Umumiylik
|
Xususiylik
|
Xalqaro tajriba, hamkorlik
|
1) Bozor iqtisodiyoti qonunlari
2) Ijtimoiy muhofaza
3) Bozorga xos umumiy boshqa voqeliklar
4) Bozor shakllanishining umumiy amaliy qoidalari
|
1) Iqtisodiyot darajasi va xalq xo`jalik tuzilmasi
2) Geografik holat
3) Tabiiy boyliklar
4) Madaniy, ilmiy daraja
5) Milliy xususiyatlar
|
1) Jahon bozor huquqiy asoslari
2) Bozor taraqqiyoti usullari
3) Umumiy hamkorlik
4) Iqtisodiy yordam
|
O`zbekiston milliy bozor modeli asoslari, jadvalda ko`rsatilganidek, milliy model bozor iqtisodiyoti shakllanishi uchun zarur asos va tomonlarni o`z ichiga oladi. Ma’lumki, ularning birgalikdagi amaliyoti o`zining katta samarasini bermoqda.
O`zbekiston bozor iqtisodiyoti yo`lini uzil-kesil tanlaganligini ta’kidlar ekanmiz, milliy mustaqillik avvalo mustaqil, rivojlangan iqtisodiyotga asoslangan bo`lishi, bu esa sovet imperiyasi davridagi iqtisodiyotni tubdan o`zgartirish, uning o`rniga har tomonlama rivojlangan va xalq faromonligini ta’minlay oladigan iqtisodiyotni paydo qilishni, hozirgi sivilizatsiyali jamiyatga xos bozor iqtisodiyoti barpo etishda boshqacha yo`li yo`q ekanligini tan olmog`imiz zarur.Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo`lib, uning asosini bozor iqtisodiyotini shakllantirishning milliy modeli tashkil etadi. Bu milliy model bir qancha amaliy dasturlarni o`z ichiga oladi.
Bularning eng asosiylari: xususiy, korxonalarni kengaytirish, mulkni keng xajmda xususiylashtirish, tadbirkorlikni avj oldirish, mayda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo`shma korxonalarnii ko`paytirish, jahon iqtisodiyotiga qo`shilib borish, erkin baholarni joriy etish, yangi moliya-kredit tizimini yaratish, bozorga xos pul muomalasini paydo qilish va umuman, iqtisodiy raqobat ta’sirini kengaytirish sharoitlarini yaratib borishdan iborat.
O`zbekistonning kelajagi iqtisodiyoti rivojlangan, aholisi farovon, haqiqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatni barpo etish ekan, demak, buning asosiy sharti bozor munosabatlari asosidagi iqtisodiyotni qurishdir. Bu O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish konsepsiyasining tub mazmunini anglatadi. Bu konsepsiya iqtisodiy qoloqlikdan qutilish, uning o`rniga rivojlangan va respublika xalqi manfaatiga bo`ysungan iqtisodiyotni qurish uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish zaruriyatiga asoslanadi.
O`zbekistonning o`z taraqqiyot yo`li mavjud ekan, uning asosida bozor iqtisodiyoti konsepsiyasi va milliy modeli yotadi. O’zbekiston Respublikasining Prezident I.A. Karimov “Respublikaning bozor munosabatlariga o`tishida o`z yo`lida izchillik bilan borishi demokratik o`zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish, uni xalqaro obro`-e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi”, deb ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |