“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


-BOB. MARKAZIY VA SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARINING BOZOR IQTISODIYOTIGA



Download 8,11 Mb.
bet78/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

10-BOB. MARKAZIY VA SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARINING BOZOR IQTISODIYOTIGA
O`TISH TAJRIBASI


10.1. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti
10.2.O`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tomonlari
10.3. Davlat mulkini xususiylashtirish
10.4. Iqtisodiyotdagi tuzumiy o`zgarishlar
10.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar


Tayanch so’z va iboralar
Bozor iqtisodiyoti, xarajat, rivojlanayotgan mamlakatlar, ishsizlik, industriya.


10.1. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti

Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vengriya, Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Yugoslaviya mamlakatlari kiradi. 1997 – yilda bu mamlakatlarda 118,7 mln. aholi bo`lib, jami YAIM 636 mlrd. dollarga teng bo`lgan (jahonning aholisi 1,85 foizi, 1995 – yilda YAIM 2,24 foiz). Umumiy taraqqiyot darajasi bo`yicha industrial, industrial-agrar mamlakatlar hisoblanib, industrial rivojlangan mamlakatlar yo`q. Albaniya esa rivojlanayotganlar qatorida. Aholi jon boshiga nisbatan YAIM miqdori bo`yicha G`arbiy Yevropa mamlakatlaridan ikki-uch barobar past va deyarli Lotin Amerikasi rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida turadi.


Bu mamlakatlar Ikkinchi Jahon urushidan keyin ma’muriy-buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyot tizimida edilar. Yugoslaviya, Vengriya va Polsha asta-sekin boshlang`ich davrdagi sovet modelidan milliy modellarga o`tgan. Ma’lum darajada bozor iqtisodiyoti elementlarini qo`llab, baribir asosiy ma’muriy markazlashgan iqtisodiyot tizimida bo`lishgan. Bu mayda xususiy xo`jaliklarni saqlash, bozor iqtisodli mamlakatlar bilan tashqi aloqalarni olib borish kabilar mavjud bo`lgan. Xattoki chet kapitalining kiritilishi darajasida ham bo`lgan.
Keyingi o`n yillik ichida bu mamlakatlar o`tuvchi iqtisodli bo`lib hisoblanadi. Chunki bozor iqtisodiga o`tish amalga oshmoqda. Shu bilan birga o`tish davrining boshlang`ich yillaridek iqtisodiy taraqqiyot darajasi, ma’muriylik saqlanishi bilan bozor munosabatlariga o`tish, aholi mentaliteti, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiyotning ochiqligi kabilar mavjudligi ham xosdir. Aytaylik, Chexiya va Sloveniya mamlakatlari bozorga o`tishda ancha oldinga siljishib, Bolgariya va Ruminiya kabilardan ilg`orlashga ulgurgan.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda evolyusion yo`l bilan birga radikal usulning qo`llanayotganlari ham mavjud. Evolyusionlik Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiyalarga xos bo`lsa, radikal usul Polshaga va kamrom Chexiyaga xosdir. Polshadagi “Xushdan ozish” usuli hammaga ma’lumdir. Chunki bozor munosabatlariga o`tishda juda keskin usul asos qilib olingan edi.
Bozor iqtisodi asoslarini yaratishda Markaziy Yevropa mamlakatlari hisoblangan Vengriya, Polsha, Sloveniya va Chexiyalar ancha tez harakat qilganlar. Bolqon mamlakatlari hisoblanadigan Albaniya, Bolgariya, Ruminiyada, Sobiq Yugoslaviyaga kiruvchi respublikalarda bozorga o`tish juda og`irlik bilan amalga oshib, bularda o`zgarishlar juda sekinlik bilan davom etmoqda.
Bu mamlakatlar Ikkinchi Jahon urushi natijasida Sobiq SSSR ta’siridagi mamlakatlar bo`lib, sotsialistik iqtisodiyot qurish yo`liga o`tganlar. Shuning uchun ham SSSR turidagi iqtisodiyotni shakllantirilib, bozor munosabatlaridan chetlashgan, markazlashtirilgan xolda qat’iy reja ostida boshqariladigan iqtisodiyotga ega edilar. Shuning uchun ham bularning oldida Sobiq SSSR respublikalari asosida tashkil topgan yangi mamlakatlarga o`xshash juda murakkab vazifalar turar edi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli xolda tub iqtisodiy o`zgarishlarga xos vazifalar ko`p edi. Chunki ishni boshidan boshlashdan oldin qilinadigan ishlarning o`zi ham ko`p edi. Bu esa iqtisodiyot rivojini davom ettirish emas, balki uni o`zgartirish, mavjud ko`p narsalarni yo`q qilish bilan bog`liq vazifalarni bajarmasdan yangisini boshlab bo`lmas edi. Bu esa mavjud iqtisodiy darajani pasaytirish, ortiqcha xarajatlarni amalga oshirishni talab etar edi, ya’ni inqiroz bosqichini bosib o`tish, tiklanish ishlarini bajargandan keyingina yangisini yuzaga keltirishga o`tish kerak edi. Albatta bu ma’lum vaqt va yo`qotishlarni talab etar edi.
Bu vazifalarni mamlakatlar bir xilda va bir tarzda amalga oshirmaydi, chunki turli mamlakatlar turli jarayonda bu bosqichni bosib o`tadi. Bu sof iqtisodiy o`zgarishlarga albatta siyosiy holat turlicha ta’sir ko`rsatadi. Ayniqsa mamlakatlarning bo`linishi, avtonomlik uchun harakat qilish iqtisodiy jarayonga turli darajada ta’sir etadi. Aytaylik, Chexoslovakiya ikki mustaqil Chexiya va Slovakiya davlatlariga bo`linadi. Ma’lumki, bularning iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil bo`lmay, Chexiya ancha rivojlangan edi. Bu yo`nalish ancha tinch yo`l bilan davom etadi.
Yugoslaviya ham bir necha davlatlarga bo`linib ketadi. Lekin bu urushlar, talofat ko`rishlar bilan amalga oshib, iqtisodiyotni ancha oqsashiga va orqaga surilishga olib keldi va yangi rivojlanish yo`liga o`tishni juda ham og`irlashtirdi.
Umuman tizimli o`zgarishlarning o`zi inqirozli holatni yuzaga keltirsa, urushlar asosida mustaqillikka erishish, chuqur inqirozlarga olib kelgan edi. Shuning uchun ham bu mamlakatlarda yuz bergan siysiy holat turli darajada ish olib borish, ya’ni avvalo tiklanish, dastlabki darajaga erishishni birlamchi vazifa qilib qo`yadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida eng yirigi Polsha bo`lib, uning aholisi 1997 – yilda 39,0 mln.dan iborat edi. Undan keyingi Ruminiya – 22,7 mln, Chexiya – 10,3 mln, Vengriya – 10,2 mln, Yugoslaviya – 10,5 mln. aholiga ega. Qolganlarida 8,3 mln.dan 2,0 mln. gacha aholi mavjud.
Iqtisodiy tiklanishni olsak, bu ham turli darajada davom etmoqda. Aytaylik, YAIM Polshada 225 mlrd. dollar bo`lsa, 1990 – yilga nisbatan 123,6 foizni tashkil etgan. Chexiyada 98 mlrd. dollar bo`lib, 108,9 foiz bo`lgan, Sloveniyada 22 mlrd. dollar va 103 foiz, Xorvatiyada 22 mlrd. dollar va 96,0 foiz, Vengriyada 68 mlrd. dollar va 93,0 foiz bo`lgan. Bu mamlakatlar shu yillar ichida YAIM ko`rsatkichi bo`yicha yomon bo`lmay, iqtisodiy tiklashni amalga oshirishgan va shunga yaqinlashishgan. Lekin qolgan mamlakatlar bu vazifani shu yillar ichida bajara olmagan. Ayniqsa, Albaniya – 60 foiz, Makedoniya va Bolgariya – 70 foiz, Ruminiya – 80,7 foiz darajasida bo`lgan.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida eng muhim ko`rsatkich YAIMning aholi jon boshiga to`g`ri kelishidir. Bu ko`rsatkich bo`yicha biz tahlil qilayotgan mamlakatlar ichida oldingilari Sloveniya – 11 ming, Chexiya – 9,50 ming dollar. Bundan keyin Slovakiya – 7,50 ming, Vengriya – 6,65 ming dollardan iborat. Eng past ko`rsatkich. Albaniya – 0,75 ming dollar, Yugoslaviya – 3,15 ming, Makedoniya, 3,35 ming, Bolgariya – 3,65 ming dollardan iborat.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishida davlat byudjetining xajmi, uning YAIMdagi hissasi ahamiyatlidir. Chunki iqtisodiy erkinlik xususiy sektorning o`sishi, daromadning taqsimlanishida uning qismini ortib borishiga olib kelishi kerak. Tizimiy o`zgarish davlat byudjetida o`z aksini topishi kerak va bozor iqtisodiga o`tish bilan YAIMda byudjet hissasi pasayib borishi tabiiydir. Agar bu jarayonga e’tibor bersak, biz ko`rayotgan mamlakatlar turlicha ekanligini guvoxi bo`lamiz. Albaniya davlat byudjet daromadi YAIMga nisbatan 1990 – yilda 47,1 foizni tashkil etsa, 1995 – yilda 17,8 foiz, Rumiyaniki – 40,5 dan 33,5 foizga, Bolgariya – 53,3 dan 36,0 foizga tushgan. Qolgan mamlakatlarda bu ko`rsatkichlar taxminan 50 foizdan 44,5 foizgacha pasaygan. Polshada esa, aksincha, 42,9 foizdan 46,8 foizga o`sgan, shuningdek Xorvatiyada 34,0 foizdan 50,6 foizgacha ko`tarilgan.
Tizimiy o`zgarish ayniqsa narx-navoda o`z aksini topadi. Bu mamlakatlarda ham bu narsa yaqqol ko`zga tashlanadi va inflyatsiya jarayoni juda tezlashadi. Masalan, Bolgariyada 1990-1997 yillar ichida narxlar 1203 marta, Xorvatiyada – 597, Ruminiyada – 336, Sloveniyada – 14 marta yuqori bo`lgan. Lekin Chexiyada – 298 foiz, Slovakiyada – 306 foizni tashkil etgan. Bu raqamlardan ko`rinib turibdiki, ba’zi mamlakatlarda narxlar bir necha marta ko`tarilsa, boshqalarida bir necha yuz marotaba oshgan tva giperinflyatsiya darajasigacha yetganki, moliyaviy tuzilish va uning izdan chiqishi yuqori darajada bo`lgan.
Bozor iqtisodiga asos solishda xususiy sektorning shakllanib borishi muhimdir. Chunki haqiqiy tardbirkorlik uchun bu kuchli va eng ta’sirli negizdir. 2012– yilga kelib, bu mamlakatlarda bu soha sezilarli o`rin egalladi. Buni ayniqsa YAIMdagi hissasida ko`rish mumkin. MaAsalan, Chexiya xususiy sektorining YAIMni xosil qilishdagi hissasi 2012 – yilda 65 foizga teng bo`lgan, Vengriyada – 60 foiz, Slovakiyada – 59foiz, Polshada – 56 foiz, Bolgariyada – 40 foiz, Ruminiyada – 35 foiz, Sloveniyada – 33 foizni tashkil etgan.
Bu mamlakatlar Chexiyadan tashqari asosan agrar sektor salmog`li mamlakatlardir. Shuning uchun yer munosabatlaridagi o`zgarishlar ahamiyatlidir.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish