Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi



Download 168,46 Kb.
bet7/10
Sana19.05.2023
Hajmi168,46 Kb.
#940604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishsizlik, uning turlari. Kurs ishi

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

2019 yilda 2018 yilga nisbatan

(+,-)

(%)

Jami ishchi kuchi resurslari soni

18951,0

19 007,8

229,1

100,9

SHundan:













Iqtisodiy faol aholi soni

13279,4

13 541,1

262,3

101,9

Iqtisodiy faol aholining ulushi, %

74,9

75,3

0,4

-

Iqtisodiy nofaol aholi soni

4542,6

4509,4

-33,2

99,3

Iqtisodiy nofaol aholi ulushi, %

25,1

24,7

-0,4

-

Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi - mehnat bilan band va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;

  • ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari;

  • uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;

  • ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;

  • ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar5.

O‘rganilayotgan davrda iqtisodiy nofaol aholi soni 33,2 ming kishiga yoki 0,7 foizga kamaygan. 2019 yilda ishchi kuchi resurslari tarkibida iqtisodiy nofaol aholining ulushi 24,7 foizni tashkil qilgan. Mazkur holat aholi tarkibida 16-24 yoshdagi aholining salmoqli ulushi bilan ham bog‘liq. Shu bilan birga, ta’lim olayotgan yoshlarning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Chunki respublikada ta’limni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi natijasida yangi qurilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarning jalb etilishi iqtisodiy nofaol aholining o‘sishiga bevosita ta’sir qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlash - fuqarolarning qonun xujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir6.
Quyidagilar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:

  • yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to‘liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;

  • betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar;

  • o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari;

  • Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;

  • ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar;

  • Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar7.

Mamlakatlarda mehnatda bandlik va ishsizlikni ko‘p yillik o‘rganish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mehnatga yaroqli aholining 94-95 foizi mehnatda band bo‘lsa, iqtisodiyot me’yorida rivojlanayotgan hisoblanadi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada iqtisodiy faol aholining 95 foizini ish bilan bandlar tashkil etadi.
Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlar sonining ortishi mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar bilan bog‘liq. 2020 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 fevraldagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 26-sonli qaroriga8 asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash tartibi va to‘lash tartibi o‘zgardi. Yangi tartibga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning 2019 yilda amal qilgan 25 foiz o‘rniga, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foiziga teng bo‘lgan stavkasi belgilandi.
2018 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi9.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikada nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni 5,4, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari soni – 9,1 foizga, ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar soni esa 3,1 foizga ortgan.
Ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif miqdori, aholi turmush darajasi, mamlakatdagi bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati ish bilan bandlikdagi vaziyatga chambarchas bog‘liq. Birgina ish haqi darajasining o‘zi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif, aholi daromadlari, mamlakat iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yilda Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish (tuman, shahar) markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar soni 3,0 mln.kishini tashkil etgan, shundan markazlar tomonidan 2,84 mln kishi yoki 94,6 foizi ishga joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qarorining ilovasiga asosan ishga joylashish darajasini baholash mezoniga ko‘ra indikator ko‘rsatkichi 75 foizdan kam bo‘lsa, indikatorning sifat bahosi – past, 75 foizdan 85 foizgacha bo‘lsa – mo‘tadil, 85 foizdan 90 foizgacha bo‘lsa – o‘rtacha, 90 foizdan yuqori bo‘lsa – yuqori hisoblanadi10.
2020 yilda ishga joylashish darajasi 93.4 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori daraja hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida ish bilan bandlar soni yildan-yilga oshib, ish bilan bandlikda tarkibiy o‘zgarish bo‘lib, keyingi yillarda nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida bandlar soni va ulushi oshmoqda.
O’zbekistonda 2022 yilda ishsizlik darajasi 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan.
Bugungi ya’ni 2023-yilgi ko’rsatkichga keladigan bo’lsak bu ko’rsatkich 6,9 foizni tashkil qilmoqda.


Download 168,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish