Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham
«Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas»
degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy
daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu
shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib
kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli
xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy
munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular
o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi
xulosaga keldi.
Bu
qoida
iqtisodiyot
hayotning
asosi
ekanligi
to'g'risidagi
umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy
tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa,
mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro
nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy
iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun
harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash
oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo
etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa
yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol
bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va
zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot
tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy
korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan
bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan
qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva
va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni
ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...
I
».
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning
moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari
bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga
tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish
demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat
ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj
Do'stlaringiz bilan baham: |