtisodiy  samarali 

xarajatlaydi.  Lekin  yagona  foyda  kо‘rsatkichi  yordamida  korxona  faoliyatining 

barcha  tomonlarini  baholab  bо‘lmaydi.  Bunday  universal  kо‘rsatkichning  bо‘lishi 

ham  mumkin  emas.  Aynan  shuning  uchun  korxonaning  ishlab  chiqarish,  xо‘jalik 

va  moliyaviy  faoliyatni  tashkil  qilishda  kо‘rsatkichlar  tizimidan  foydalaniladi. 

Foydaning ahamiyati shundaki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan 

birga  uning  miqdori  va  о‘zgarishiga  korxonaning  xarakterlariga  bog‘liq  bо‘lgan 

hamda bog‘liq bо‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlantiruvchi funksiyani 

bajaradi.  Buning  mazmuni  shundan  iboratki,  foyda  bir  vaqtning  о‘zida  moliyaviy 

natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. О‘z-о‘zini 

moliyalashtirish  tamoillarining  real    ta’minlanishi  olingan  real  ta’minlanishi 

olingan  foyda  bilan  belgilanadi.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  tо‘lovlar 

tо‘langandan  keyin  korxona  ixtiyoriga  qoladigan  sof  foyda  korxonaning  ilmiy-

texnik  va  ijtimoiy  rivojlanishini,  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantirishni 

moliyalashtirish uchun yetarli bо‘lishi kerak. 




2. 

Foyda  turli  darajadagi  byudjetni  rag‘batlantirish  manbalaridan  biri 

bо‘lib  hisoblanadi.  U  soliqlar  kо‘rinishida  byudjetlarga  kelib  tushadi  va  boshqa 

daromadlar  tushumlari  bilan  bir  qatorda  ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirishni 

moliyalashtirish, davlat tomonidan о‘z faoliyatini bajarishni ta’minlash, davlatning 

investitsiya,  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnik  va  ijtimoiy  dasturlarni  amalga  oshirish 

uchun ishlatiladi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  foydaning  ahamiyati  juda  katta.  Foyda  olishga 

intilish  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  iste’moliga  kerak  bо‘lgan  mahsulot  ishlab 

chiqarish,  hajmlarini  oshirishga,  ishlab  chiqarishga  ketadigan  xarajatlarni 

kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlikning 

maqsadiga,  balki  ijtimoiy  ehtiyojlar  qondirilishiga  ham  erishiladi.  Zararlarni  ham 

о‘z о‘rni bor. Ular mablag‘larni yо‘naltirishda, ishlab chiqarishni  tashkil qilishda 

va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi. 

Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi. 

Lekin  korxonaning  xо‘jalik  va  moliyaviy  faoliyatini  rejalashtirishda  hamda 

baholashda,  korxona  ixtiyoriga  qolgan  foydani  taqsimlashga  foydaning  aniq 

kо‘rsatkichlari  ishlatiladi.  Foyda  bu  korxonaning  mahsulot  sotishdan  olingan 

foydasi (zarari) bilan  mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan 

foydalari  (zararlari)  yig‘indisidir.  Mahsulot  sotish  deganda,  nafaqat,  natural-

moddiy  shaklga    ega  bо‘lgan  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  sotish,  balki  ishlarni 

bajarish,  xizmatlar  kо‘rsatish  hamda  yuritish  tushuniladi.  Oxirgi  moliyaviy  natija 

sifatida  foyda  korxonaning  barcha  xо‘jalik  operatsiyalarining  buxgalteriya  hisobi 

va balans moddalarini baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi 

shu bilan bog‘liqki, korxona ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil 

yakuni bо‘yicha tuziladigan balansida aks etadi. 

Moliyaviy  natijalarning  auditi  ma’lum  hususiyatga  ega  bо‘lib,  ularni 

quyidagicha ifodalash mumkin: 

- moliyaviy natijaning shakllanishi bir qancha kо‘rsatkichlarga bog‘liq; 

- moliyaviy  natija  hisobot  davridagi  korxona  faoliyatinining  yakuni 

hisoblanadi; 



- korxonaning  foyda  bilan  ishlashi  yoki  hisobot  davrini  zarar  bilan 

yakunlanishi  moliyaviy  natijalarni  shakllantiruvchi  kо‘rsatkichlarga  bevosita 

bog‘liq bо‘ladi; 

- moliyaviy  natijalarga  oldindan  aniq  bо‘lmagan  xavf-xatarlar,  tasodifiy 

xodisalar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 




Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish