Бозор иқтисодиётининг асослари, хусусиятлари ва бугунги қиёфаси


Асосий фондлар - қурилишнинг ишлаб чиқариш ва ресурс асоси сифатида



Download 40,38 Kb.
bet3/6
Sana26.02.2022
Hajmi40,38 Kb.
#472984
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
55 савол

Асосий фондлар - қурилишнинг ишлаб чиқариш ва ресурс асоси сифатида.

Asosiy fondlar - ham moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy ishlab chiqarish fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band bo‘lgan material-moddiy qiymatlar majmuasi. qurilish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun turli korxonalar, bino va inshootlarni qurish davomida mamlakat uchun asosiy fondlarni bunyod etishda ishtiroq etadi, biroq o‘z navbatida o‘zi ham ulardan mehnat va ishlab chiqarish qurollari sifatida foydalanadi. SHuning uchun qurilish mahsuloti sifatida va zaruriy ishlab chiqarish qurollari sifatidagi asosiy fondlarni bir-biridan ajratish lozim.


Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish bino va inshootlari;

  • ishchi mashina va asbob-uskunalari;

  • mashina va asbob-uskunalari;

  • transport vositalari;

  • asbob-uskunalar va ishlab chiqarish jihozlari.

Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi:

  • uy-joylar;

  • kommunal xo‘jalik ob’ektlari;

  • madaniy-maishiy ob’ektlar;

  • sog‘liqni saqlash va maorif ob’ektlari.

Bu erda gap butun xalq xo‘jaligi balansida emas, balki qurilish balansida turgan noishlab chiqarish asosiy fondlari haqida bormoqda. Agar bunday tafovut bo‘lmasa, qurilishnng noishlab chiqarish asosiy fondlari bilan jihozlanganligi sun’iy ravishda o‘sib ketishi mumkin.
Asosiy fondlar natura va pul shaklida (qiymat ifodasida) baholanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklarning asosiy fondlari sifatida ko‘rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar bo‘yicha, ya’ni bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport vositalarida va hokazolarda qancha mablag‘ borligi bo‘yicha hisobga olinishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat predmetlariga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab ikki qismga bo‘linadi: aktiv - ishchi va quvvat mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, asboblar va jihozlar; passiv - bino va inshootlar, ya’ni ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi yordamchi jarayonlar bilan band bo‘lgan imoratlar va ob’ektlar (idoralar, omborxonalar, laboratoriyalar, boshqaruv apparati joylashgan binolar).
Asosiy fondlarni ko‘paytirishni tahlil qilish, baholash va strategiyasini belgilab olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim guruhlarining ularning jami qiymatidagi ulushi - katta ahamiyat kasb etadi. Mashina va asbob-uskunalarning, transport vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo‘lsa, (qolgan shartlar teng bo‘lganda) mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham, fond qaytimi ko‘rsatkichi ham shu qadar yuqori bo‘ladi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning muhim sharti deb qaraladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibini quyidagicha yaxshilash mumkin:

  • mashina parkini texnikaning yangi turlari bilan to‘ldirish yo‘li bilan;

  • ishlab turgan mashina va asbob-uskunalarni modernizatsiyalash bilan;

  • ortiqcha va kam foydalaniladigan asbob-uskunalarni tugatish bilan;

  • asosiy fondlarning ayrim guruhlari o‘rtasida oqilona nisbatlarni ta’minlash bilan.

Ma’lumki, asosiy fondlar ekspluatatsiya jarayonida muntazam ravishda eskirib, ishdan chiqib boradi. SHu sababdan asosiy fondlarga nisbatan jismoniy va ma’naviy eskirish tushunchalarini kiritamiz.

Download 40,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish