Xizmat ko’rsatish bozori – bu bozorning rivojlanganligi, aholining moddiy ne’matlar bilan yaxshi ta’minlanganligini ifodalaydi. Xizmat ko’rsatish bozori o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: kommunal-maishiy xizmat ko’rsatish, turistik, transport vositalari bilan ta’minlash tibbiy xizmat ko’rsatish, repetitorlik xizmati, axborot vositalari bilan ta’minlash xizmati va h.k. Iqtisodiyotning rivojlanishi bilan xizmat ko’rsatishning yangi shakllari vujudga keladi
Uy-joy bozori – bu bozor iqtisodiyotning o’tish davrida vujudga keladi. Ma’ulmki, bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida uy-joy xususiylashtirildi. Uy-joy bozorining rivojlanishi ish kuchi migrasiyasiga ta’sir etadi. Ishchilar erkin ravishda o’zlarining ish joylarini o’zgartirish imkoniga ega bo’ladilar;
Ish kuchi bozori (mehnat bozori). Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalgi darslarda aytib o’tganimizdek, ish kuchi tovar hisoblanadi. Demak, ish kuchi ham sotiladi. Bozor iqtisodiyoti ish kuchini ortiqcha bo’lishini taqozo etadi
Investisiya bozori – moliyaviy bozorning o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi. Moliyaviy bozorning yana bir turi qimmatbaho qog’ozlar bozoridir. Bu bozorda pul bilan birgalikda, qimmatbaho qog’ozlar ham muomalada bo’ladi (aksiya, obligasiya, veksel, cheklar). Qimmatbaho qog’ozlar bozorining turlaridan biri – fond birjasi hisoblanadi;
Innovasiya bozori – innovasiyaga texnik va ijtimoiy iqtisodiy yangiliklar, ixtiro va rasionalizatorlik takliflari hamda ilmiy texnikadagi yangi yutuqlar kiradi. Ular ham bozorda tovarga aylanadi.
Shu bilan birga innovasiya bozorida intellektual mahsulotlar ham sotiladi. Ularga takliflar, fikrlar, maslahat, axborot, model, nusxalar va ovozlar kiradi.
Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin.
Bozor munosabatlarining obyektiga qarab: iste’mol tovarlari bozori, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog‘ozlar bozori va boshqalar;
Bozor munosabatlarining subyektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar bozori;
Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori;
Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal raqobatlashgan bozor;
Tarmoqlar bo‘yicha: avtomobil bozori, neft bozori;
Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor;
Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, “qora” bozor.
Tarixiy tajribaga muvofiq, bozor mexanizmi quyidagi ustunliklarga ega:
Bozor – quyidagi shart-sharoitlarni taminlaydi:
O‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi.
Resurslarni samarali taqsimlaydi.
Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo‘lga qo‘yadi.
Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning kamchiliklari ham mavjud:
Bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani;
Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlamaydi, chunki bozorda siklli rivojlanish bo‘ladi, ya’ni o‘sish, jonlanish, iqtisodiy pasayish, inqiroz, infilatsiya, ishsizlik holatlari ham bo‘ladi.
Bularning hammasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi kerakligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |