10.4. Iqtisodiyotdagi tuzumiy o`zgarishlar
Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy tuzumiy o`zgarishi ikki tomonlama zaruriyatga aylanadi. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish bilan belgilansa, ikkinchidan O`zaro iqtisodiy yordam kengashidan chiqish bilan belgilanadi. Bu mamlakatlar ilgari sobiq SSSR boshliq iqtisodiy birlashmada bo`lib, ishlab chiqarish sharqiy mamlakatlarda, sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlar bilan birlashgan xolda va ularning talabi asosida shakllanar edi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasi nisbatan past darajada edi. Bozor munosabatlariga o`tish esa bunga qo`shimcha ravishda tuzumiy o`zgarishlarni talab etadi.
Tuzumiy o`zgarish va bozor xo`jaligiga o`tish avvalo yangi texnologiyaga asoslanish, progressiv tarmoqlarni yaratish, raqobatbardoshlikni ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga moslashuvlar bilan ifodalanadi. Bozorga o`tishdan oldin bu mamlakatlar uchun og`ir sanoat va mashinasozlik asos bo`lib hisoblanib, sanoat ishlab chiqarishining YAIMdagi hissasi yuqori bo`lgan. Masalan, Ruminiyada – 61, Bolgariyada – 58, Chexoslvovakiyada – 57, Polshda – 52, Vengriyada – 36 foizga to`g`ri kelgan. 90 – yillar oxiriga kelib esa, 25 dan 33,2 foizga, qishloq xo`jalik 6,6 dan 12 foizgacha, qurilish 7 dan 11 foizgacha to`g`ri keladi.
Sanoatning YAIMdagi qisqarishi birinchi navbatda og`ir sanoat tarmoqlariga to`g`ri keladi. Buning sababi avvalo norentabel korxonalar hisobiga bo`lsa, so`ngra talabning kamayishidir. Chunki mahsulot ishlab chiqarish sobiq SSSR va boshqa O`zaro iqtisodiy yordam kengashi mamlakatlariga qaratilgan bo`lsa, endi bu tub o`zgaradi. Shu bilan birga xomashyo manbaalari ham o`zgarib, davlat dotatsiyalari to`xtaydi.
Ayniqsa yuqori texnologiyali elektronika kabi tarmoqlar katta zarbaga duch keladi. Bundagi asosiy sabab G`arbiy mahsulotlarning ancha arzonligi va raqobatbardosh bo`ladi. Sanoatda eng raqobatbardoshli tarmoqlar to`qimachilik,oziq-ovqat, yog`ochga ishlov berish, bosmaxona kabilar hisoblanib, bular talabli iste’molga ega bo`ladilar. Bundan tashqari bu tarmoqlar katta investitsiya talab etmaydi va arzon ishchi kuchi mavjudligi bilan G`arb mahsulotlariga raqobatbardosh bo`la oladi. Lekin baribir bu tarmoqlar ham kengaya olmagan va boshqalarga nisbatan kamroq qisqargan, xolos.
Shu bilan birga bir necha tuzumiy o`zgarishlar yuz berishi sezilib, tuzumiy tarmoqlarning bir-biriga yaqinlashuvi, tenglashuvi kabi xodisalar amalga oshadi. Qo`llanilayotgan texnika asta-sekin muntazam energiya tejamli bo`lib boradi. Yangi xil ishlab chiqarishlar yuzaga keladi va buning hisobiga ishlab chiqarishning to`xtovsiz tabaqalashishi yuz beradi. Sanoatning diversifikatsiyalashuvi kuchayib, ishlab chiqarishlar o`rtasida o`zaro ayriboshlash rivojlanadi.
Avvalo mashinasozlikda tuzumiy o`zgarishlar amalga oshirilib, umuman investitsiya o`sadi va ayniqsa ITKTI (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-tajriba ishlari)ga kapital xarajatlar ko`proq sarf etiladi. Texnika va texnologiyaning o`sishi sababli an’anaviy sanoat tarmoqlari asoslari va tuzumlari o`zgaradi. Yangi ilm sig`imli tarmoqlar paydo bo`ladi. Masalan, avtomatika ishlab chiqarish, radioelektronika, EHM, robot texnika kosmik va lazer texnikasi kabilar shular jumlasidandir.
Metallurgiyada sifat o`zgarishi yuz berib, sifatli po`lat chiqarish, ijara buyumlarining tejamlilarini ishlab chiqarish o`sadi. Bu sohada ayniqsa Chexiya va Polsha ko`p samarali ishlarni amalga oshiradi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida tub o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, Polshada 1995 – yildan boshlab ko`mir qazish sanoatida keskin o`zgarishlar berib, qoloqlikdan chiqariladi. Chunki u ancha yillardan beri tushkunlikda davom etar edi.
Qishloq xo`jaligini olsak, agrar siyosatning bu mamlakatlardagi eng muhim vazifalari mahsulot yyetishtirishning muntazam o`sib borishini amalga oshirgan xolda aholini ular bilan to`la ta’minlashdan iboratdir. Qishloq xo`jaligida bandlik 25 foizni tashkil etib, u YAIMning 8 foizini ta’minlaydi. Bu mamlakatlar agrosanoat kompleksida asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining 20-30 foizgachasi banddir. Ijtimoiy yalpi mahsulotning 25-40 foizgachasi shu tarmoqqa to`g`ri keladi.
Hozirgi vaqtda bu mamlaktalar qishoq xo`jaligida agrar ishlab chiqarishning tuzumida faol ravishda o`zgarishlar davom etmoqda. Narx-navoni to`la va qisman erkinlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning to`la erkinligini ta’minlash asosida bozor munosabatlari muntazam ravishda rivojlanmoqda. yerga bo`lgan egalik, xo`ajiklar tuzumi o`zgarib bormoqda.
Qishloq xo`jaligida bozor munosabatlariga o`tish bu mamlakatlarda deyarli o`z asosi bo`yicha bir xilda davom etmoqda. Ammo tezligi, nodavlatlashtirish xajmi, xususiylashtirish shakllarini tanlashda farqlar mavjud va ba’zi xollarda bu farqlar ancha kattadir.
Aytaylik, Vengriyada yerga egalikni xususiylashtirish bilan birga dehqon-fermer xo`jaliklarining shakllanishi qo`llanilmoqda. Ammo ayni vaqtda ularni qo`llash va kooperativ mahsulotlarini xarid qilish, norentabel ishlayotgan xo`jaliklarni o`zgartirish, faoliyatini to`xtatish kabilarga e’tibor susaymoqda.
Polshada oilaviy va individual shaklli xo`jalik qishloqda asos bo`lib kelgan va mahsulot xosil qilishning 75-80 foizi shunga to`g`ri kelgan. Agrar siyosatda norentabel xo`jaliklar faoliyatini to`xtatish, yer bozorini jonlantirish, qishloq xo`jalik infratuzilma va servisga e’tibor berish, ayniqsa mahsulotni qayta ishlash va qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatish kabilarga doimo e’tibor qaratiladi.
Chexiya va Slovakiyada esa vaqtincha foydalanilmayotgan yerlarni ishga solish, fermer xo`jaliklarini soliqdan ozod qilish tufayli qo`llash kabilardan foydalaniladi. Umuman yirik xo`jaliklar asos bo`lib qolmoqda. Qishloq jlylarda xo`jalik turlarini ko`paytirish taqdirlanadi.
Bu mamlakatlarda islohotlarning boshidanoq iqtisodiy o`sishga xos soha xizmat ko`rsatishdir. Bu asosan moliya va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish tarmoqlariga xosdir.
Bu mamlakatlarda aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatishning YAIMdagi hissasi rivojlangan mamlakatlar darajasida bo`lib, 1993 – yildayoq Polshada – 21, Vengriyada – 22,5, Chexiyada – 14,6 foizga teng bo`lgan. Ijtimoiy ta’minotga bo`lgan ajratma bu mamlakatlarda dunyo bo`yicha eng yuqori darajadagilardir.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy xarajatlar darajasi diqqatga sazovorligi juda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |