Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va su’ermarketlardan iborat bo’ladi.
Su’ermarket - bu xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan im’ort tovarlar bilan savdo qiladi. Su’ermarket xaridorlarga be’ul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.
Ko’’ tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’’incha o’zlari hisobidan eks’ort-im’ort hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga to’shirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan ka’ital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’’chiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan ‘ul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari etishmagan sub’ektlarga ‘ul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kom’aniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kom’aniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini eks’ertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda akstioner jamiyat yoki koo’erativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.
Xulosa
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. O'tish davri quyidagi me'zonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarni qaytarilib turishligi), beqarorlik (turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o'zaro ta'siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo'llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo'qolib ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi). Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning shakllari va turlari. Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni, qayerga, qanday narx sotishni tadbirkorning o'zi belgilashi uchun imkon berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Islohotlar konsepsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy islohot-larning asosiy maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo'llarining umumiy g'oyasidir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |