9.2. Bozor munosabatlariga qaratilgan islohotlar
XXR keyingi 20 yil ichidagi iqtisodiy o`sishlari – bu sohadagi islohotlar natijasidir. Islohotlarning asosiy yo`nalishi va mazmuni bozor munosabatlariga o`tish, uning mexanizmi va vositalaridan foydalanishdir. Islohot tizimli o`zgarish bo`lib, uning eng tavsifli tomoni asta-sekinlik, qadam-baqadamlikdir. Bunda hech “xushdan ketadigan terapiya” usuliga yo`l qo`yilmaslikka harakat qilinadi. O`zgarishlardagi barcha tomonlarga, aytaylik, iqtisodiyotning institusional tuzilmalarini o`zgartirish, baho mexanizmi, tashqi iqtisodiy tartiblashtirish kabilar evolyutsiya yo`li bilan muxlatni cho`zish, oraliq xosil qilib borish orqali bajariladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiga xos xo`jalik tashkiliy shakllari namuna sifatida qo`llanilib, birdaniga emas, balki sekinlik bilan tadbiq etiladi va avvalo sinovdan o`tkaziladi, tajriba qilib ko`riladi. So`ngra xo`jaliklarda tadbiq qilib ko`riladi. Avvalo aloxida hududda, tarmoqda sinovdan o`tadi. Shu bilan birga turli o`tish shakllari qo`llaniladi. Basharti muvaffaqiyatli bo`lmasa orqaga qaytiladi. Agar qaysi bir xo`jalik yangilik mokroiqtisodiyotga ta’sir etsa yoki ijtimoiy vaziyatni buzsa, albatta eski usulga o`tiladi.
Bunday sekinlik va ehtiyotkorlik bozor usullarini qo`llash doimo yumshoqlik bilan olib boriladi degan tushunchani bermaydi. Aksincha vaqti kelganda Xitoy rahbariyati islohotni amalga oshirishda qattiq qo`llik qilib, vaziyatni kuchaytirib ham turadi. Ayniqsa Xitoyda “tartiblashtirish” amaliyoti inflyatsiyaga qarshi stabillashtirish siyosati bu sohada misol bo`lishi mumkin. Bu vaqtda byudjet va pul siyosati qattiq qo`llanilib, iste’mol va investitsiya talablarini chegaralab, tashqi iqtisodiy sohada cheklanish siyosatlarini qo`llashga olib keladi. Siyosat sohasida hech qanday cheklanishlarga yo`l qo`yilmaydi. Aksincha kuchli davlat tizimi uchun harakat qilinib, bu iqtisodiy islohotlarning kafilligi deb bilinadi. Ana’aviy sobiq sosiolistik mamlakatlarga xos siyosiy va g`oyaviy nazorat hozirgi XXR rahbariyatiga qo`l kelib, iqtisodiy islohotlarda ko`pchilikka ma’qul kelmaydigan nazorat usullari ishlatiladi, qaysiki demokratik siyosiy tizim sharoitida ommaviy norozilikka olib kelishi mumkin.
B
Хitоy mаmlаkаtimizning ishоnchli hаmkоrlаridаndir. Маmlаkаtlаrimiz o`rtаsidаgi o`zаrо tоvаr аyirbоshlаsh hаjmi 2006 yildа qаriyb 698 milliоn АQSh dоllаrini, 2007 yilning yanvаr-mаy оylаridа esа 2006 yilning shu dаvridаgigа nisbаtаn 92 fоiz оshib, 300,76 milliоn АQSh dоllаrini tаshkil etgаn.
O`zbеkistоndаn Хitоygа enеrgiya rеsurslаri, nеft vа nеft kimyosi mаhsulоtlаri, pахtа tоlаsi, ipаk, o`g`it, mеvа-sаbzаvоt kаbi mаhsulоtlаr ekspоrt qilinаdi. Хitоydаn esа mаmlаkаtimizgа mехаnik vа elеktrоn uskunаlаr, оptik аppаrаtlаr, dоri-dаrmоn, to`qimаchilik, оziq-оvqаt mаhsulоtlаri, plаstmаssа vа plаstmаssа buyumlаr, rаngli vа qоrа mеtаllаr, yog`оch vа yog`оchdаn tаyyorlаngаn mаhsulоtlаr impоrt qilinаdi
unda o`tkazilayotgan tadbirlarni g`oyaviy tayyorgarlik asosida olib borilishi ahamiyatlidir. G`oyaviy tayyorgarlik yangiliklarni ruhiy yangilik bilan o`tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, bozor qadriyatlari davlat g`oyasiga singdirilib, aholining asosiy qismi uchun ma’qul va odatiy tusga kirib bormoqda.
Islohotlarni g`oyaviy ta’minlash takomillashib boradi. Aytaylik, asta-sekinlik sotsialistik mazmun emas, balki vatanparvarlik oldinga suriladi. Aholiga Xitoy iqtisodiyoti kuchliligi g`ururi, xalqaro iqtisodiyotdagi o`rni kabilar singdirilib boradi. Iqtisodiy rivojlanish davrida milliy birlik, ijtimoiy-siyosiy muntazamlik g`ururi singdiriladi.
Xitoy xalqining ko`pchilik asosiy qismi qishloqlarda joylashgani va qishloq xo`jaligi iqtisodiyotida asosiy o`rin egallashi albatta iqtisodiy islohotga ta’sir etib, uni oldinga suradi. Qishloqlardagi islohot asosan qishloq xo`jaligi jamoalashtirilishini o`zgartirishdan boshlanadi. Qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarining o`zgarishi shunchalik tez amalga oshadiki, bu ijobiyligini bildiradi. Bunda oilaviy ijarasi asos qilinib, yer uchaskalari dehqon xovlilariga taqsimlanadi. Dehqonlar belgilangan miqdordagi xosilni qattiq baho asosida davlatga sotishi va qolganini o`z ihtiyorlari bo`yicha ishlatishi mumkin bo`ladi. Avvalo yer ijara muxlati 3-5 yil bo`lsa, so`ngra 15 yilga cho`ziladi. Agar 1980 – yilda oilaviy pudrat tizimi dehqon xo`jaliklarining 20 foizini tashkil etgan bo`lsa, 1983 – yili 94,2 va 1984 – yili esa 96,5 foizga yetadi.
Islohotning birinchi 6 yili ichidayoq yig`ilgan xosil 304,8 dan 407,3 mln. tonnaga yetdi. 80 – yillar o`rtasiga kelib, qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida mutanosiblik yuzaga kelib, oziq-ovqat yetishmovchiligi o`z dolzarbligini yo`qotadi. Agar 80 – yillar boshida Xitoy xalqining 1/4 qismi ochlikka duch kelib, qashshoqlik chegarasidan yashagan bo`lsa, 80 – yillarning 2-yarmida aholining oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan minimal ta’minlash qishloqda 95 foiz va shaharda to`la amalga oshirilgan edi.
Agrar islohotlarning muvaffaqiyatli borishi industrlashtirishning yangi mexanizmini harakatga keltiradi. Bu bevosita qishloq joylarda viloyat korxonalarining tashkil etilishi edi. Katta bo`lmagan sanoat korxonalari va xizmat ko`rsatish korxonalari islohotdan oldin ham bor edi hamda bular davlat tomonidan o`tkaziladigan ba’zi joylarda o`zini ta’minlash siyosatining tarkibiy qismiga kirar edi. Lekin islohot yillari bu korxonalarning vazifalari tubdan o`zgaradi. Avvalo bu ishsizlarga taalluqli bo`lib, Xitoy qishloq joylaridagi ortiqcha ish kuchi muammosi bilan bog`liq edi. Islohot vaqtida esa bu muammo ancha zo`raydi. Chunki tovar-pul munosabatlarining intensiv o`sishi va jadallik bilan tabaqalashishning kuchayishi qishloq joylardagi ishsizlikni avjiga chiqarib yubordi. 80 – yillar o`rtasiga kelib bularning soni 250 mln.ga yetdi.
Viloyat va qishloq korxonalari soni 1984 – yildagi 6 mln.dan 1990 – yilga kelib 24 mln.gacha ko`paydi. Bandlikni olsak, 52 mln. kishidan 130 mln.ga yetdi. 15 yil ichida bu korxonalar qishloqdagi mehnat resurslarining yarmini o`ziga jalb etdi. Hozir kunda Xitoy YAIMning 1/3 qismi shu korxonalarga to`g`ri keladi, milliy sanoatda esa bularning hissasi 50 foitzga yetadi. Shu bilan birga bu vaqt ichida yangidan 50 mingga yaqin kichik shaharlar paydo bo`ldi. Bu korxonalarda keng xajmdagi iste’mol va investitsiya ahamiyatidagi tovarlar ishlab chiqarila boshlandi. Aytaylik, trikotajning 1/2 qismi, charm-poyabzalning 4/3 qismi, g`isht va cherepisaning 95 foizi kabilardan iborat.
Agar 1950-1972 yillarda yillik milliy daromadning o`sishi 6 foiz bo`lib, qishloq iqtisodi hissasi 37,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1978-1988 yillarda 63,6 foizga yetgan va milliy daromad o`sishi 9,2 foiz bo`lgan. 1992-1994 yillarga kelib, YAIM o`sishining asosiy qismi qishloqdagi qo`shilgan qiymat hisobiga bo`lib, uning hissasi 1994 – yilda 75 foizga teng bo`lgan.
Iqtisodiy islohot davri mulkchilik turli shakllarga ega bo`ladi. Avvalo davlat mluki markaziy yoki mahalliy darajada bo`lib, shu bilan birga jamoa mulki, individual hamda xususiy 8 kishidan ko`p bo`lmagan yollanma ishchilar bilan birga va aksionerlar, chet investitsiyali mulklar mavjud bo`lgan. Lekin bular yagona shaklda bo`lmay, bir-biriga o`tadigan, o`zgarib turadigan, aralash shakllari ham bo`lgan. Umuman olganda davlat va boshqa xil ukladlar deyilsa to`g`ri keladi. Lekin keyingi 10 yil ichida iqtisodiy o`sish asosan nodavlat tashkilotlari hisobiga yuz bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |