Bozorning asosiy belgilari:
sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi;
foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish;
raqobatchilik muhitini yaratishdir.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarini moliyaviy axborotlar bilan bilan ta‘minlash bozor infiratuzilmasinig axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi.
Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi idora. Auditor idorasi aktsioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikka bo’ladi.
Xullas, bozor infratuzilmasi va uning unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta‘minlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |